Hayotda uchraydigan tasodifiy vaziyatlar.
Bolalarning bunday sharoitda telefondan foydalanish qonun-qoidalarini, tanish va qadrdon insonlarning telefon raqamlarini bilishlariga erishish. Bu holatlar bolalarga tasodifiy vaziyatlarda bola nimadandir va kimdandir qo’rqqanida kerak bo’lib qolishini tushuntirish. Pedagoglar bolalarga telefon bilan o’ynashni tasodifan telefon qilishdan farqlashga o’rgatish. Haqiqiy telefon orqali so’zlashishni maxsus treninglar jarayonida mustahkamlash va ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borish.
Bolalar o’rtasidagi keskin vaziyatlar va kelishmovchiliklar.
Pedagogning asosiy vazifasi–bolalarga muammoli vaziyatlardan tinchgina chiqib ketish usullarini o’rgatishdan iborat.
Bunday vaqtda pedagog bolalarga kelishmovchilikdan quyidagicha chiqib ketish yo’llarini:
kelishmovchilik vaziyatini keltirib chiqaruvchi muammoni aniq ifodalashga o’rgatish;
har bir tarafga muammoni izohsiz еchish imkoniyatini yaratish;
qarshiliklarsiz to’g’ri xulosa chiqarishga intilishni taklif etishi mumkin. Nutq bolalarning tevarak-atrof go’zalligini ifoda etish vositasi bo’lib qolgandagina kutilgan natijaga erishish mumkin.
Bolalarning nutqini rivojlantirish, gap tuzish va ertaklarni kelgan joyidan davom ettirishni o’rgatishda piktogrammalardan foydalanish yaxshi natijalar beradi.
Tevarak-atrofni o’rganish jarayoni bola tafakkurini rivojlantirishda boshqa hech narsa bilan almashtirish mumkin bo’lmagan hissiy rag’batlantirishga sabab bo’ladi. Bunday rag’batlanish bog’cha yoshidagi katta bolalar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Chunki tevarak-atrof predmentlar, voqeliklar asosida tug’iladigan hissiyot bola tafakkurida rivojlanib, uning tiliga, jonli ifodaga ko’chadi. Shuning uchun ham bolaning tevarak-atrofdagi voqelikni bilib borishi, uning go’zalligini bitmas-tuganmas murakkabliklarini his etishi, ijtimoiy munosabatlar va kattalar dunyosiga kirib borishi, uning har tomonlama kamol topishi bilan birga, bog’lanishli nutqining ham boyib, shakllanib borishga olib keladi. Zero, bolalik dunyoni zavqlanib, xissiyotlarga to’lib idrok etishi, uni kashf etish bilan uyg’undir.
Ma’lumki, pedagogik texnologiya deganda o’quv-tarbiya jarayonini oldindan ma’lum tizimda uzviy loyihalash, ma’lum pedagogik tizimning hayotda amalga oshiriladigan loyhasi, qurilishi degan ma’no tushuniladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda maktabgacha yoshdagi bolalarda bog’lanishli nutqini rivojlantirish ham ma’lum pedagogik tizimning loyhasidir. Ya’ni bolalarda bog’lanishli nutqini rivojlantirish maqsadi, mazmuni, tarbiya metodlari, shakllari va vositalari ifodalangan bir butun tizim texnologiyasidir.
Biz hozirgi davr talabi darajasida maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning bir butun tizimi, mazmuni, o’ziga xos xususiyatlarini aniqlab chiqdik, hamda eng yangi talablar darajasida uni amalga oshirish metodlari, shakllari va vositalari texnalogiyasini ishlab chiqdik.
Bog’lanishli nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq, ya’ni bolalar bilan so’zlashishdir. So’zlashish og’zaki nutqining eng oddiy shakli bo’lib, unda bola o’zini tutishi, ko’z qarashi, xatti-harakati,ovozning past-palandligi, tezligi kabi holatlar hisobga olinadi. So’zlashish – dialogik nutq, asosan kattalar yordamida amalga oshiriladi.va u ayniqsa, tevarak-atrofni bilish jarayonida yaxshi natijalar beradi. Jumladan, jamoat joylarida, ko’pchilik o’rtasida madaniyatiga rioya etishga e’tibor qaratiladi.
Bunda bir-birining nutqini to’ldirib borishi, tuzatishlar kiritish, so’rash, so’rab bilib olish dialogik nutqqa o’rgatishning usullari sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |