Microsoft Word Mavzu jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari-hozir org doc



Download 42,13 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.06.2022
Hajmi42,13 Kb.
#640211
Bog'liq
Tema 2.2



Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasining predmeti va asosiy 
tushunchalari. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi 2017-2021 
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risidagi PQ-2707-sonli qarori ijrosini ta’minlashda bolalarni maktab ta’limiga 
tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’limtarbiya jarayoniga zamonaviy 
ta’lim dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, 
bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish 
uchun shart-sharoitlar yaratish, ta’lim muassasalarning moddiy-Jismoniy tarbiya 
metodikasi maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining o’ziga xos 
xususiyatlarini ochib beradi. Jismoniy tarbiya metodikasi amaliyot bilan uzviy 
bog’likdir. Jismoniy tarbiya metodikas jismoniy tarbiya vositalari, jismoniy 
mashqlarni o’rgatish tamoyillarini, usul va metodlarini ochishga, harakat 
ko’nikmalarini shakllantirishga va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, jismoniy 
tarbiya mashg’ulotlari, ertalabki badantarbiya, harakatli uyin
shuningdek jismoniy tarbiya ishini rejalashtirish va hisobga olishga katta 
Jismoniy tarbiya metodikasining asosiy tushunchalari 
1.Jismoniy rivojlanish. 
2. Jismoniy tayyorligi. 
3. Jismoniy kamolot. 
4. Jismoniy tarbiya. 
5. Jismoniy tayyorgarlik. 
6. Jismoniy ta’lim. 
7. Jismoniy mashqlar. 
8. Harakat faoliyati. 
9. Sport. 


10.Jismoniy madaniyat. 
11.Jismoniy harakatlar. 
Jismoniy rivojlanish bu kishi organizmi shakl va funktsiyalarining o’zgarish 
jarayonidir. «Jismoniy rivojlanish» iborasi tor ma’noda qo’llanilganda, u 
antropometrik va biometrik ko’rsatkichlarni anglatadi (buy, gavda og’irligi, ko’krak 
qafasi aylanasi, o’pkalarning tiriklik sig’imi, qaddiqomatining holati) va boshqalar. 
«Jismoniy rivojlanish» iborasi keng ma’noda qo’llanganda unga jismoniy sifatlar 
(tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, ko’z bilan chamalash, 
kuch, chidamlilik) ham kiritiladi. Jismoniy tayyorligi bu harakat ko’nikmalari, 
malakalari, jismoniy sifatlarning me’yoriy ko’rsatkichidir. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun barcha asosiy jismoniy mashq turlari 
bo’yicha me’yoriy ko’rsatkichlar va ularni bajarish sifatiga qo’yiladigan Ular 
«Bolajon» 
tayanch 
dasturida 
ko’rsatib 
berilgan. 
Jismoniy kamolot bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va 
sog’liqning, hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga har tamonlama jismoniy 
tayyorlanganlikning eng yuqori bosqichidir. «Jismoniy kamolot» o’sib boradigan 
ijtimoiy ehtiyojlar ishlab chiqarish, shuningdek kishilar ehtiyojining o’sishiga qarab 
o’zgarib 
turadi. 
Jismoniy tarbiya bu jismoniy kamolotga erishishga yo’naltirilgan pedagogik 
jarayondir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, ahlokiy, estetik va mehnat tarbiyasi 
amalga 
oshiriladi. 
jismoniy tarbiya — madaniyatning insonni jismoniy tarbiyalash, jismoniy 
rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan 
kamol toptirish, uning qobiliyatini va harakat faolligini takomillashtirish, sog’lom 
turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish maqsadida 
jamiyat tomonidan yaratiladigan hamda foydalaniladigan qadriyatlar, normalar 
va 
bilimlar 
yig’indisidan 
iborat 
bo’lgan 
qismi; 


jismoniy tarbiyalash — yuksak madaniyatga ega bo’lgan har tomonlama etuk 
hamda jismonan sog’lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, 
insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va 
sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon; 
Jismoniy tayyorgarlik bu jismoniy tarbiyaning kasbiy yo’nalganligidir (aktyor, 
uchuvchi, kosmonavt…va boshqalarning jismoniy tayyorgarligidir). U konkret 
kasb xususiyatiga ko’ra o’tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari, vositalari, 
o’tkazish metodikasining o’ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Jismoniy ta’lim 
jismoniy 
tarbiyaning 
maxsus 
bilimlar, 
harakat 
ko’nikma va malakalarini egallashdan iborat bir turi. Jismoniy mashqlar 
harakatlar, harakat faoliyatlari, harakat faoliyatining murakkab turlari (harakatli 
o’yinlar) bo’lib, ular jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish uchun vosita sifatida 
tanlab olingan. «Mashq» iborasi harakat faoliyatini bir necha bor takrorlash 
jarayonini ifodalaydi. Sport bu musobaqa jarayonida namoyon bo’ladigan, u yoki 
bu jismoniy mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yo’naltirilgan maxsus 
faoliyatdir. 
Jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi, jamiyatning ijtimoiy-
tarixiy amaliyot jarayonida to’plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi moddiy 
va ma’naviy boyliklari majmuasidir. Moddiy boyliklarga sport inshootlari 
(stadionlar, sport zallari, basseynlar, tennes kortlari…), jismoniy tarbiya jihozlari, 
maxsus kiyim, poyabzal… kiradi, shuningdek kishilarning jismoniy kamolot 
darajasi ham kiradi. Ma’naviy boyliklarga esa jismoniy tarbiya haqidagi fan va 
san’at asarlari (adabiyot, haykaltaroshlik, rang-tasvir, grafika, muzika …) 
mansub. Jismoniy harakat ijtimoiy harakatning o’z oldiga aholi jismoniy tarbiyasi 
darajasini oshirish va sportni rivojlantirishga yordam berishni maqsad qilib qo’ygan 
maxsus turi. U davlat, jamoat tashkilotlari va xalq ommasining jismoniy 
madaniyat va sportni rivojlantirish sohasidagi maqsadga yo’naltirilgan faoliyatini 


ko’zda 
tutadi. 
Jismoniy rivojlanish- inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy sharoitda 
shakillanishi- tashqi ko’rinishi va harakat faoliyatining o’zgarishi jarayonidir. 
Rivojlanishning o’sib borishida uchta fazani ajratish mumkin: rivojlanish 
darajasining ko’tarilishi, nisbatan barqarorligi va inson jismoniy imkoniyatlarining 
asta-sekin pasayishi. eng jo’shqin rivojlanish maktabgacha va kichik maktab yoshiga 
to’g’ri keladi hamda maktabda ta’lim olishning barcha davrlari mobaynida davom 
etadi. 
Jismoniy rivojlanish ob’ektiv biologik qonunlarga bo’ysunadi. Bu qonunlardan 
eng muhimi muhit va organizm rivojlanishining birligi qonunidir. O’qituvchi 
bolalarning dam olishini tashkillashtirishi, mustaqil ishlar va mehnatni, o’qish 
sharoitini hisobga olishi kerak. Bularning hammasi bolalarning jismoniy 
rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan omillardir. 
Jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoit yaratish iste’dodli bolalarni tanlab olishga 
imkoniyat yaratadi. Chunki iste’dod nasldan-naslga o’tadi. Shuning uchun 
yuqori sport natijalariga har qanday o’quvchi ham erisha olmaydi. Har bir 
shug’ullanuvchi maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotlarga muntazam, vijdonan 
ishtirok etish sharoitida o’zining jismonan yaxshi rivojlanishini ta’minlashi 
mumkin, biroq organizm himoyasi va mehnatda munosib muvaffaqiyatlarga 
erishish uchun sharoitlar yaratish zarur. Bunday rivojlanishga erishish uchun 
Jismoniy tarbiya nomini olgan maxsus yo’naltirilgan va tashkillashtirilgan 
faoliyatdan foydalaniladi. 
Jismoniy ta’lim 


Jismoniy ta’lim o’quvchilarning muayyan bilimlarni egallashi, jismoniy 
mashqlarni bajarishi va ularni hayotga tatbiq eta olishini ko’zda tutadi. 
Jismoniy sifatlarni tarbiyalashga quyidagilar kiradi: kuch va tezkorlikda namoyon 
bo’lish natijalarini oshirish, chidamlilik, chaqqonlik ko’nikmalarini yaxshilash. 
Yagona jarayonning bu tomonlari o’zaro mustahkam bog’langan, masalan, agar 
o’quvchilar yugurish mashqlarini, ularning texnikasini o’zlashtirish maqsadi bilan 
ko’p marta takrorlasalar, u holda bir vaqtning o’zida kuch, tezkorlik, chidamlilik 
ham tarbiyalanadi. Ikkinchi tomondan yugurish mashqlari katta tezlik bilan 
(tezlikni tarbiyalash uchun) ko’p marta bajarilsa, bu texnikaning 
takomillashishiga 
va 
mustahkamlanishiga 
ko’maklashadi. 
«Jismoniy kamolot» - bu har tomonlama rivojlanishning va odamda harakat 
qilishga tayyor bo’lib turishini tarixiy vujudga kelgan darajasi bo’lib, ishlab 
chiqarish harbiy turmush sharoitiga eng yaxshi moslanish imkoniyatini, yuksak ish 
qobiliyatini va hayotiy muhim funktsiyalarning normal o’sishini ta’minlaydi. 
«Jismoniy kamolot» - to’liq salomatlik bilan xarakterlanib kishining uzoq vaqt 
faol hayotiy va boshqa bir qancha ko’rsatkichlar - har qanday tashqi muxit 
sharoitida jismoniy va aqliy ish qobiliyatini har tomonlama va yuqori darajada 
jismoniy va irodaviy sifatlarni, katta masshtabdagi harakat ko’nikmalarini va tana 
shaklini garmonik rivojlantirishdan iboratdir. 
Jismoniy tayyorgarlik - sog’liq, jismoniy rivojlanish hamda hayotga, maktabga va 
Vatan mudofaasiga jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasini o’z ichiga oldi. 
Misol: Jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullangan va 
shug’ullanmaydiganlar bilan taqqoslash; albatta sport bilan shugullangan 
o’kuvchilarning jismoniy tayyorgarligi nisbatan yuqori bo’ladi. 


Sport - jismoniy madaniyatning komponenti sifatida. 
Oldin aytib o’tilganga ko’ra zamonaviy sport turlarining ko’pchiligi jismoniy 
madaniyat maxsus elementlari sifatida shakllana borgan. Boshqa 
komponentlarga qaraganda sport jismoniy sifatlarni va u bilan bevosita bogliq 
bo’lgan inson qobiliyatlarini asta rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratib 
berilgan. 
Sportning maxsus funktsiyalari "yuqori sport yutuqlarida va ommaviy sportda" 
bir xil ifodalanmagan. Katta sport yuqori natijalarni ko’rsatishga, 
rekord natijalarni ko’rsatishga, butun imkoniyatlarini shu natijani ko’rsatish uchun 
sarflaydi, muntazam mashq qilib tayyorgarlik ko’radi. Ommaviy sport - 
ommaviylikni oshirishiga imkoniyat yaratadi. Jismoniy madaniyat negizining 
asosiy qismlaridan biri bu umumiy jismoniy tayyorgarlikni saqlashga va 
oshirishga qaratilgandir. 
Sport jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi 
Sport jismoniy rivojlanishni va insonning u bilan bog’langan boshqa sifatlari 
rivojlanish darajasini ta’minlaydi. 
Ommaviy sport bazasi jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Yuqori 
muvaffaqqiyatlarga erishishda sport jismoniy madaniyatning maxsus sohasini 
ifodalaydi. 

Download 42,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish