O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus


Hayotda uchraydigan tasodifiy vaziyatlar



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/105
Sana22.03.2022
Hajmi1,38 Mb.
#505974
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105
Bog'liq
BOLALARNI NUTQINI O‘STIRISH.Babayeva

Hayotda uchraydigan tasodifiy vaziyatlar. 


Bolalarning bunday sharoitda telefondan foydalanish qonun-qoidalarini, tanish va 
qadrdon insonlarning telefon raqamlarini bilishlariga erishish. Bu holatlar 
bolalarga tasodifiy vaziyatlarda bola nimadandir va kimdandir qo’rqqanida kerak 
bo’lib qolishini tushuntirish. Pedagoglar bolalarga telefon bilan o’ynashni 
tasodifan telefon qilishdan farqlashga o’rgatish. Haqiqiy telefon orqali 
so’zlashishni maxsus treninglar jarayonida mustahkamlash va ota-onalar bilan 
hamkorlikda ish olib borish. 
Bolalar o’rtasidagi keskin vaziyatlar va kelishmovchiliklar

Pedagogning asosiy vazifasi–bolalarga muammoli vaziyatlardan tinchgina chiqib 
ketish usullarini o’rgatishdan iborat. 
Bunday vaqtda pedagog bolalarga kelishmovchilikdan quyidagicha chiqib ketish 
yo’llarini: 
-
kelishmovchilik vaziyatini keltirib chiqaruvchi muammoni aniq 
ifodalashga o’rgatish; 
-
har bir tarafga muammoni izohsiz еchish imkoniyatini yaratish; 
-
qarshiliklarsiz to’g’ri xulosa chiqarishga intilishni taklif etishi mumkin. 
Nutq bolalarning tevarak-atrof go’zalligini ifoda etish vositasi bo’lib qolgandagina 
kutilgan natijaga erishish mumkin.
Bolalarning nutqini rivojlantirish, gap tuzish va ertaklarni kelgan joyidan davom 
ettirishni o’rgatishda piktogrammalardan foydalanish yaxshi natijalar beradi. 
Tevarak-atrofni o’rganish jarayoni bola tafakkurini rivojlantirishda boshqa hech 
narsa bilan almashtirish mumkin bo’lmagan hissiy rag’batlantirishga sabab bo’ladi. 
Bunday rag’batlanish bog’cha yoshidagi katta bolalar tarbiyasida muhim 
ahamiyatga ega. Chunki tevarak-atrof predmentlar, voqeliklar asosida tug’iladigan 
hissiyot bola tafakkurida rivojlanib, uning tiliga, jonli ifodaga ko’chadi. Shuning 
uchun ham bolaning tevarak-atrofdagi voqelikni bilib borishi, uning go’zalligini 
bitmas-tuganmas murakkabliklarini his etishi, ijtimoiy munosabatlar va kattalar 
dunyosiga kirib borishi, uning har tomonlama kamol topishi bilan birga
bog’lanishli nutqining ham boyib, shakllanib borishga olib keladi. Zero, bolalik 
dunyoni zavqlanib, xissiyotlarga to’lib idrok etishi, uni kashf etish bilan uyg’undir. 


Ma’lumki, pedagogik texnologiya deganda o’quv-tarbiya jarayonini oldindan 
ma’lum tizimda uzviy loyihalash, ma’lum pedagogik tizimning hayotda amalga 
oshiriladigan loyhasi, qurilishi degan ma’no tushuniladi. Shu nuqtai nazardan 
qaraganda maktabgacha yoshdagi bolalarda bog’lanishli nutqini rivojlantirish ham 
ma’lum pedagogik tizimning loyhasidir. Ya’ni bolalarda bog’lanishli nutqini 
rivojlantirish maqsadi, mazmuni, tarbiya metodlari, shakllari va vositalari 
ifodalangan bir butun tizim texnologiyasidir.
Biz hozirgi davr talabi darajasida maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini 
o’stirishning bir butun tizimi, mazmuni, o’ziga xos xususiyatlarini aniqlab chiqdik, 
hamda eng yangi talablar darajasida uni amalga oshirish metodlari, shakllari va 
vositalari texnalogiyasini ishlab chiqdik. 
Bog’lanishli nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq, ya’ni bolalar bilan 
so’zlashishdir. So’zlashish og’zaki nutqining eng oddiy shakli bo’lib, unda bola 
o’zini tutishi, ko’z qarashi, xatti-harakati,ovozning past-palandligi, tezligi kabi 
holatlar hisobga olinadi. So’zlashish – dialogik nutq, asosan kattalar yordamida 
amalga oshiriladi.va u ayniqsa, tevarak-atrofni bilish jarayonida yaxshi natijalar 
beradi. Jumladan, jamoat joylarida, ko’pchilik o’rtasida madaniyatiga rioya etishga 
e’tibor qaratiladi. 
Bunda bir-birining nutqini to’ldirib borishi, tuzatishlar kiritish, so’rash, so’rab bilib 
olish dialogik nutqqa o’rgatishning usullari sanaladi. 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish