Ixtisoslashuv. Mulkchilik shakllari, va korxonalar turi. Sug’oriladigan-yaylov chorvachiligi. Shahar atrofi qishloq xo’jaligi. O’simlikchilik. Ekin maydonlari tuzilishi. Yetakchi tarmoqlar, qoramolchilik, qoraqo’lchilik, ipakchilik. Sug’oriladigan tekislik, cho’l, yaylov, shahar atrofi mintaqalari qishloq xo’jaligining rivojlanish xususiyatlari. qishloq xo’jalik xom-ashyolarini qayta ishlash muammolari. Bozor munosabatlari sharoitida agrar majmuani rivojlanish. Shunday qilib O’zbekiston qishloq xo’jaligi chuqur islohotlarni boshida kechirmoqda. Qishloq xo’jaligida bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o’tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon (fermer) xo’jaliklari faoliyatini yo’lga qo’yish kabi muhim masalalar hal etilmoqda. Qishloq xo’jaligini tubdan isloh qilish bilan bog’liq o’nlarcha qonunlar qabul qilindi.
Qishloq xo’jaligining tarmoqlari geografiyasi:
Dehqonchilik tarmoqlari;
Chorvachilik tarmoqlari
O’zbekiston qishloq xo’jaligi turli xil geografik imkoniyatlarga ega bo’lgan mamlakatlarda yuritiladi. Shu jihatdan geografik olimlar tomonidan mamlakat hududi uchta zonaga bo’lingan:
1.Tog’ va tog’ oldi zonasi. Zona respublikaning 21,5 %ini o’tloqzorlar bor. Uning tog’ oldi qismi va xorikor yerlar bo’lib, unda g’alla va xashaki ekinlar ekish, bog’dorchilik, uzumchilikni rivojlantirish mumkin.
2. Sug’oriladigan zona. U mamlakat hududining 18 %ini qamrab oladi. Mazkur zona Farg’ona vodiysi, Chirchiq-Ohangoran, Zarafshon, Qashqadaryo vohalari, Surxan-Sherobod vodiysi, Amudaryoni o’z ichiga oladi. Mazkur sug’oriladigan zonda mamlakatning asosiy qishloq xo’jalik (Dehqonchilik mahsulotlari yetishtiriladi).
3.Cho’l-yaylov zonasi. Uning maydoni mamlakat hududining 60 %idan ko’proqdir. Bu zona mamlakatning qorako’l quylari boqiladigan istiqbolli zonasidir.
Dehqonchilik. U O’zbekiston qishloq xo’jaligning yetakchi tarmog’i. Dehqonchilikning qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotdagi hissasi 65-70 % ini tashkil qiladi. Mamlakat dehqonchiligi yaqin o’tmishda ekstensiv rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. Mirzacho’l, Qarshi, Jizzax, Surxon, Sherobod cho’llari o’zlashtirildi. Yirik-yirik irrigatsiya inshootlari, suv barpo qilindi. Natijada sug’orib dehqonchilik qilish miqyosi muntazam ortib bordi. Bu narsani tamomam sug’orib ekishga asoslanadigan paxta va boshqa ekin maydonlarining osishida ham ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |