Uchinchi kuchlar — bu M.Gorbachev Dasturini quvvatlovchilar. Ular murosa yo`lini qidirib, yuqorida tilga olingan har ikki dastur yo`nalishlarini uyg`unlashtirish va SSSRni saqlab qolish, markazlashgan ma'muriy buyruqbozlik hokimiyatini yo`qotmaslik g`oyasini ilgari surar edilar. Yangi Ittifoq Shartnomasini tayyorlash ham shu maqsadlarga yo`naltirilgan edi. Jumladan, Yangi Ittifoq Shartnomasida mamlakat nomini ham «Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi» deb emas, «Mustaqil Sovet Respublikalari», «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi» deb atash to`g`risidagi takliflar ham o`rtaga tashlana boshladi.
Uchinchi kuchlar— bu M.Gorbachev Dasturini quvvatlovchilar. Ular murosa yo`lini qidirib, yuqorida tilga olingan har ikki dastur yo`nalishlarini uyg`unlashtirish va SSSRni saqlab qolish, markazlashgan ma'muriy buyruqbozlik hokimiyatini yo`qotmaslik g`oyasini ilgari surar edilar. Yangi Ittifoq Shartnomasini tayyorlash ham shu maqsadlarga yo`naltirilgan edi. Jumladan, Yangi Ittifoq Shartnomasida mamlakat nomini ham «Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi» deb emas, «Mustaqil Sovet Respublikalari», «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi» deb atash to`g`risidagi takliflar ham o`rtaga tashlana boshladi.
O`zbekistonning Iqtisodiy mustaqllik va siyosiy suverenitet uchun amaliy harakatlari
O`zbekiston hukumati iqtisodiy mustaqillikni amalga oshirishni nazarda tutadigan muayyan konsepsiya ishlab chiqdi. Konsepsiyaga binoan SSSR markaziy idoralaridan farqli o`laroq, 80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshida O`zbekiston dadillik bilan iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suverenitetni qo`lga kiritish uchun amaliy harakat qila boshladi. Ayni chog`da O`zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi va siyosiy suverenitetini ta'minlashning huquqiy asoslarini yaratish uchun ham aniq choralar ko`rildi. Bu borada xalqning xohish-irodasi hisobga olindi.
1989-yil 20-oktabrda o`n birinchi chaqiriq O`zbekiston SSR Oliy Kengashining` o`n birinchi sessiyasida «O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritish» to`g`risidagi masala maxsus muhokama etildi. Sessiyada shu masala yuzasidan respublika Oliy Kengashi Raisi doklad qildi. Ma'ruzada O`zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritish haqidagi Qonun davlat mexanizmining hamma bo`g`inlari Oliy Kengashga bo`ysunishini nazarda tutishi alohida ta'kidlandi.