Operatsiya
|
Aktiv RM
|
|
Passiv RM
|
|
Xususiy kapital
|
A
|
+20,000
|
=
|
0
|
+
|
+20,000
|
V
|
+2,500-2,500
|
=
|
0
|
+
|
0
|
S
|
-350
|
=
|
0
|
+
|
-350
|
D
|
0
|
=
|
+120
|
+
|
-120
|
E
|
+300
|
=
|
0
|
+
|
+300
|
F
|
+180
|
=
|
0
|
+
|
+180
|
G
|
-70
|
=
|
0
|
+
|
-70
|
Buxgalteriya balansi turlari
Buxgalteriya balansining har xil turlari mavjud bo‘lib, ular quyidagi belgilari bo‘yicha tavsiflanadi ( 4 -chizmaga qarang).:
tuzilish vaqtiga ko‘ra;
axborot hajmiga ko‘ra;
mulkchilik shakliga ko‘ra;
aks ettirish obyektiga ko‘ra;
tozalash usuliga ko‘ra.
Buxgalteriya balansi turlari
Tuzilish sanasiga ko‘ra
1.Kirish (ta’sis) balansi;
2.Boshlang’ich balans;
3.Hisobot balansi;
4.Tugatish balansi;
5.Birlashtirish va ajratish balansi.
Ma’lumotlarni jamlashiga ko‘ra
1.Yig’ma balans;
2.Alohida balans;
3.Konsalidatsiyalashtirilgan balansi.
Subyektlar mulkchilik ko‘ra
Ma’lumotlarni jamlash sikllariga ko‘ra
Tozalash usuliga ko‘ra
1.Davlat byudjeti muassasalari balansi;
2.Xo’jalik yurituvchi subyektlar balansi.
1.Sinov balansi;
2.Tuzatilgan sinov balansi;
3.Yakuniy balans.
1.Brutto-balans;
2.Netto-balans.
Tuzilish vaqtiga ko‘ra buxgalteriya balanslari kirish, joriy, tugatish, bo‘linish va birlashtirish balanslariga bo‘linadi.
Kirish balansi korxonaning tashkil topish paytida tuziladi. U korxona o‘z faoliyatini boshlayotgan boyliklar summasini belgilaydi. Kirish balansida ustav kapitali ta'sis hujjatlari bo‘yicha va unga doir badallar pul mablag‘lari, boshqa mol-mulk ko‘rinishida aks ettiriladi va hokazo.
Joriy balanslar korxona qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda vaqti-vaqti bilan tuzilib turiladi. (Oylik, choraklik, yarim yillik, yillik).
Tugatish balansi korxona faoliyatini tugatish sanasida mol-mulk va uning manbalari holatini tavsiflash uchun tuziladi. Tugatish balansi asosida tugatish komissiyasi korxonaning tugatilish paytidagi kreditorlik va debitorlik qarzlari summasini belgilaydi, so‘ngra kreditorlar bilan hisob-kitob qiladi, keyin korxonani tashkil etish chog‘ida muassislar tomonidan ustav kapitaliga kiritilgan badallarni qaytaradi. So‘ngra korxona mol-mulkining qolganini uning muassislari o‘rtasida taqsimlaydi, ya'ni barcha uzil-kesil hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Tugatish balansida xo‘jalik subyektining aktivlari tugatish komissiyasi bahosida, ya'ni ular sotilishi mumkin bo‘lgan bahoda aks ettiriladi. Olinishi umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi.
Bo‘lish (ajratish) balanslari yirik korxonaning bir necha mayda korxonalarga bo‘linish vaqtiga yoki shu korxonaning bir yoxud bir necha tarkibiy bo‘linmasini boshqa korxonaga berish vaqtiga tuziladi. Ba'zi hollarda bu balans berish balansi ham deb yuritiladi.
Birlashtirish balansi bir necha korxonalar bitta balansga birlashganida tuziladi.
Axborot hajmi bo‘yicha balanslar bir martalik va yig‘ma balanslarga bo‘linadi.
Bir martalik balans faqat bitta korxona bo‘yicha joriy hisob asosida tuziladi.
Yig‘ma balans bir martalik balanslar asosida tuziladi va birlashmalar (vazirliklar, firmalar, aksiyadorlik jamiyatlari va shu kabilar)ning xo‘jalik mablag‘larini aks ettiradi.
Mulkchilik shakliga ko‘ra davlat, kooperativ, o‘z, aralash va qo‘shma korxonalar, shuningdek, jamoat tashkilotlari balanslari farq qiladi,
Aks ettirish obyektiga ko‘ra balanslar mustaqil va alohida balansga ajratiladi.
Mustakil balansni yuridik shaxs bo‘lgan korxonalar tuzadi.
Alohida balansni korxonaning tarkibiy bo‘linmalari (filiallar, sexlar, korxonaning avtotransport va turar-joy hamda kommunal xo‘jaliklari) tuzadi.
Tozalash usuliga ko‘ra balanslar brutto-balans va netto-balanslarga bo‘linadi.
Brutto-balans — tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oluvchi balansdir. "Asosiy vositalarning eskirishi", "Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi", "Sotib olingan xususiy aksiyalar" singari tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oladi.
Netto-balans — qiymatidan tartibga soluvchi moddalar summasi chegirilgan balans bo‘lib, bunga tozalash deyiladi. O‘zbekistondagi barcha korxonalar netto-balans tuzadi (1993 yildan boshlab), ya'ni balans yakuniga asosiy vositalar, arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlarning qoldiq qiymatda, qayta sotiladigan tovarlar esa tannarxi bo‘yicha kiritiladi.
Balansga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:
balansning to‘g‘riligi;
balansning realligi;
balansning yaxlitligi;
balansning izchilligi;
balansning tushunarliligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |