Sezar usulida almashtiruvchi harflar k ta siljish bilan aniqlanadi. Rasm-2..
{a0,a1,...,am-1} (1)
m-ta belgilar to‘plamida t indeks ushbu
l=t+k(mod m) (2)
(2) formula asosida o‘zgaradi. Bu erda l,t=0,1,...,m-1 va k
ixtiyoriy raqamlardan tashkil topgan kalit. Yuliyssezar bevosita k=3 bo‘lganda ushbu usuldan foydalangan.
Masalan, ushbu {A,B,C,D,E,F,G,H,I,J,K,L,M,N,O,P,Q,R,S,T,U,V,W,X,Y,Z} bosh lotin harflaridan tuzilgan to‘plam berilgan bo‘lsin, bu erda m=26.
k=3 bo`lganda (2) formulaga asosan quyidagi jadval hosil qilinadi:
A→D J→M S→V
B→E K→N T→W
C→F L→O U→X
D→G M→P V→Y
E→H N→Q W→Z
F→I O→R X→A
G→J P→S Y→B
H→K Q→T Z→C
I→L R→U
Misol.
Matn sifatida SURXONDARYO so`zini oladigan bo`lsak,sezar usuli natijasida quyidagi shifrlangan yozuv hosil bo`ladi:
VXUARQGDUBR
Ushbu formula asosidassezarning shifrlash usulini dasturlash mumkin. Quyida biz bitta kalit uchunssezar shifrlash usulining Delfi muxitidagi dasturi lavxasini keltiramiz:
procedure TForm1.Button2Click(Sender: TObject);
const m=26;
var
s:string;
at:array[0..25] of char;
i,j,sss:integer;
begin
memo2.Text:='';
i:=1;
at[0]:='a';
repeat
at[i]:=succ(at[i-1]);
i:=i+1;
until at[i-1]='z';
s:=memo1.text;
for j:=1 to length(Memo1.text) do
begin
sss:=0;
for i:=0 to 25 do begin
if at[i]=s[j] then
begin
memo2.Text:=memo2.Text+at[(i+strtoint(edit1.Text))mod 26];
end
else
if (ord(s[j])=32)and (sss=0) then memo2.Text:=Memo2.Text+s[j];sss:=1 ;
end;
end.
Ushbu dastur yordamida delfi muxitida shifrlashni quyidagi oyna yordamida amalga oshiramiz.
Foydalaniilgan adabiyotlar ro’yxati
«Axborotlashtirish to‘g‘risida».O‘zbekiston Respublikasining qonuni. Toshkent shahri, 2003 yil 11 dekabr.
13-Mustaqil ish
Menejment ilmining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib,
Yu.Sezar, A.Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi.
O’sha davr menejerlari harbiy intizomni o’rnatish maqsadida, odamlarni jazo bilan qo’rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so’zsiz itoat etish kabi usullarni qo’llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko’proq qo’shimcha qiymat undirishning g’oyatda samarali usuli, deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo etilganligiga ham Sohibqironning o’z qo’l ostidagilarga “Qo’rquv bilan umid o’rtasida ushlash” bo’yicha boshqarishi sabab bo’lgan.
Kapitalizm tuzumining boshlang’ich davrida tadbirkor - mulk egasi ishlab chiqarishni o’zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo’lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e’tibor berila boshladi.
XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarni talab etuvchi,faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruvchi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to’g’risida quyidagi ta’limotni vujudga keltirdi. Shu davrdan boshlab bugunga qadar boshqaruvdagi quyidagi to’rt yo’nalish evolyutsion tarzda rivojlangan va uzining tegishli xissasini qo’shgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |