II-BOB. “Qarshi yog„-ekstraksiya” ochiq hissadorlik jamiyatining
boshqaruv va iqtisodiy ko„rsatkichlari tahlili
2.1. “Qarshi yog„-ekstraksiya” ochiq hissadorlik jamiyatining tashkiliy-
iqtisodiy tavsifi
Qashqa vohasida urushdan keyingi kunlarga qadar (1945 yillar) birorta ham
yirikroq sanoat korxonasi yо‗q edi. Ammo, о‗lkamizning serunum yeri, otashin quyoshi
yer osti va yer usti zahiralarga boyligi uning kelajagi porloq, istiqbollari nurli ekanidan
dalolat berib turardi. Bu borada Qarshi chо‗lini о‗zlashtirish uchun boshlangan harakat
katta tarixiy ahamiyatga molik voqealardan biri bо‗lib hisoblansa, undan bir oz avvalroq
Qarshi yog‗ korxonasiga asos solinishi, ana shu xayrli tadbirlarning debochasi bо‗lib
maydonga chiqqandi. Shul bois ham kelajak rejada Qashqadaryo viloyatida paxta
maydonlarini kengaytirish, mavjud ekin maydonlarida intensiv ishlab chiqarishni yо‗lga
qо‗yib, ilg‗or agrotexnika qoidalarini qо‗llash yо‗li orqali va hosildorlikni kо‗tarish
tadbirlarini ishlab chiqish bilan bir qatorda yetishtirilgan hosilni tо‗laligicha
viloyatimizning о‗zida qayta ishlash istiqbollari ham belgilangandi. Chunki, о‗sha
davrda vohamizning ikki tumanida Shahrisabz va Yakkabog‗da paxta tozalash
korxonalari bо‗lib, ularda ishlab chiqarilgan chigit qayta ishlov berish uchun chetga
chiqarilardi.
Ana shularni hisobga olib vohada paxta tozalash korxonalarining sonini
kо‗paytirish va Qarshi shahrida yog‗ korxonasi qurilishining rejalashtirilishi
viloyatimizda sanoatning dastlabki dadil qadamlari edi.
Shunday qilib, 1947 yilning 22 dekabrida, sutkasiga 150 tonna chigitni qayta
ishlash quvvatiga ega bо‗lgan Qarshi yog‗ korxonasini loyihalashtirish ishlari boshlab
yuborildi. 1949 yili korxona poydevoriga birinchi g‗isht qо‗yildi. Qurilish ishlari besh
yilgacha davom etib, u 1954 yili muvaffaqiyatli yakunlandi. Bir yil chо‗zilgan qabul
topshiruv ishlaridan sо‗ng 1955 yili korxona tо‗la quvvatda ishlay boshladi.
Bugungi kunda korxona Ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi «Qarshi yog‗-
ekstraksiya» korxonasi «Ozik ovkat sanoati korxonalari» uyushmasi tarkibiga kiradi va
aksiyadorlik tarkibida 58.04 % davlat ulushi mavjud.
Korxona ustav fondi
1 118 304 m.s.
Shundan: korxona jamoasi
5,59%
62 563,2 m.s.
Davlat ulushi
58.04 %
649 080 m.s.
Erkin savdo ulushi
2,65%
29 635,2 m.s.
―OIL TRANSPORTATION PROGRESS MChj 33.71%
377 025,6 m.s.
Jami aksiyalar oddiy hisoblanadi, soni 465 960 dona, egasi yozilgan, nominal
qiymati 2400 sum bо‗lgan aksiyalariga bо‗linadi.
О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil sentabrdagi 1401-sonli
karoriga asosan korxonada ustav fondidagi davlat ulushini kamida 51% ga yetkazish
maksadida Ustav fondiga davlat aktivlarini kiritish xisobiga ustav fondi oshirildi.
Xozirgi kunda korxona ustav fondi 1 mlrd 118 mln 304 ming sumni tashkil kiladi.
Ustav fondi ulushlar buyicha kuyidagicha taksimlangan bо‗lib, Davlat ulushi 58,04%-
270 450 dona - 649 080 ming sumni, Mexnat jamoasi 5,59%-26 068 dona - 62 563,2
ming sumni, Erkin savdo ulushi 2,65%-12 348 dona - 29 635,2 ming sumni, «OIL
TRANSPORTATION PROGRESS» MChj 33,71%
157 094 dona 377 025,6 ming
sumni tashkil etadi.
Davlat ulushi aksiyalarini boshqarish Davlat vakili zimmasiga yuklatilgan va
ishonchli vakil tomonidan nazorat qilib boriladi.
Ishlab chiqarish uskunalari asosan paxta chigiti, soya doni va barcha turdagi
noananaviy uruglarni qayta ishlashga mо‗ljallangan bо‗lib, uzluksiz ish tartibida
ishlaydi. Ishlab chiqarishning bir sutkalik quvvati korxona pasportiga asosan 400 tonna
paxta chigitini tashkil qiladi. Bu esa bir yilda 126,0 ming tonna paxta chigitini qayta
ishlash imkonini beradi. Asosiy maxsulot bо‗lgan paxta yog‗i, juvoz va ekstraksiya
yо‗li bilan olinadi Paxta chigiti mag‗izi shelushitellar yordamida ajratib olinib,
valsovkalarda ezilib pomol holiga keltiriladi va jarovni ya‘ni qovurish uskunasi
yordamida qovurilib YETP-20, YETP-20-16 preslariga uzluksiz uzatib turiladi. Bu
presslar yordamida mag‗iz tarkibidagi taxminan 68-78 foiz paxta yog‗ini siqib olinib
chiqarilgan kunjara tarkibida qolgan yog‗ni olish uchun ekstraksiya sexiga uzatiladi va
keyingi jarayon kunjarada qolgan yog‗ni ekstraksiya yо‗li bilan, ―ND-1250‖ rusumli
vertikal ekstraktorda kunjara tarkibidagi yog‗ni ekstro-benzin bilan eritirilib, ushbu
aralashma ya‘ni missella tarkibidan yog‗ni birlamchi va ikkilamchi distilyatsiya
qurilmasi yordamida ajratib olinadi. Ajralgan benzin esa sovutilib, qayta ishlab
chiqarish jaryoniga uzatiladi. Shu jarayon natijasida ajratib olingan tostirlangan shrotni
kamgossipolli shrot ishlab chikarilgandan keyin uzatish qurilmasi yordamida shrot
omboriga iste‘molchilarga yetkazib berish uchun yuboriladi.
Jamiyatning asosiy ishlab chiqarish jarayonlari quyidagilardan tashkil topgan:
Paxta chigitini qabul qilish va saqlash.
Paxta chigitini tozalash, namlash, chaqish.
Paxta chigitini magzini puchog‗idan ajratib, keyingi ishlab chiqarish
jarayoniga yuborish.
Chigit mag‗ziniyanchish va uni issiqlik va namlik yordamida yog‗ini
olishga tayyorlash.
Uni qovurib juvoz yordamida mag‗izni siqib yog‗ini olish va olingan qora
yog‗ni tozalab oqlov sexiga uzatish.
Kunjarasini keyingi jarayonlarga uzatish.
Juvozdan chiqqan kunjarani ekstraksiya sexida qayta ishlab tarkibida
qolgan yog‗ni olib oqlov sexiga uzatish.
Olingan tostirlangan shrotni esa shrot omboriga uzatib kamgossipolli
shrot ishlab chikarish va iste‘molchilarga sotish.
Juvozdan va ekstraksiya sexidan olingan qora yog‗ni yog‗ oqlov sexiga
quvurlar orqali uzatilib, qayta ishlanadi, ya‘ni ishqorli eritma yordamida neytrallanib
uning tarkibidagi soapstok ajratib olinadi.Neytrallangan yog‗ qaynoq suvda yuviladi va
vakuum quritish apparatida quritiladi.Bu jarayon bajarilgach yog‗ filtrlanib tayyor
maxsulot – paxta yog‗i olinadi. Oqlash jarayonida ajralib chiqqan soapstokdan esa SJK,
DJK ishlab chikarib sovun ishlab chiqarishga yoki boshqa zavodlarga xom-ashyo
sifatida sotiladi. Ekstraksiya sexidan kelgan qora yog‗ni oqlab, olingan yog‗ni boshqa
qayta ishlash korxonalariga xom-ashyo sifatida sotiladi yoki doglash sexida dog‗lab
iste‘mol yog‗i sifatida kadoklab sotiladi. Juvoz usulida olingan qora yog‗ni xam
oqlanadi.
Oklangan yog‗ni xidsizlantirish sexida xidsizlantirilib, xidsizlantirilgan
yog‗ning xammasi kadoklash sexiga uzatiladi.
Xidsizlantirilgan yog‗ni 1-2-5 litrli PET idishlarga kadoklanadi va
iste‘molchilarga sotiladi.
Korxonada quyidagi sex va bо‗limlar mavjud:
Asosiy sexlar:
Forpress, ekstraksiya, yog‗ oqlov va dog‗lash, 1-2 sonli
kadoklash sexlari, sovun ishlab chikarish sexi, DJK sexi, kandolatchilik sexi
Yordamchi sexlar: chigit xо‗jaligi, bug‗-qozonlari bо‗limi, mexanika sexi, elektr
sexi, markaziy va gaz-chang laboratoriyalari, nazorat о‗lchov uskunalari va avtomatika
bо‗limi, markaziy ombor, tayyor maxsulotlar omborlari.
Bundan tashqari korxonada qurilish guruxi, qurilish montaj guruxi, madaniyat
saroyi, mexmonxona, choyxona, tovuk fermasi mavjud.
Korxona tо‗xtovsiz, uch smenali ish tartibida ishlaydi. Zavodning 100 % xom-
ashyog‗a nisbatan choraklar bо‗yicha qayta ishlashga yetkazib berilishi quyidagicha:
1-chorak
30,8%
2-chorak
18,5%
3-chorak
4,6 %
4-chorak
46,1%
Korxona doimo foyda olib ishlab kelgan. Korxona raxbarlari va mutaxassislari
tegishli ilmiy-tekshirish institutlari bilan hamkorlikda ish olib boradilar jumladan,
Toshkent kimyo Texnologiya instituti ―Yengil rafinatsiyalangan paxta moyi va kam
gossipolli shrot ishlab chikarish texnologiyasi‖ joriy kilinganligi uchun doimiy yakin
aloqada bо‗lib tajriba almashib turadilar.
Jamiyatda ishlab chiqariladigan asosiy maxsulot turlari va sifati: Korxona asosan
oqlangan paxta yog‗i, shrot, sheluxa va soapstok ishlab chiqaradi. Jami tovar maxsulot
amaldagi narxlardagi summasi hajmida maxsulotlarning miqdori:
paxta yog‗i 37,2 %
shrot 26,94 %
sheluxa 7,76%
soapstok 0,40%
Doglash xizmati 3,65%
Kadoklash xizmati 11,89 %
Kasanachilik va chetga
doglash xizmatidan 0,12 %
DJK ishlab chikarish
2,13 %
va hokazo 9,96 % ni tashkil qiladi.
Xom ashyo sifati ―Sifat‖ hududiy boshqarmasi tomonidan korxona mutaxasislari
bilan hamkorlikda muntazam ravishda ishlab chiqarish, jо‗natish, qabul qilish
jarayonlarida tekshirib turiladi.
Ishlab chiqariladigan maxsulotlar zavod hududida joylashgan markaziy
laboratoriya tomonidan tekshirib boriladi. Barcha maxsulotlar muvofiqlik sertifikati
bilan ta‘minlangan. Ishlab chiqariladigan maxsulotlar GOST va texnik shart
meyorlariga tо‗liq javob beradi. Korxona ma‘muriyati va mutaxasislar maxsulotlar
sifatini oshirish bо‗yicha doim izlanishdalar. Shu sababdan maxsulotlar sifati xam
chikish mikdori xam yildan-yilga faqat yaxshilanib kelmoqda. Korxona 2009 yil ISO
9001:2000 xalkaro standartlari asosida Sifat menejmenti va 2013 yilda ISO 22000:2005
Ozik-ovakt maxsulotlarning xavfsizligini boshkarish tizimi buyicha sertifikatlariga ega
bulgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |