I-Bob.
IQTISODIYOTNI
RAQOBATBARDOSHLIGINI
OSHIRISH
SHAROITIDA ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISHNING NAZARIY
ASOSLARI
1.1.
ISHLAB
CHIQARISHNI
OPERATIV
BOSHQARISHNING
AHAMIYATI
Ishlab chiqarish jarayonini boshlashdan oldin uning texnologiyasini ishlab
chiqish, sarf-xarajatlar normalarini belgilash, kadrlarni joy-joyiga qо‗yish tartibini puxta
о‗ylab kо‗rish talab etiladi.
Bevosita moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnat predmeti bо‗lib xom ashyo va
materiallar, mehnat qurollari bо‗lib-asbob-uskunalar, buning natijasi bо‗lib esa-tayyor
mahsulot hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni boshqarish sohasida mehnat predmeti bо‗lib axborot
hisoblanadi; boshqaruv ishining obyekti bо‗lib odamlar, mehnat jamoasi va ishlab
chiqarish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar qatnashadi; boshqaruv ishining
natijasi bо‗lib esa boshqaruv qarorlarini tayyorlash uchun zarur ma‘lumotlar va
boshqaruv qarorlarining о‗zi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni boshqarish - murakkab kо‗p bо‗g‗inli tizim xisoblanadi.
Menejmentning tizimliligi kadrlar, boshqaruv organlari tuzilmasi, boshqaruv usullari va
jarayonlarining uyg‗un birligida, marketingda, turli boshqaruv bо‗g‗inlari faoliyatining
о‗zaro bog‗liqligida, boshqaruv funksiyalarining uyg‗un birligi va qabul qilinadigan
qarorlarning xususiyatida, ishlab chiqarishni boshqarish texnik-ishlab chiqarish,
iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy ta‘minotining о‗zaro bog‗liqligida namoyon bо‗ladi.
Yuqorida sanab о‗tilganlarning hammasini tashkil qilish lozim. Bu ishlab
chiqarishni boshqarish tashkilotining mohiyatini belgilaydi. Menejment tashkilotining
mohiyati quyidagi aspektlarda namoyon bо‗ladi:
- boshqaruv jarayonlarini tashkil kilish, ya‘ni boshqaruv funksiyalari, tuzilmasi,
usullari va jarayonlari, axborot oqimlari: ma‘lumotlarni qayta ishlash va uzatish,
boshqaruv qarorlarini asoslash tamoyillari va ularni bajarishni tashkil qilish
jarayonlarini tartibga solish; tashkiliy va hisoblash texnikasi tarkibini tanlash va h.k.;
- boshqaruv tizimi va boshqariluvchi tizim, topshiriqlar va ularning bajarilishini
nazorat qilish, boshqariluvchi obyektlarning faoliyatini tahlil qilish va baholash tizimi,
yaxshi natijalarga erishishni rag‗batlantirish shakllarining ratsional uyg‗unligini
ta‘minlash va h.k.;
- boshqaruvning turli tizimlari о‗rtasida mehnatning iyerarxik taqsimoti
shakllarini belgilash, ishlab chiqarish va bozor uyg‗unligi, davlat, jamoa, xususiy,
sohaviy va hududiy boshqaruv uyg‗unligi va h.k.
Ishlab chiqarishni boshqarishning asosi bо‗lib boshqaruv jarayoni hisoblanadi.
Jarayon-biron-bir bо‗g‗in doirasida yoki bо‗g‗inlar о‗rtasida kechishi mumkin bо‗lgan
harakatdan iborat.
Boshqaruv tizimlarida har xil ishlarni bajaruvchi turli tashkiliy bо‗limlar bо‗lib,
ularning uyg‗unligi menejment tashkilotining mohiyatini tashkil qiladi. Boshqacha
aytganda, boshqaruv ishlarining barcha turlari, boshqaruv obyektining butun faoliyatini
ilmiy asosda tashkil qilishi lozim. Menejment tashkiloti boshqaruv va ishlab
chiqarishning samaradorligiga jiddiy ta‘sir kо‗rsatadi.
Ishlab chiqarish menejmentining ilm-fan yutuqlariga asoslanib tashkil kilish
samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularni о‗z vaqtida bajarish; bozor
munosabatlariga о‗tish tajribasini aniqlash va tarqatish; bozor munosabatlari sharoitida
muvaffaqiyatli faoliyat kо‗rsatish; ishlab chiqarish, taqsimlash va iste‘mol qilishda zarar
kо‗rilishining oldini olish; boshqaruv jarayonida mehnatni tejashga imkoniyat yaratadi.
Ishlab chiqarishni boshqarish tashkiloti boshqaruvchi va boshqariluvchi
tizimlar, boshliq va uning qо‗l ostidagilar о‗rtasida ishlab chiqarish mahsuldorligining
muntazam oshib borishiga imkoniyat yaratadigan munosabatlar, о‗zaro hamkorlik va
aloqalar, boshqaruv texnikasi va texnologiyasi, mehnatni tashkil qilishning tuzilma va
shakllarini ishlab chiqishi lozim.
Ishlab chiqarishni boshqarishning maqsadi boshqaruvning barcha funksiyalari
о‗zaro kelishib faoliyat kо‗rsatishini ta‘minlashdan iborat. Ishlab chiqarish
menejmentining asosiy vazifasi esa unumli mehnat uchun qulay shart-sharoitlar
yaratish, shu bilan bir vaqtda boshqaruv jarayoni bilan bog‗liq sarf-xarajatlarni
qisqartirish va boshqaruv xodimlariga normal ish sharoitlarini yaratib berish
hisoblanadi.
Oddiy qilib aytganda, ishlab chiqarishni boshqarishning vazifasi boshqaruv
tizimining har bir bо‗g‗ini, boshqaruv apparatining har bir xodimi zarur vakolatlarga
ega bо‗lib, ularning doirasida ishlab chiqarishni boshqarishning butun javobgarligini о‗z
zimmasiga olishini ta‘minlashdan iboratdir. Boshqaruv apparati xodimlarining ishi
shunday tashkil qilinishi kerakki, har bir xodim о‗z ishi bilan shug‗ullanishi lozim.
Turmushning bu oddiy qoidasi bir vaqtning о‗zida ishlab chiqarishni boshqarishning
asosiy tamoyili hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti tо‗xtab qolishlarni yoqtirmaydi va sustkashliklarni
kechirmaydi. U ishlab chiqarishning yuqori sur‘ati va boshqaruvning mutlaqo yangi
usularini buyuradi. Biroq, butun kishilik tarixida insoniyat boshqaruv usullari, ya‘ni
kishilarga ta‘sir kо‗rsatish usullarining bir-biridan jiddiy farq qiluvch uch guruhini
ishlab chiqqanligini nazarda tutish lozim.
Usullarning birinchi guruhi - iyerarxiya bо‗lib, unda asosiy ta‘sir kо‗rsatish
vositasi rahbar-xodim munosabatlari, kishiga yuqoridan turib, majburlov yordamida
ta‘sir qilish (ma‘muriy usullar) hisoblanadi.
Ikkinchi guruh - bozor, ya‘ni mahsulot va xizmatlar oldi-sotdisi, mulkiy
munosabatlar, sotuvchi va xaridorning iqtisodiy va moddiy manfaatlariga asoslangan
teng huquqli gorizontal munosabatlar tizimi (iqtisodiy usullar).
Uchinchi guruh-madaniyat, xulq - atvor namunalari, ya‘ni jamiyat, tashkilot
tomonidan ishlab chiqiladigan va tan olinadigan, xulk atvorini uzgartirishiga majbur
qiladigan qonun-qoidalar, kadriyatlar, ijtimoiy normalar, xulq-atvor andozalari,
udumlar.
Iyerarxiya, bozor va madaniyat murakkab hodisalar ekanligini tushunib etish
muhimdir. Jonli, real xо‗jalik tizimlari va ijtimoiy tizimlarda ular deyarli har doim
mavjud bо‗ladi. Gap faqat ularning qaysi birini tanlash va ustun qо‗yish haqida boradi.
Bozor mustaqil huquqiy davlat mahsuli va xо‗jalik voqeligi sifatida
boshqaruvning asosiy vositasiga aylanib bormoqda. Aynan u jamiyatning xо‗jalik
yuritish tartibi mohiyatini belgilamoqda.
Iyerarxiya hech qachon о‗lmaydi va buzilmaydi. U ikkinchi planga chekinadi,
pastga-raqobatlashuvchi korxona va tashkilotlar pog‗onasiga tushadi va uning
foydaliligi bu yerda yana uzoq vaqt saqlanib qoladi. Korxonalarda boshqaruvning
byurokratik, mexanik tuzilma va tizimlari yanada uyg‗unroq, moslashuvchanroq,
byurokratiya ta‘siri nisbatan kam bо‗lgan tuzilma va tizimlarga о‗rin bushatadi.
Shu bilan bir vaqtda jamiyatda, bizning iqtisodiy, boshqaruvga oid
tafakkurimizda, psixolgiyada ulkan madaniy о‗zgarishlar rо‗y berishi lozim. Rahbarlar
va mehnatkashlarning ongini boshliqqa emas, iste‘molchiga, isrofgarchilikka emas,
foyda olishga, byurokratga emas, tadbirkorga, mulohazasiz ijrochiga emas, novatorga
qaratish zarur.
Bu sohada jiddiy olg‗a tashlash talab etiladi, chunki xalqaro biznes kо‗pchilik
uchun yangi ish hisoblanadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatda ishtirok yetayotgan qо‗shma
korxonalar soni yildan yilga ortib bormoqda va ularning barcha xodimlarini qisqa vaqt
ichida о‗qitib о‗rgatishning iloji yuq. Shunga qaramay, bu muammoni hal qilishning
qisqa yullarini qidirish ijodiy fikrlovchi kishilarning vazifasi hisoblanadi. Dunyo jadal
sur‘atlarda о‗zgarib borayotganiga shubha yuq. Yashab qolish uchun biz ham
о‗zgarishimiz lozim.
Ishlab chiqarishni boshqarish О‗zbekiston iqtisodiyotini barqaror va
mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam о‗rin egallash, shular asosida
izchil iqtisodiy о‗sishni ta‘minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada
oshirish borasidagi vazifalarni tо‗liq va samarali amalga oshirish eng avvalo
jamiyatimiz a‘zolari tomonidan ularning mazmun-mohiyatini teran va chuqur anglab
etilishini taqozo etadi.
Ishlab chiqarishni boshqarish bozor munosabatlariga о‗tish vositasi bо‗lib,
boshqaruv jarayonlarining mohiyatini belgilab beradi. Bozor munosabatlariga о‗tish
sharoitlarida muammolarning yangi progressiv texnik, iqtisodiy va ijtimoiy yechimlarini
ishlab chiqish, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlariga sifat о‗zgarishlarini
kiritishga bо‗lgan ye‘tiborni kuchaytirish zarur.
Bu vazifalarni amalga oshirish butun boshqaruv tizimining tashkilotini
о‗zgartirishni talab qiladi. Boshqaruvning axborot ta‘minotini о‗zgartirish, ilmiy-texnik
ma‘lumotlarning ahamiyatini oshirish lozim. Boshqaruv ma‘lumotlarini qayta ishlash,
uzatish, yig‗ish va saqlashning yangi texnik vositalari zarur. Qarorlarni tayyorlash,
qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat qilishda tubdan о‗zgarish yasash lozim.
Rahbar xodimlar va mutaxassislar ish jiddiy о‗zgargan holda tashkil yetishadi; ularga
korxona, aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvini tashkil qilishda tо‗la yerkinlik berilgan.
Tegishli ravishda kadrlarning kasbiy malakasiga bо‗lgan talablar ham о‗zgaradi,
shu bilan bir vaqtda boshqaruv organlari tuzilmasiga о‗zgartirishlar kiritiladi,
boshqaruvning funksiya va usullari о‗zgaradi.
Korxona va aksiyadorlik jamiyatlari marketing bо‗limlari va xizmatlarining ish
kо‗lami ortadi. Bozor ishlab chiqarish boshqaruvi bilan bog‗liq katta ish hajmini amalga
oshirishni talab qiladi.
Bozorni ilmiy tadqiq qilish va boshqaruvning tashkiliy tizimida mahsulotga
bо‗lgan talab va taklifni bashorat qilish ishlari nazarda tutilishi lozim.
Jamoani ijtimoiy rivojlantirishning kompleks dasturi masalasi, shu jumladan atrof
muhit ekologiyasi masalalari birinchi о‗ringa chiqadi. Boshqaruv qarorlarini qabul
qilishda rahbar xodimlar va mutaxassislarning mas‘uliyati ortadi. Bu ishlab chiqarish
boshqarishga qator о‗zgartirishlar kiritishni talab qiladi.
Eng avvalo birinchi navbatda muvofiqlashtirilishi lozim bо‗lgan qarorlar tarkibi
tartibga solinadi, qabul qilingan qarorlarning bajarilishi uchun javobgar bо‗lgan
funksional bо‗limlar va xodimlar aniq belgilanadi.
Turli bо‗g‗in rahbarlari qabul qiluvchi qarorlar doirasini aniq belgilab qо‗yishi
talab etiladi. Ayrim yuqori rahbarlar hanuz, markazlashtirilgan rejali tizimda bо‗lgani
singari, qо‗l ostidagilar uchun ham qaror qabul qilishda davom etmoqdalar, holbuki
korxonalar va aksiyadorlik jamiyatlariga xо‗jalik faoliyatini yuritishda tо‗la erkinlik
berilgan.
Iqtisodiy-matematik usul va hozirgi zamon hisoblash texnikasidan foydalanish
doirasining kengayishi bilan yangi axborot tizimlarini tashkil qilish, apparatning butun
ishini ratsionalizatsiya qilish tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
Ishlab chiqarishni boshqarishning tezkorligini oshirish boshqaruvning asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu axborotning о‗tishi, qarorlarni tayyorlash, asoslash,
qabul qilish va bajarish muddatlarini qisqartirishga bо‗lgan urinishdan dalolat beradi.
Ishlab chiqarishni boshqarishning tezkorligini oshirish maqsadida boshqaruv
organlari tuzilmasidagi pog‗onalar sonini qisqartirish, qarorlar qabul qilish jarayonidagi
kelishishlar sonini qisqartirish zarurati tug‗iladigan bо‗g‗inlarga qarorlar qabul qilishni
yaqinlashtirish lozim.
Boshqaruv jarayoni bilan bog‗liq sarf-xarajatlarni qisqartirish ham boshqaruvni
muhim vazifasi hisoblanadi. U eng avvalo axborot tizimini qayta qurish va hozirgi
zamon tashkiliy va hisoblash texnikasidan keng foydalanish yо‗li bilan ta‘minlanadi.
Og‗ir boshqaruv ishlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatizatsiyalashtirish, ish
joylarini tashkil qilish va ularga xizmat kо‗rsatish, ish vaqtidan tejamli foydalanish katta
ahamiyatga ega bо‗ladi.
Boshqaruv jarayonlarining о‗z vaqtida amalga oshirilishi boshqaruvni
samaradorligini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Har bir boshqaruv jarayoni qat‘iy
belgilangan
vaqtda,
boshqariluvchi
hajmning
holati
va
uning
rivojlanish
tendensiyalaridan kelib chiqib bajarilishi lozim.
Ishlab chiqarishni boshqarishni ilg‗or ijobiy о‗zgarishlarning tarqalishiga yо‗l
ochishi va salbiy о‗zgarishlarning oldini olishi zarur.
Boshqaruv sikllarini qisqartirish ishlab chiqarishning rivojlanishiga hal qiluvchi
ta‘sir kо‗rsatadi. G‗oya - ishlab chiqarish siklining qisqarishi tadqiq qilish,
loyihalashtirish va tajriba ishlarini amalga oshirish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish
va о‗zlashtirish jarayoni bilan bog‗liq bо‗ladi.
―Iste‘molchi-ishlab chiqarish‖ siklining qisqarishi yesa ―sotuvchi bozori‖dan
―iste‘molchi bozori‖ga о‗tilishi natijasida bozorni о‗rganish bilan bog‗liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |