4. Mazmunli bo‘limga bola rivojining beshta ta’lim sohasi yo‘nalishlariga mos ravishdagi ta’lim faoliyatining ta’rifi kiradi: ta’lim sohasining vazifalari, ta’lim faoliyatining mazmuni, ta’lim faoliyatining natijalari, mintaqaviy tarkibiy qism (komponent), ta’lim sohasini amalga oshirish bo‘yicha ta’lim faoliyatini tashkil qilish shakllari.
Kompleks-mavzuviy rejalashtirish (barcha beshta ta’lim sohasini amalga oshirishni hisobga olgan holda). Mazkur kichik bo‘limning ta’rifi integrativ modelni ko‘zda tutadi va u hafta mavzusini faoliyatning turli ko‘rinishlarida, shakllarida, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari bilan birgalikda ochib beradi. Dasturda ifodalangan kompleks-mavzuviy rejalashtirishning tarkibiy qismi jadvallar ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin. Kompleks-mavzuviy rejada dasturdagi bo‘limlar va mavzularni o‘rganish ketma-ketligi ochib beriladi. Ta’lim faoliyatining taqsimoti, bolalar bilan ishlash shakllari va yakuniy tadbirlar ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |