1.3. Ishlab chiqarish menejmentini loyihalashtirish usullari
Ishlab chiqarish menejmentini takomillashtirish bо‗yicha ishlar bozor
munosabatlariga о‗tilayotgan bugungi kunda ayniqsa muntazam olib boriladi.
1. Bunda boshqa rivojlangan mamlakatlar yoki sanoat tarmoqlarining tajribasidan
foydalanishga harakat qilinadi. Bu ishlab chiqarish menejmenti tashkilotini
takomillashtirishni asoslashning tajriba usuli deb ataladi.
Tajriba usulining qо‗llanishi boshqa korxonalardagi shunday vazifalarning
yechimlarini о‗rganish va amalda yuzaga kelgan vaziyatning tahlili asosida о‗z
korxonasida о‗zgarishlar qilishni anglatadi.
2. Tashkiliy vazifalarning yechimini tayyorlash va asoslashning boshqa bir usuli
yekspert usulidir. Bu usul ham hal qilinuvchi vazifalarning mohiyatini yaxshi biluvchi
mutaxassislarning tajribasiga asoslanadi. Turli ekspertlardan aniq xulosalar olish uchun
sо‗rovnomalar tayyorlanadi va ularga tajribalarning har xil variantlari oldindan yozib
qо‗yiladi. Turli ekspertlarning xulosalari qayta ishlanadi va umumlashtirilgan natija
olinadi.
3. Alohida tashkiliy vazifalar (tashkiliy tuzilmalar, xodimlarning sonini
belgilash)ni hal qilish amaliyotida meyor usuli keng qо‗llanadi.
Tashkiliy vazifalarning yechimlarini asoslash uchun xizmat qila oladigan qator
meyorlar ishlab chiqilgan. Ular orasida boshqaruv normasi (rahbarlar va ularning qо‗l
ostidagi xodimlar sonining nisbati); namunaviy shtat rо‗yxatlari, ish joylarini tashkil
qilishning namunaviy loyihalari va boshqa normalar bor.
4. Tashkiliy yechimlarni asoslashda parametrik (omilga oid) usul muhim
ahamiyatga ega. Uning mohiyati boshqariluvchi о‗zaro bog‗liq obyekt va boshqaruvchi
tizimni tavsiflovchi о‗zaro bog‗liq bо‗lgan omillarni aniqlashdan iborat. Korxonalarning
guruhlari bо‗yicha о‗tkazilgan maxsus tadqiqotlarning ma‘lumotlariga kо‗ra obyekt
parametrlari (omillari) va boshqaruv subyektining miqdoriy nisbati haqidagi
materiallarga ishlov berish natijasida bog‗liqlik (funktsional yoki korrelyatsion) shakli
va bu bog‗liqliklarning miqdoriy ifodasi topiladi.
Bunda, odatda, boshqaruvchi tizimning ishiga 2-3 omilning ta‘sirini kо‗rsatuvchi
parametrik (omilga oid) bog‗liqliklar aniqlanadi.
5. Sо‗nggi yillarda boshqaruvni loyihalashtirish maqsadlari uchun matematik
modellashtirish usullari qо‗llanmoqda. Boshqaruv tashkiloti sohasida modellashtirish
usulini qо‗llash eng yaxshi yechimlarni ishlab chiqarish jarayonida yemas, balki
dastlabki hisob-kitoblar paytida topish imkonini beradiki, bu ishlab chiqarishdagi
kо‗pgina xato va yо‗qotishlarning oldini oladi.
Modellashtirish deganda tavsiflanuvchi real mavjud bо‗lgan obyekt (namunaviy
va nonamunaviy tizimlar, muhandislik qurilmalari)ning asosiy jihatlarini matematik
ramzlar, texnik-iqtisodiy kо‗rsatkichlar, grafiklar yoki plakatlar kо‗rinishida shartli
belgilash tushuniladi. Modellashtirish modeli modelda eksperiment о‗tkazish imkonini
beradi. Hozirgi kunda modellashtirish usuli, tizimli yondashuv vositasi sifatida, barcha
faoliyat sohalarida qо‗llaniladi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimni modellashtirish alohida asos
ma‘lumotlarni osongina о‗zgartirish, loyiha yoki boshqaruv qarorining turli variantlarini
kо‗rib chiqish va uning oqibatlarini oldindan kо‗rish imkonini beradi. Odatda,
boshqaruv tashkiloti modeli boshqaruv faoliyatining qaysidir bitta jihatini qamrab oladi.
Shuning uchun modellashtirish boshqaruv tashkilotini loyihalashtirishning xilma-xil
usullari о‗rnini tо‗liq bosa olmaydi.
Modellashtirishning marketing, matematik, grafik, aralash usullari farq qilinadi.
Modellashtirish obyektlari boshqaruv organlari tuzilmasi, boshqaruv organlari
funksiyalari, ma‘lumotlarni tо‗plash, uzatish, qayta ishlash va qaror qabul qilish
jarayonlari, ishlab chiqarish tuzilmasi, boshqaruv usullari, boshqaruv qarorlarini
tayyorlash, qabul qilish va ularning ijrosini tashkil yetish jarayoni, informatsion
aloqalar, bо‗limlar va mutaxassislarning ma‘muriy-huquqiy munosabatlari, odamlarning
ijtimoiy-ruxiy munosabatlari hisoblanadi.
6. Tahliliy hisob-kitob usuli ishlab chiqarish menejmenti tashkilotini
takomillashtirish maqsadlari uchun yeng maqbul usul hisoblanadi. U boshqaruv bо‗g‗ini
va tizimchasidan kelib chiqib, yuqorida sanab о‗tilgan usullaridan uyg‗unlikda
foydalanishni nazarda tutadi.
Tahliliy hisob-kitob usuli yerishilishi lozim bо‗lgan maqsadlarni aniq belgilash
asosiga quriladi. Ishlab chiqarish menejmenti tashkiloti qо‗yilgan maqsadlarga qisqa
vaqt ichida, kam sarf-xarajatlar bilan yerishish uchun qulay shart-sharoit yaratishi
lozim.
Ishlab chiqarish menejmentini loyihalashtirish va uni takomillashtirish jarayoni
odatda quyidagi bosqichlardan о‗tadi:
- Boshqaruv obyekti oldiga jamoa hal qilishi lozim bо‗lgan vazifalarni
belgilovchi maqsadni qо‗yish. Masalan, korxonani xususiylashtirish, yangi ishlab
chiqarish texnologiyasiga о‗tish, boshqaruv usullarini о‗zgartirish. Shu bilan bir vaqtda
boshqaruvchi tizim oldiga qо‗yiluvchi va umumiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan
maqsadlar belgilanadi.
- Loyihalashtirishning keyingi bosqichi ishlab chiqarishning holati va rivojlanish
tendentsiyalari, shu jumladan boshqaruv obyekti va boshqaruvchi tizimning tahlili
hisoblanadi. Xо‗jalik yuritish faoliyatini tahlil qilish jarayonida ijobiy tajriba va ishlab
chiqarish zaxiralari, ularning boshqaruvchi tizimga ta‘siri darajasi aniqlanadi.
Ishlab chiqarish-xо‗jalik yuritish faoliyati va mavjud boshqaruv tizimining tahlili
oldindan tuzilgan va boshqaruv obyekti direktori tomonidan tasdiqlangan taqvimiy ish
grafigiga kо‗ra о‗tkazilishi lozim. Tahlilni о‗tkazish uchun bu korxonaning xodimlarini
jalb qilish zarur. Korxona jamoasi bajariladigan ishlarning rejasi bilan tanishtirilishi
lozim.
Bu prinsipial ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish menejmentini takomillashtirish,
ayni davrdagi ahvolning tahlili, aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishda xodimlarning
ishtirok yetishi bu chora-tadbirlarni amalga oshirishni yengillashtiradi.
3.Maqsadlarni belgilash va tahlil о‗tkazishdan loyihalashtirish topshirig‗ini
tuzishga о‗tiladi. Uning mazmuni loyihani ishlab chiqish jarayonida hal qilinishi lozim
bо‗lgan asosiy vazifalar bilan belgilanadi.
Topshiriqda ishlab chiqarish menejmentini takomillashtirishning asosiy
yо‗nalishlari: tashkiliy tuzilma, axborot bilan ta‘minlash, boshqaruv qarorlarini qabul
qilish usullari va funksiyalari belgilanadi.
4.Sо‗ng ishlab chiqarish menejmentini takomillashtirishning tanlangan
yо‗nalishlari bо‗yicha chuqur tashkiliy-iqtisodiy tadqiqotlar о‗tkaziladi va boshqaruvni
loyihasi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish menejmentini takomillashtirish loyihasi о‗z
ifodasini topadigan asosiy hujjat ―Tadqiqot natijalari va belgilangan chora-tadbirlar
tо‗g‗risida hisobot‖ hisoblanadi.
5.Ishlab chiqarish menejmentini takomillashtirish loyihasining yakuniy bosqichi
ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi va bu ularning yuqori sifatini
kafolatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |