Gimnastikada saf tortish mashqlari, «Saflanish», «Tekislaning», «Tpk turing», «Erkin turing», «Buriling», «Tartib bilan sanang» kabi buyruq amallarining asosiy talablari, ularning maqsadlari gavda harakatini takomillashtirishga, sog‘lom bo‘lib o‘sishga, qomatni rostlash, tartib-intizomlarni saqlash malakalarini tarbiyalaydi. Akrobatika-muvozanatlarni tarbiyalash, gavdaning egiluvchanligi, tana a’zolarining burilishi, yozilish, taranglashish va tez harakatlar qilishni ta’minlovchi omillardan biridir. Bunda do‘mbaloq oshishlar, elkada(kurak)tik turish, erga tizzani qo‘yib turish (o‘tirish) va turli xil birikma (kombinatsiya) mashqlari qo‘llaniladi.
Engil atletika nomi engil bo‘lsada, mashqlar mazmuni og‘ir va murakkab vositalardir. 50-100 metr masofalarga tez yugurish 50 sm. balandlikdagi to‘siqlardan sakrab o‘tish, kichik to‘plarni maqsad(sel) va uzoqqa otish kabi turlar qo‘llanilib, ular o‘quvchilarning chaqqon, engil bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Harakatli o‘yinlar - «Oq terakmi-ko‘k terak» «Kalhat keldi», «Qushlar pir…rr etdi», «Uchinchisi ortiqcha», «Kartoshka ekish» kabi harakatli o‘yinlar va turli estafetalar orqali o‘quvchilarning ijtimoiy chiniqishlarini tarbiyaladi.
Maktab o’quvchilarda sinflarda nazariy bilimlar va amaliy tarbiyalash
xususida.
Nazariy bilimlarda
Shaxsni har tomonlama rivojlantirish tushunchasida eng avvalo jismoniy mashqlarning turlari, ularni bajarish yo‘llari va inson komolotni ta’minlovchi fiziologik, psixologik, pedagogik xususiyatlari mavjud.
O‘quvchilarni mehnat va ijtimoiy faoliyatlarga tayyorlashda jismoniy tarbiya vositalari, ayniqsa sport turlarining ahamiyati g‘oyat bebahodir.
Gavda a’zolarining harakatchanligini ta’minlash, tanani chiniqtirishda jismoniy mashqlar yaqindan yordam beradi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan xotin-qizlarning shug‘ullanishi lozim. Har bir ona sog‘lom bo‘lishi, farzandlarini ham soglom qilib tarbiyalashlari hozirgi davr talabidir. Ovqatlanish tartpblari, tozalikka rioya qilish, o‘z-o‘zini nazorat qplib borish salomatlikning manba’idir. Shu bilan birgalikda jismoniy madaniyat harakatidagi eng muhim voqeliklar haqida nazariy tushunchalarga ega bo‘lish shaxsning har tomonlama komolotga etishishda yordam beradi. Ularga ba’zi bir dalillar quyidagicha:
Gimnastika-jismoniy tarbiya vositasining muhim va asosiy tarmog‘i. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda Afinada o‘tkazilgan turli xil marosimlar, ayniqsa olimpiya o‘yinlarida tarkib topgan sport turlarining majmui (kompleks hisoblangan. Bunda kurash, boks, nayza sanchish kabi harakatlar birgalikda qo‘llanilib, shug‘ullanuvchilar yalong‘och holda ishtirok etishgan. Shu sababdan yalong‘och bo‘lib mashq bajarish faoliyatlarni gimnastika (yalong‘och) deb atalgan.
Hozirgi davr gimnastikasi mazmun va shakl jihatdan ancha o‘zgargan. Sport gimnastikasi, badiiy gimnastika (ayollar uchun), ritmik gimnastika (akrobika) akrobatika kabi mustaqil sport tuzilmalari ritmik gimnastikaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
O‘quvchi yoshlar, oddiy kishilar uchun asosiy gpmnastika (umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, saf tartish qoidalari, asboblarda maxsus mashqlar) hamda yordamchi-davolash gimnastikalari mavjud. Ular ertalabki gigienik gimnastika, darslar jarayonidagi umumrivojlantiruvchi jismoniy mashqlar, davolash hamda sog‘lomlashtirish maskanlarida qo‘llanuvchi xilma-xil mashqlar (uqalash-massaj) shaklida qo‘llaniladi. Sport o‘yinlari (futbol, basketbol, voleybol va b.q.) haqida 4 sinfdagi nazariy bilimlar bo‘limida atroflicha dalillar keltirilgan. O‘quvchi yoshlar barcha sport o‘yinlarining qoidalarini yaxshi o‘zlashtirishlari lozim. O‘zbekistonda sport o‘yinlari CHor Rossiyasining mustamlakachilik davrlarida (1913-1914) hamda sobiq Ittifoqning hukmronlik qilishining boshlarida (1924-1930) vujudga keldi va keng tarqaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |