Sensor tarbiya usuli. Sezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Samarali faoliyat (rasm chizish. loy va plastilindan buyumlar, applikatsiyalar yasash) sezgi va idrokning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratibgina qolmay, balki buyumning shaklini, rangini, joy ini bilib olishga ham ehtiyoj paydo qiladi. Biror narsaning rasmini chizishdan oldin bolani buyumlarning rangiga qarab taqqoslashga o’rgatiladi, suratlarni ko'zdan kechirishda esa qanday qilib rang yordamida tasviming badiiy ifodaliliga erishilishini ko’rish qobiljyati rivojlanadi.
%MTMda bolalar butun yil davomida tabiat bilan tanishtirib boriladi, ularga o’simliklarni, hayvonlarni parvaristr qilish topshriladi. Bu suv, er, quyosh issiqligining xususiyatlarini sezib bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Bolalar tabiat bilan bevosita munosabatda bo’lish tufayli gul, toshlarning nomini osongina va bajonu dil bilib oladilar, keyinchalik ulaming shakli, rangi, tuzilishi, hidi, nomini silliqligi va mayinligiga qarab topadilar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar “oldinga”, “orqaga”, “tepada - pastda”, “uzoq-yaqin”, “chapda-o'ngda” kabi fazoviy tasavvurlami o’zlashtirib oladilar va hayotiy vaziyatda ularga amal qiladilar, buyumlarning shakli, ular o’lchamining farqiga etadilar, ularni o’zaro taqqoslaydilar.
Bolalar tabiat bilan tobora ko’proq aloqada bo’lishlari tufayli ta’surotlari. eshitib ta'sirlanish xususiyatlari ortib boradi. Bolalarni qushlarning sayrashi, barglarning shitirlashi, shamolning guvillashi, yomg’iming shatir-shuturi va momaqaldiroqning gumburlashini diqqat bilan tinglashga o'rgatish zarur.
Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri - tekshirishdir.
Tekshirish - buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok qilishdan iborat bo’lib, uning natijalaridan keyinchalik ma'Ium bir mazmunli faoliyatda foydalaniladi. Tekshirish jarayonida bolalar katta-kichiklikni, shaklni, fazoviy munosabatlarni, rangni, nutq tovushlari bilan musiqiy tovushlarning o’ziga xos xususiyatlarini ajratib ko’rsatish va farqlashga o’rganadilar.
Mashg'ulotlarda bolalarning hissiy bilish tajribasini egallab olishlari muhim rol o’ynaydi. Holbuki shu mashg’ulotlarda bolalarning sezgi, idrok va tasavvurlami tarbiyalashga jonli rahbarlik qilish uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
♦
65
Bolalar biror buyumni nima uchun sinchklab qarash, ba'zi tolvushlarni yaxshilab eshitish kerakligini aniq tushunganlaridagina. ularda sinchklab qarash, narsa va hodisalarni idrok qilish malakasi hosil bo’ladi. SHuning uchun tarbiyachi bolalarni narsa va hodisalarni idrok qilishga o’rgatib, ular qiladigan ishlarning ma'nosini aniq tushuntirib berishi lozim. SHundagina ular ancha tushungan holda idrok qiladilar va biror maqsadga qaratilgan bo'ladi: axir. daraxt shoxlari yaxshilab ko'zdan kechirilmasa, uning rasmini chizish ancha qiyin bo'ladi.
Boshqa faoliyat lurlariga, masalan, mehnatga tayyorgarlik ko’rishda tegishli tekshirish usullari tanlanadi.
Masalan, qog'oz va gazlamaning xossalarini aniqlash uchun tarbiyachi bolalarga qog’oz va gazlamani g’ijimlaganda nima bo’lishini eshitib ko’rishni, qog’oz va bir parcha gazlamani yirtib ko’rishni, qog’oz va gazlamadan qilingan qo’g’irchoq ko’ylagini suvda yuvishni taklifetadi.
To'plangan tajribalarni bolalar boshqa buyum va hodisalarga ko’chiradilar, undan kundalik hayotlarida foydalanadilar: “Kel, qumga suv quyamiz, u nam bo’ladi, biz undan tonnel quramiz”, "Bu chelakni ko'tarma, unda qum bor, u juda og’ir”.
Buyumlarning xususiyatlarini, nomini, va ta'rifini aniqlash, ulami ma'lum bir xossalarga ko’ra taqqoslash uchun didaktik o’yin va qo’llanmalardan ham foydalanish mumkin. Ular bolalar bilan olib boriladigan xilma-hil mashg’ulotlar, mehnat, kuzatishlar va bolalarning mustaqil ishlarida yaxshigina qo’shimcha material hisoblanadi.
Tayanch tushunchalar: »
Sezgi — bu atrof olamdagi moddiy dunyoni, narsa va hodisalarning inson ongida aks etishi.
Serish - atrofdagi narsa hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi xususiyatlarining miyamizga ta'sir etishi. Pertseptiv qobiliyat - bolalarning ruhiy holatini his qilish, tushuna olish orqali yuzaga chiqariluvchi qobiliyat.
Mavzu yuzasidan foydalanilgan adabiyotlar:
I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat - engilmas kuch. -T.: Ma'naviyat, 2008.
O’zbekiston Respublikasining «Ta'lim to’g’risida»gi Qonuni. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydeVori. -T.: SHarq, 1997.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiigan Da vial lalablari. T-
2008
Abu Rayxon Beruniy. Ruhiyat va ta'lim-tarbiya haqida. -T., 1992.
R.Mavlonova, O.To’raeva, K.Xoliqberdiev. Pedagogika. -T.: O’qituvchi, 2001.
P.YUsupova. Maktabgacha pedagogika. -T.: O’qituvchi, 1993.
Nazorat uchun savollar:
Sensor tarbiyaning asosiy vazifasi qaysilar?
Sensor tarbiyaning asosiy usuli nima?
Sensor tarbiyaning maqsadi nimalardan iborat?
66
Maktab voshidagi bolalar aqliy bilimlarining necha foizi sezish orqali idrok etiladi?
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:
Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalari qaysilar?
bolalarda tabiat va jamiyat to’g’risidagi bilimlar sistemasini, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish
bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish
v) bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni, aqliy ko’nikma va malakalarni, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish
g) hamma javoblar to’g’ri .
Ta'limni necha xil yo’l bilan amalga oshirish maqsadga muvofiq?
4 xil yo’l bilan
2 xil yo'l bilan
v) bir necha xil yo’l bilan g) 1 xil yo’l bilan
Mashg’ulot qanday tuzilishga ega?
mashg’ulotning maqsadi, yakuni
bolalarni uyushtirish, asosiy qism„ yakunlovchi qism v) mashg’ulotning borishi
« g) hamma javoblar to’g’ri
Didaktik maqsadga ko’ra mashg’ulot turlarini ko’rsating.
bolalarga yangi bilim beruvchi
bolalarni bilimlarini tekshiruvchi-sinovchi v) mujassam, kompleksilan
g) hamma javoblar to’g’ri •
Sensor tarbiyaning asosiy usuli nima?
tekshirish
so’zlash v) ko’rsatish g) tushuntirish
Sensor tarbiyaning vazifalari qaysilar?
bolalarda pertseptiv harakatlarni shakllantirish
sensor etalonlar sistemasini shakllantirish
v) pertseptiv harakatlardan, etalonlar sistemasidan Amaliy faoliyatda mustaqil foydalanish
g) hamma javoblar to’g’ri 7
7. Sensor tarbiya qaysi tarbiyalarning asosi hisoblanadi?
aqliy, estetik, jismoniy, mehnat
axloqiy, huquqiy
(Л
v) iqtisodiy, axloqiy
g) ekologik. aqliy
Sensor so’zi nimani anglatadi?
sezgi, tuyg'u
sezish qobiliyati
v) idrok
g) hamma javoblar to'g'ri
mavzu: AXLOQIY VA IJTIMOIY XULQ-ATVOR ASOSLARINI
SHAKLLANT1RISH
Reja:
Axloqiy tarbiyaning nazariy asoslari.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatda tarbiyalash vazifasi
va amalga oshirish vositalari. .
Axloqiy tarbiyaning asosiv printsiplari (tamoyillari) va metodlari.
Jamoa - shaxs axloqiy kamolatining asosi.
Jamoatchilikni tarbiyalash jarayonida ahloqiy sifatlarni tarbiyalash.
Bolalar jamoasini shakllanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |