Buxgalteriya balansining va uning tuzilishi
Buxgalteriya balansida aks ettirilishi lozim bo‘lgan axborotlar
Nomoddiy aktivlar;
Moliyaviy aktivlar;
Moddiy aktivlar;
Zaxiralar;
Debitorlik qarzi;
Pul mablag‘i va pul ekvivalentlari;
Kreditorlik qarzi;
Ajratmalar;
Foiz to‘lashni talab qiluvchi majburiyatlar;
Xususiy kapital va zaxiralar.
Balansga beriladigan ilovada quyidagilarni yoritib beriladi:
Aksiyadorlik kapitalining har bir toifasi bo‘yicha:
E'lon qilingan aksiyalar soni;
Chiqarilgan, haqi to‘la to‘langan, chiqarilgan aksiyalar soni;
Aksiyalarning nominal qiymati;
Yilning boshida va oxirida haqi to‘lanmagan aksiyalar sonining kamayishi;
Aksiyadorlik kapitalining har bir toifasiga taalluqli huquqlar, dividendlarni taqsimlash;
Jamiyatning o‘ziga, xo‘jalik yurituvchi sub'ektga qarashli sho‘'ba va uyushgan jamiyatlariga tegishli aksiyalar;
Xususiy kapitaldagi zaxiralar mohiyati va maqsadlari bayoni.
Majburiyatlarda aksiyadorlar yig‘ilishida rasman ma'qullanmagan dividendlarni (daromad) to‘lash uchun summalarning mavjudligi.
XULOSA.
Demak xulosa qilib shuni aytish mumkinki yangi xo’jalik yuritish sharoitida korxonalar faoliyatini nazorat qilish va uni takomillashtirishda buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan faol foydalanish zaruriyati kelib chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya balansi va hisobchi mutaxassislarning roli beqiyosdir. Bu esa iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi o’z navbatida mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirib uni xalqaro me’yorlar va standartlarga moslashtirib borishni taqozo qiladi.
Buxgalteriya balansi va uning tuzilishi – bu ichki boshqaruv va tashqi iste’molchilar uchun joriy, yakuniy ma’lumotlarni tayyorlash, taqdim qilish maqsadida ularga uzluksiz hamda o‘zaro bog‘liq kuzatishlar, o‘lchovlar, ro‘yxatga olish, ma’lumotlarni qayta ishlash va korxonalar, birlashmalar, muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish tizimidir.
Shu bilan birga bu fan boshqa mamlakatlar buxgalteriya hisobini yuritish usullarining ilg‘or shakllarini iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish yo‘llarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etishga tavsiya etadi.
Kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida ham iqtisodiyotdagi hisob turlariga talab mavjud bo‘lgan. Chunki xalq xo‘jalik hisobi insoniyat uchun zarur bo‘lgan iste’mol buyumlari, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalarni ishlab chiqarish, taqsimlashni hisobga olish demakdir. Har bir jamiyatning ham asosiy maqsadi zaruriy buyumlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlashdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun kishilar ijtimoiy hayotida sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni kuzatish, jamiyatda mavjud bo‘lgan mehnat buyumlari, mehnat qurollarini, hamda mehnat jarayonlarini hisobga olib borish zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |