Avtomobilь yo’llari. Respublika rivojlangan yo’l xo’jaligi va zamonaviy talablarga javob
beradigan xalqaro, respublika, mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan avtomobilь yo’llariga ega.
Respublika
mustaqillikka
erishganidan
keyin
mavjud avtomobilь yo’llarini xalqaro
andozalarga moslash, yo’llarni saqlash va ta’mirlash, yangi barpo etilayotgan sanoat rayonlarini
xalqaro magistrallar bilan bog’laydigan yo’llar qurilishi masalalariga e’tibor kuchaydi. Bu borada
O’zbekiston Xitoy va Pokistonga chiqish imkoniyatini beruvchi Andijon-O’sh-Ergashtom-
Qashqar avtomobilь yo’lini ishga tushirishdi (1997 yil 21 iyulь), Xind okeaniga chiqish
imkonini beradigan Termiz-Xirot-Karachi avtomobilь yo’li qurilishida o’z ulushi bilan
qatnashmoqda. SHuningdek Buxoro-Nukus avtomobilь yo’lini qurish davom etayapti.
Xavo transporti. O’zbekiston jahondagi ko’p mamlakatlarning poytaxtlari, yirik
shaharlar, sanoat markazlari bilan havo yo’llari orqali bog’langan.
Respublika havo transporti – fuqaro aviatsiyasi tarixi 1920 yillardan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |