«Sen ta’rifla, men topaman».
Didaktik vazifa - Kattalarning savollariga narsaning harakterli belgisini ajratib va nomini aytib javob berish.
O’yin harakati – Kattalarga topishmoqni aytish.
O’yin qoidasi – Ta’riflanayotgan narsaning nomini aytish mumkin emas.
Tarbiyachining savollariga aniq va to’g’ri javob berish.
Jixozlash – Sabzavot va mevalarni stol ustiga qo’yiladi. Tarbiyachi stulini o’simliklar ko’rinmaydigan qilib qo’yiladi.
O’yinning borishi – Tarbiyachi bolalarga stol ustidagi sabzavotlardan bittasini tanlang. Men sizdan uning qandayligini so’rayman. Siz javob berasiz. Faqat uning nomini aytmang. Sizlarning javoblaringizdan men uni topishga harakat qilaman, deydi. Keyin tartib bilan tarbiyachi savol beradi: «Shakli qanday?, hamma tomoni shardek dumaloqmi?, chuqurchasi bormi?, rangi qanday?» va boshqa.
Bolalar savollarga to’la javob berishadi. Bolalar narsaning xarakterli belgilari haqida gapirib berganlaridan keyin tarbiyachi topishmoqni topadi.
Ma’lumki muloqat ikki shaklda-erkin va maxsus tayyorlangan mashg’ulotlarda amalga oshiriladi. Kundalik hayot va taassurotlar asosida uyushtiriladigan muloqat erkin muloqot bo’lib, yo’l-yo’lakay o’tkazilsa-da, bola nutqining ifodali bo’lishiga yordam beradi, ularda jumlalarni grammatik jihatdan to’g’ri tuzishi malakalarining paydo bo’lishiga so’z zahirasining boyishiga olib keladi. Shu bilan bog’lanishli nutq malakasining o’zlashtirilishiga zamin bo’ladi. Bolalarda ko’proq guruh bilan qilingan sayrlarda tevarak-atrofni kuzatib, tarbiyachisi va do’stlari bilan so’zlashadi, uyda esa oila a’zolari bilan muloqat natijasida bog’lanishli nutqini shakllana boradi.
Maxsus tayyorlanadigan muloqatlar esa dastur asosida muayyan mavzular bo’yicha uyushtirililadi.
Masalan, maxsus tayyorlangan suhbatlar quydagicha tuziladi: dastlab mavzu belgilanadi, uning maqsadi, vositalari, aniqlanadi, savollar tuziladi. Lekin bularning har biri Nimaga? Nima uchun? Namadan? Qanday qilib kabi izlanuvchi va muammoli savollar tarzida bo’lishi zarur. Shu bilan birga, savollar, umumlashtiruvchi xarakter kasb etishi ham mumkin.
Xulosa:
Muloqot ikki shaklda – erkin va maxsus tayyorlangan mashg’ulotlarda amalga oshiriladi. Kundalik hayot va taassurotlar asosida uyushtiriladigan muloqot erkin muloqot bo’lib, yo’l-yo’lakay o’tkazilsa-da, bola nutqining ifodali bo’lishiga yordam beradi, ularda jumlalarni grammatik jihatdan to’g’ri tuzish malakalarining paydo bo’lishiga, so’z zahirasining boyishiga olib keladi. Shu bilan nutq malakasining o’zlashtirilishiga zamin bo’ladi. Bolalar ko’proq guruh bilan qilingan sayrlarda tevarak-atrofni kuzatib, tarbiyachi va do’stlari bilan so’zlashadi, uyda esa oila a’zolari bilan muloqot natijasida nutqi shakllana boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |