58
tanasi bo‘rtgan, butunlay yashirin sharoitlarda (masalan, tuproq ichida, ildizda) hayot
kechiruvchilarining tanasi juda bo‘rtgan bo‘ladi. Ular tanasi rangsiz, sariq, oqish yoki och
sariq.
G‘o‘zaga poliz shirasi, beda shirasi va katta g‘o‘za shirasi deyarli hamma zonalarda
shikast etkazadi. Ba’zan, g‘o‘zadagi shaftoli shirasi (Myzods persicae Sulz.) va so‘galdor
shira (Thrioaphistrifolii Men.) uchrashi ham mumkin.
Beda shirasi
– Aphis ceraccivora Koch. G‘o‘zaga katta zarar keltiradi. Shuningdek,
beda, akadiya va dukkakli ekinlarning muhim zararkunandasi hisoblanadi.
Xoldor shira
– Therioaphis trifolii Mon. Ba’zan bedada ko‘plab uchraydi, zararli. Bir
uyli. Bedadan tashqari boshqa dukkakli o‘simliklarda ham yashaydi. G‘o‘zaga ham o‘tishi
mumkin.
Ildiz shirasi
– Smynthurodes betae Westw. G‘o‘za ildizida ham ovqatlanadi; zararli.
Juda keng tarqalgan. Ildiz shirasining – Pemphigus fiscicornis Koch turi Ukrainada
lavlagining muhim zararkunandasi hisoblanadi.
YAshil no‘xat shirasi
– Acurthosiphon pisum Harr. YAshil no‘xatga katta zarar
etkazadi. Bir uyli. Juda, keng tarqalgan. Bedada maxsus formasi uchraydi. U beda katta
shirasi nomi bilan ham yuritiladi.
Karam shirasi
– Brevicorynebrassicae L. Karamga, ba’zan, boshqa butgullilarga katta
zarar keltiradi. Viruslar tarqatadi.
Lavlagi shirasi
–Aphis fabae Scop. Juda zararli hasharot turlaridan biri. Bular so‘rgan
barg burishadi, quriydi va ko‘pincha o‘simlikni nobud qilishgacha olib boradi.
Makkajo‘xori tukdor shirasi
– Rungsia maydis Pass. Makkajo‘xoridan tashqari
boshoqli o‘simliklarga ham zarar keltiradi.
Oq jo‘xori shirasi
–Rhopalosiphum maidis Fitch. Oq jo‘xori, arpa, makkajo‘xoriga,
ba’zan, qattiq zarar keltiradi. Barg va barg qo‘ltig‘ida yashab, shira so‘rib ovqatlanadi.
Boshoqlilar oddiy shirasi
– Schizaphis gramina Rond. Arpa, bug‘doy, makkajo‘xori,
oq jo‘xori, ayniqsa, sholiga zarar keltiradi.
Boshoqlilar katta shirasi
– Macrosiphum avenae F. Asosan, boshoqli ekinlarda
oziqlanib, donini aynitadi, hosilini kamaytiradi.
Arpa shirasi
– Brachycolus noxius Mordv. Ko‘proq arpa va ba’zan bug‘doyga zarar
etkazadi. Zararlangan barg uchi naysimon qayrilib qoladi. Bu zararkunandalar gulda va
boshoqda oziqlanadi.
Shaftoli shirasi –
Myzodes persicae Sulz. Bu tur oranjereya yoki tamaki shirasi nomi
bilan ham ataladi. SHaftoli barglarini zararlaydi. Tamaki, kartoshka, karam, ba’zan g‘o‘za,
oranjereyadagi o‘simliklarga zarar keltiradi.
Yashil olma shirasi
–Aphis pomi Deg. Olmazorlarda, ayniqsa, pitomniklarda zarar
keltiradi. Olma, behi, nok, do‘lana barglarida oziqlanadi. Ba’zan, o‘rik, shaftoli va
boshqalarda ham uchrashi mumkin.
Anor shirasi
– Aphis punicae Pass. Anorning barglarida, qisman mevasida shira so‘rib,
zarar keltiradi. Bir uyli. Anorzorlarda keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: