22
«Ertak toqiymiz»
Maqsad: Bolalarda xotirani, ijodiy tafakkorni, tasavvorni rivojlantirish va qol matorikasini yaxshilash.
Korsatma: Bola bir butun matnlarni eslab qolishi va qayta esga tushirish malakasini ham ozlashtirishi lozim. Shu sababli bolaga 4-5 asosiy epizoddan iborat qisqa hikoya va ertak oqib beriladi hamda uni takrorlab berishi soraladi. Bolalar eshitganlarini behato takrorlab berishga kop hollarda qiynaladilar. Bola eshitganini yozib ololmaydi, shu sababli unga ertakni suratlar orqali eslab qolishni taklif etish kerak. Avvaldan tayyorlangan qogoz varagiga kvadrat chiziladi va ertak boshi eslanadi. Masalan, ertak boshida qizcha uydan chiqqani aytilgan, shu kvadratga uycha va qizcha rasmini chizish bilan voqea boshini tasvirlasa boladi. Song yana bitta kvadrat chiziladi va boladan ertakning davomini eslash soraladi. Shu holatni 2-3 belgi bilan tasvirlash soraladi va shu tariqa ertakning qolgan voqealarini ketma-ket davom ettirish imkoni yaratiladi. Oyin va mashqlar sekin-asta murakkablasha borib, fonematik idrokni, talaffuz malakasini, eshituv diqqatini, verbal (nutqiy) xotirani, artikulyatsion motorikani rivojlantirishga yonaltiradi. Quyida tovushlarni togri talaffuz qilish, uning yozuvdagi ifodasini taniy olish hamda ushbu tovushlarning sozlardagi qollanilish orinlarini orgatishga doir namunalar keltirildi:
1. Rasmlarda tasvirlangan ayiq, tarvuz, olma kabi sozlardagi A
tovushining ornini aniqlash.
2. A tovushi ishtirok etgan sozlarni eslash va ularni aniqlash.
3. Barmoqlar bilan harflarni hosil qilish.
4. Qalam, sanoq chop yoki kesmalardan harflarni hosil qilish.
5. Tebranish mashqi. A tovushini ovozni kotarib, pasaytirib kuylash.
6. A tovushi qatnashgan sozlardan gap tuzish (rasmlar asosida).
7. Nuqtalarni birlashtirish va harflarning nomini aytish.
8. A hamda shu kabi harflarning ichini boyash.
9. Chapak, qalam, paxta kabi sozlarni boginga bolish.
10. Klaster metodi orqali A hamda shu kabi harflarni
tarmoqlantirish.
11.L harfini yasash uchun nechta kubikdan foydalanilgan? Ushbu
kubiklarni har xil rangga boyang.
12.Berilgan geometrik shakllarning nomlarini ayting. Kvadrat shaklini
qora, uchburchak shaklini qizil, kub shaklini yashil, tortburchakni sariq, shar
shaklini havorangga boyang.
13.Shakllarni 2, 4, 6 va 8 ta teng bolaqlarga boling.
Mashgulotlar bolaning bilishga doir psixik jarayonlari: diqqat, tafakkur, idrok, tasavvur, xotira, shuningdek,oqish, yozishga doir malaka va konikmalarini boyitib
23
borish kabi aqliy imkoniyatlarining talim talablariga munosib tabiiy shakl, oyinlar yordamida rivojlantirib borishini taminlaydi.Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy qobiliyatlarini ostirish maqsadida qiziqarli matematik oyinlar, mantiqiy masalalar va mashqlar berib, bosh qotirmalar, mantiqiy tafakkurini rivojlantiruvchi topshiriqlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Interfaol talim talim oluvchilarning muloqot olib borish boyicha konikma va malakalarini rivojlantiradi, ular orasida emotsional aloqalar ornatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, oz ortoqlarining fikrini tinglashga orgatish, mustaqil fikrlashga orgatish orqali tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini taminlaydi.Inson savodxonligi uning kelajak hayotining sifati darajasini belgilaydi va bugungi dunyoning jadal texnik yuksalish davrida muvaffaqiyatli faoliyat olib borish imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |