1.2. Ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirishga tizimli-vaziyatli
yondashuv
Bozor munosabatlariga о‗tilishi, iste‘molchi uchun zarur bо‗lgan yangi
mahsulotning о‗zlashtirilishi, mahsulot sifatining oshirilishi, mulkdorning о‗zgarishi va
shu kabilar ishlab chiqarish menejmenti tashkilotini takomillashtirishni talab qiladi.
Ishlab chiqarish hajmlari va yо‗nalishlarining о‗zgarishi bilan yangi ishlab chiqarish
tashkilotiga zarurat tug‗iladi, boshqaruvning yangi usullari va funksiyalari paydo
bо‗ladi, iqtisodiy ish hajmlari о‗zgaradi, boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yangi
talablar qо‗yiladi.
Ishlab chiqarish menejmenti tashkilotidagi о‗zgarishlar kо‗pincha yangi sex,
yangi
aniq
liniyaning
ochilishi
yoki ishlab
chiqarish
va boshqaruvning
mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi natijasida boshqaruvning tashkiliy
tuzilmasini qayta qurish bilan bog‗liq bо‗ladi.
Bunda tashkiliy tuzilma faqat boshqaruv tashkiloti shaklidangina iborat bо‗lishini
hisobga olish lozim. Uning mazmuni boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va
bajarish jarayonlarini; ma‘lumotlarning mazmuni, hajmi, ularga ishlov berish va ularni
uzatish muddatlari va usullarini; boshqaruv organlarini zamonaviy texnika bilan
jihozlash, boshqaruv apparati xodimlarining ishini tashkil qilishni; rahbar xodimlar va
mutaxassis kadrlarni tanlash va joy-joyiga qо‗yishni о‗z ichiga oladi.
Binobarin, ishlab chiqarish menejmenti tashkilotiga yagona tizim sifatida
qaralishi, bu tizimni takomillashtirish yesa kompleks ravishda, uning barcha
yelementlari bilan uzviy va uyg‗un bog‗liqlikda amalga oshirilishi lozim.
Tizim bir-biri bilan о‗zaro munosabat va aloqada bо‗lib, ma‘lum birlik,
yaxlitlikni hosil qiluvchi kо‗plab elementlardir.
Masalan, mehnatga haq tо‗lashning yangi ustuvor tizimining joriy qilinishi
axborot tizimida о‗zgarishlar qilish, ish haqi hisob-kitobida mehnat sarfini, ishga
munosabatni о‗zgartirishni talab qilishi mumkin. Agar ijtimoiy-iqtisodiy tizimdagi
barcha о‗zaro bog‗liqliklar muvofiq ravishda hisobga olinmasa, boshqaruv organlari
ishida nomutanosibliklar vujudga kelib, kutilgan ijobiy natijalar о‗rniga salbiy natijalar
olinishi mumkin.
Ishlab chiqarish menejmenti tashkilotiga tizimli yondashuv kо‗pgina
muammolarni samarali hal qilish imkonini beradi. Uni qо‗llash maqsadlarini aniq
shakllantirish, ish kо‗lami haqida tasavvur hosil qilish, boshqaruvning barcha funksiya,
usullari va jarayonlarini qо‗yilgan maqsadlarga erishishga bо‗ysundirishni ta‘minlaydi.
Bozor munosabatlariga о‗tish sharoitlarida ishlab chiqarishning iqtisodiy tizimi
muhim о‗rin tutadi, zotan u ishlab chiqarish va boshqaruvda kechuvchi barcha xо‗jalik,
moliyaviy, tashkiliy jarayonlarning birligini ifoda yetadi.
Iqtisodiy tizim boshqa barcha tizimlarning samarali faoliyatiga katta ta‘sir
kо‗rsatadi. Shu bilan birga, boshqa tizimlar ham, ayniqsa, yangilanish sharoitlarida
ijtimoiy tizim iqtisodiy tizimga ta‘sir kо‗rsatishi mumkin.
Ijtimoiy tizim bugungi kunda tobora muhim ahamiyat kasb yetib bormoqda, zotan
iqtisodiyotda, jamiyatda ijtimoiy о‗zgarishlar sodir bо‗lmoqda, yangi hamkorlik
shakllari vujudga kelmoqda. Umumlashtirish tizimni umumiy kо‗rinishda, shuningdek,
ushbu tizim elementlarining о‗zaro bog‗liqliqlarini kо‗rish imkonini beradi.
Biroq umumlashtirish foydali ekanligiga qaramay, unchalik aniq bо‗lmaydi.
Boshqaruv tashkilotini takomillashtirishda ma‘lum tizimlar (korxona, tarmoqlar)
о‗rtasidagi farqlarni e‘tiborga olish zarur. Vaziyatli о‗zgaruvchilar deb nomlanuvchi bu
jiddiy farqlar ikki xil: ichki va tashqi bо‗ladi.
Bu vaziyatli о‗zgaruvchilarni biz boshqaruv nazariyasida batafsil kо‗rib
chiqqanmiz. Ichki о‗zgaruvchilar ma‘lum korxonani tavsiflaydi, tashqi о‗zgaruvchilar
esa korxonadan tashqaridagi muhitning omillari hisoblanadi.
Barcha kо‗p sonli vaziyatli о‗zgaruvchilar va boshqaruv jarayonining barcha
funksiyalari bir-biri bilan о‗zaro bog‗liq, ularni bir-biridan alohida kо‗rib chiqib
bо‗lmaydi.
Har qanday muhim omilning о‗zgarishi korxona faoliyatida aks yetadi. Ishlab
chiqarish menejmentini takomillashtirishga vaziyatli yondashuv (har qanday tizimga
oid) korxona ishining samaradorligiga juda kо‗p ichki va tashqi omillar ta‘sir
kо‗rsatishini anglatadi. Shuning uchun takomillashtirish usullari vaziyatga qarab
belgilanadi. Ma‘lum vaziyatda unga kо‗proq mos keladigan yeng samarali usul
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |