Qishloq xo'jaligidagi bosh vazifa - ishlab chiqarishni intensivlashtirish, ya'ni ekinlar hosildorligini va chorvachilik mahsuldorligini oshirishdir. Yer va suv resurslari cheklanganini hisoobga olib, mamlakatimiz qishloq xo`jaligini rivojlantirishning yagona to`g`ri yo`li – qishloq xo`jaligini intensive rivojlantirish, yerlarning meleorativ holatini tubdan yaxshilassh, seleksiya ishlarini chuqurlashtirish, yuksak agrotexnologiyalarni joriy etish va suvdan oqilona foydalanishdan iborat.
Mamlakatimizda qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshib bormoqda. Jumladan, 2013-yilda bu ko`rsatkich 2000-yilga nisbatan 2,3 marta ko`paydi. Aytish kerakki, izchil yuqori o`sish sur`atlari barobarida, yalpi ichki mahsulot hajmida qishloq xo`jalik mahsulotlari ulushining kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Masalan, 2000-yilda bu `korsatkich 30,1 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2013-yilda faqatgina 16,8 foizni tashkil etdi. Bu mamlakatimiz iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishidagi ijobiy o`zgarishlarning, ya`ni agrar respublikadan izchil ravishda sanoati rivojlangan industrial davlatga aylanayotgani alomati deya faxrlanmog`imiz darkor.
Mamlakatimizda tabiat mintaqalari aksariyat mamlakatlardagidan farq qilib, shimoldan janubga emas, balki g'arbdan sharqqa, ya'ni tekislikdan tog'larga tomon o'zgaradi. Shunga muvofiq, qishloq xo'jaligining ixtisoslashishi ham cho'l, adir, tog', yaylov mintaqalari bo'yicha bir-biridan farqlanadi. Paxta faqat sug'orish mumkin bo'lgan obikor yerlarda yetishtiriladi. Shuningdek, donli ekinlar bilan poliz ekinlarining ham talay qismi sug'oriladigan maydonlarda yetishtiriladi.
Mamlakatimizda eng katta sug'oriladigan yerlar Farg'ona vodiysi, Mirzacho'l, Qashqadaryo viloyati, Zarafshon vodiysi hamda Xorazm vohasidadir. Vodiy hamda vohalarda pillachilik, uzumchilik, bog'dorchilik va polizchilik bilan shug'ullaniladi.
Cho'llarda qo'ychilik va tuya boqish rivojlangan. Ular qish va bahorda cho'llarda, yozda esa tog' yaylovlariga haydab boqiladi, kuzda yana cho'lga qaytarib kelinadi. Sanoat ishlab chiqarishi to'plangan yerlarda, shaharlar tevaragida shahar atrofi qishloq xo'jaligi tarkib topadi. Bunday xo'jaliklarda shahar aholisini yangi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash uchun sabzavot, mevalar yetishtiriladi, qoramol, parranda boqiladi, hovuzlarda baliq urchitiladi.
Qishloq xo'jalik yuritishning yangi tashkiliy shakllari: qishloq xo'jalik korxonasi - tasarrufida xo'jalik maqsadlarida foydalana oladigan yeri bo'lgan, ziroatchilik, chorvachilik huquqiga ega bo'lgan korxona;
Fermer xo'jaligi - uzoq muddat (30-50 yil)ga ijaraga olingan yerda qishloq xo'jalik xomashyosi ishlab chiqaruvchi yuridik huquqqa ega tovar xo'jaligi;
Mamlakat qishloq xo’jaligi intensiv rivojlangan, texnikalashgan, dehqonchik madaniyatni yuksak darajaga ko’targan ixtisoslashtirishni ichki geografik rayonlararo to’g’ri yo’lga qo’ygan va chuqurlashtirgandir. Biroq O’zbekiston qishloq xo’jaligi yaqin o’tmishda asosan bir tomonlama rivojlantirilgan edi, “O’zbekiston mamlakatning asosiy paxta bazasi shiori amalda edi. Ya’ni, qishloq xo’jaligida bittagina o’zak soha bor edi. U ham bo’lsa paxta edi. Qishloq xo’jaligidagi islohotlar. Yangi turdagi agrar munosabatlarning shakllanishi. Tabiiy resurs zamini. yer fondi va uning tuzilishi. qishloq xo’jalikni rivojlanish darajasi va uning tarmoq tuzilishi. Ko’p tarmoqlarning barakasiz (ekstensiv) xarakteri.
Do'stlaringiz bilan baham: |