Sinov savollari:
Tabiat haqidagi tasavvurlar dastlab qaysi mamlakatlarda shakllangan?
Zuev tabiatshunoslikni o’qitish metokasining rivojlanishiga qanday hissa qo’shgan?
Boshlang’ich tabiatshunoslik ta‘limi to’g’risida K.D.Ushinskiyning pedagogik qarashlari qanday rol o’ynaydi?
Beruniy tabiatshunoslikda qanday kashfiyotlar qilgan?
Bobur tabiatshunoslikka doir qandayo tadqiqotlar olib borgan?
Ulug’bek tabiatshunoslik faniga qanday hissa qo’shgan?
Forobiyning tabiat haqidagi qarashlari nimadan iborat?
Belskaya ishlari O’zbekistonda tabiatshunoslikni o’qitishda qanday o’rin tutadi?
Tabiatshunoslikni o’qitishda Grigoryans ishlarining ahamiyati qanday?
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda tabiatshunoslikni o’qitilish holati haqida nimalar bilasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar:
Bahramov I., “Tabiatshunoslik.” Darsligi 3-sinf. T., 2012.
Bahramov I., “Tabiatshunoslik.” Darsligi 4-sinf. T., 2012.
Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o’qitish. T., 1992.
Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. T., 2005.
Pakulova V.M., Kuznetsova M.I. Metodika prepodavaniya prirodovedeniya. M., 1990.
I bob mavzulari yuzasidan sinov testlari:
1. O’zbekistonning boshlang’ich maktablarida nechanchi yildan 4 yillik boshlang’ich ta‘limga o’tildi?
A) 1999 B) 1997 C) 1995 D) 1986
2. O’zbekiston tabiatini aks ettiruvchi «Tabiatshunoslik» darsligi qachon, kim tomonidan yaratilgan?
A) Belskaya, 1961 y C) Valerianova, 1959 y
B) Belskaya, 1959 y D) Valerianova, 1961 y
3. O’zbek qomusiy olimi Beruniyning tabiatga bag’ishlangan buyuk asarlari berilgan qatorni belgilang?
A) «Minerologiya», «Geodeziya», «Hindiston», «Tabiat»
B) «Minerologiya», «Geodeziya», «Hindiston», «Tabiatda dorishunoslik»
C) «Minerologiya», «Geodeziya», «Hindiston», «Dorishunoslik»
D) «Geografiya», «Hindiston», «Tabiatda dorishunoslik»
4. 1-4 sinflar uchun «Kuzatish kundaliklari» birinchi marta qachon nashr etilgan?
A) Belskaya, 1961 y C) Valerianova, 1959 y
B) Belskaya, 1959 y D) Valerianova, 1961 y
5. Rus olimlaridan Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining birinchi metodisti kim?
A) Zuev C) Gerd
B) Belskaya D) Skatkin
6. Kuzatishlar, tajribalar, eksperimentlarga asoslangan o’qitishni qaysi metodist olim o’z asarlarida ta‘kidlagan?
A) Zuev C) Gerd
B) Belskaya D) Skatkin
7. O’zbekistonning boshlang’ich maktablarida «Atrofimizdagi olam» predmetini qachondan boshlab o’rganila boshlandi?
A) 1985 B) 1991 C) 1986 D) 1992
8. O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindistonning tabiiy geografik joylashishi, o’simlik va hayvonot dunyosi haqidagi mashhur biografik asar kim tomonidan yozilgan va qanday nomlanadi?
A) Bobur, «Boburnoma» C) Bobur «Xumoyunnoma»
B) Firdavsiy «SHohnoma» D) Gulxaniy «Sayoxatnoma»
9. Tabiatshunoslik bo’yicha o’zbek tilidagi birinchi adabiyot kim tomonidan yaratilgan va qanday nomlanadi?
A) Q.Niyoziy, 1919 y C) H.Niyoziy, 1985 y
B) Belskaya, 1918 y D) Grigoryans, 1986 y
10. Belskaya tahriri ostidagi rus va o’zbek tilidagi 2-sinf uchun «Tabiatshunoslik» darsligi nechanchi yil nashr qilindi?
A) 1971 y B) 1972 y C) 1974 y D) 1986 y
11. O’quv predmeti sifatida tabiiyotga asos solgan «Tabiiyot tarixining ko’rgazmalari» darsligi kim tomonidan qachon yozilgan?
A) Zuev, 1786 y C) Q.Niyoziy, 1786 y
B) Skatkin, 1886 y D) Belskaya, 1972 y
12. Mirzo Ulug’bekning tabiiyot ilmidagi eng buyuk asari qanday nomlanadi?
A) «Tib qonunlari» C) «Ziji Ko’ragoniy»
B) «Atrofimizdagi olam» D) «Tabiatshunoslik»
13. Tabiiy fanlar rivojiga hissa qo’shgan O’rta Osiyolik olimlar qaysi qatorda berilgan?
A) Beruniy, Ulug’bek, Forobiy, Xorazmiy
B) Beruniy, Grigoryans, Skatkin, Xorazmiy
C) Zuev, Gerd, Grigoryans, Skatkin
D) Grigoryans, Ulug’bek, Forobiy, Zuev
Do'stlaringiz bilan baham: |