Ayni paytda, 1990-yil 11-sentabrda RSFSR Oliy Sovetining II sessiyasi S.Shatalinning «500 kun» Dasturini qabul qildi. Dastur fuqarolarning mulkka egalik huquqini, iqtisodiy mustaqillikni, erkin iste'mol bozori va unda erkin narxni joriy etishni, korxonalarga mustaqil iqtisodiy faoliyat huquqini berishni, ittifoqdosh respublikalarning mutlaq suvereniteti, aholi turmush darajasini pasaytirmaslikni ko`zda tutar edi. - Ayni paytda, 1990-yil 11-sentabrda RSFSR Oliy Sovetining II sessiyasi S.Shatalinning «500 kun» Dasturini qabul qildi. Dastur fuqarolarning mulkka egalik huquqini, iqtisodiy mustaqillikni, erkin iste'mol bozori va unda erkin narxni joriy etishni, korxonalarga mustaqil iqtisodiy faoliyat huquqini berishni, ittifoqdosh respublikalarning mutlaq suvereniteti, aholi turmush darajasini pasaytirmaslikni ko`zda tutar edi.
- Shunga qajamasdan, SSSR Oliy Soveti 1990-yil 21-sentabrdagi IV sessiyasida har ikkala Dasturni ham qabul qilmadi. 1990-yil 24-sentabrda sessiya «Xalq xo`jaligini barqarorlashtirishning kechiktirib bo`lmaydigan vazifalari»ni muhokama qilib, Hukumat Dasturi va S.Shatalin Dasturidan iborat Yagona Dastur ishlab chiqishni topshirdi. 1990-yil 18-oktabrda sessiya: «Bozor iqtisodiyotiga o`tish jahon amaliyotidan kelib chiqqan zarurat, ammo u iqtisodiyotning sotsialistik yo`nalishiga ziyon yetkazmaydi», — deb xulosa berdi.
Ijtimoiy-siyosiy hayotida vujudga kelgan quyidagi kuchlar manfaatlarining to`qnashuvi yanada chuqurlashtirmoqda edi. - Birinchi kuchlar — N.Rijkov va V.Pavlov Dasturi tarafdorlari. Ular sobiq SSSRni saqlab qolish, xalq xo`jaligini markazdan boshqarish, huquqni ko`proq markazda to`plash niyatida edilar. Ular iqtisodiyotni rivojlantirishda sotsialistik yo`ldan voz kechmaslikni talab qilar edilar.
Ikkinchi kuchlar — S.Shatalin guruhi a'zolari tarafdorlari. Ular SSSRni tarqatib yuborish, ittifoqdosh respublikalar o`rnida suveren, mustaqil Davlatlar tuzish, cheksiz xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, kolxoz va sovxozlarni tugatib, fermer xo`jaliklari tuzishni ko`zda tutdilar. Bu mohiyatan iqtisodiy rivojlanishning sotsialistik yo`lidan voz kechishni bildirar edi. - Ikkinchi kuchlar — S.Shatalin guruhi a'zolari tarafdorlari. Ular SSSRni tarqatib yuborish, ittifoqdosh respublikalar o`rnida suveren, mustaqil Davlatlar tuzish, cheksiz xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, kolxoz va sovxozlarni tugatib, fermer xo`jaliklari tuzishni ko`zda tutdilar. Bu mohiyatan iqtisodiy rivojlanishning sotsialistik yo`lidan voz kechishni bildirar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |