O‘zbekiston milliy universitetining jizzax filiali



Download 191 Kb.
bet1/10
Sana23.04.2022
Hajmi191 Kb.
#575686
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TD ID 5 6



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI


O‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan
ro‘yxatga olindi

№ ____________________


2021-y. "___"________

«TASDIQLANDI»
O‘quv ishlari bo‘yicha
direktor o‘rinbosari
___________ R.Abduraxmanov
2021-yil "___"________

TIZIMLI DASTURLASH
FANINING ISHCHI DASTURI


Bilim sohasi:

300000 – Ishlab chiqarish-texnik soha



Ta’lim sohasi:

330000 – Kompyuter texnologiyalari va informatika



Ta’lim yo‘nalishi:

5330200 –Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)




Umumiy o‘quv soati

– 260 soat (5-semestr – 134 soat)




(6-semestr – 126 soat)

Shu jumladan:




Ma’ruza

– 64 soat (5- semestr – 34 soat)




(6- semestr – 30 soat)

Amaliy mashg‘ulot

– 64 soat (5- semestr – 34 soat)




(6- semestr – 30 soat)

Mustaqil ta’lim

– 132 soat (5- semestr – 66 soat)




(6- semestr – 66 soat)

Jizzax-2021
Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil “ 4 10 dagi 892 -sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tizimli dasturlash” fani dasturi asosida tayyorlangan.

Tuzuvchilar:



D.Jomurodov

OʻzMUJF, “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi katta oʻqituvchisi



Taqrizchilar:

R.M.Yusupov

JDPI, “Informatika va uni oʻqitish metodikasi” kafedrasi mudiri, t.f.n., dots.

F.N. Haitov

JDPI, “Informatika va uni oʻqitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, t.f.n.

Ishchi fan dasturi “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasining 2021-yil “___” ____________dagi ___ -sonli yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet uslubiy kengashiga muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.



Kafedra mudiri:




S.X. Aliboyev

Ishchi fan dasturi “Amaliy matematika” fakulteti uslubiy kengashida muhokama etilgan va filial ilmiy-uslubiy kengashiga muhokama qilish uchun tavsiya etildi (2021 - yil “___” ____dagi ___ - sonli bayonnoma).



Fakultet uslubiy kengashi raisi:




A.Baboyev



Ishchi fan dasturi ilmiy-uslubiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilindi (2021 - yil “___” ____dagi ___ - sonli bayonnoma).

Kelishildi:



O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i:




A.I. Mustafoyev

1. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi oʻrni
“Tizimli dasturlash” fani talabalarni kompyuter tizimlarining dasturiy ta’minoti va uni yaratish vositalari, translyatsiya jarayoni, translyatorlar tarkibi, formal grammatika, avtomatlar nazariyasi, translyatorlar yaratish usullari, operatsion sistemaning tuzilish va undagi jarayonlarni va xotirani boshqarishni, hamda tadbiqiy dasturiy ta’minotlarni yaratish texnologiyalarini o`rganishga mo`ljallangan.
Fan mazmuni bir-biri bilan uzviy bog`lik ikki qismdan iborat bo`lib, uning birinchi qismini ma’ruzalar, ikkinchi qismda amaliy mashg`ulotlari tashkil qiladi. Har bir ma’ruzada tizimli va amaliy dasturlashning ma’lum komponentasi haqida nazariy tushunchalar beriladi va aniq laboratoriya va seminar topshirigi qo`yiladi. Bu topshiriqlarni bajarish uchun har bir ma’ruzaga ma’lum bir soatdagi amaliy mashg`ulotlar mos qo`yilgan.
Talabalarning “Tizimli dasturlash” fanini o`zlashtirishlari uchun o`qitishning ilg`or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o`zlashtirishda darslik, o`quv va uslubiy qo`llanmalar, tarqatma materiallar, elektron darslik, elektron uslubiy ishlanmalar, online rejimidagi dasturiy maxsulotlardan va virtual stendlardan foydalaniladi.
Fan umumkasbiy fanlari bo`limiga tegishli bo`lib, bakalavriatning 5-6- semestrlarida o`tiladi.
Dastur predmeti tizimli dasturlashning zamonaviy xolatini akslantiradi. Predmetni o`rganish jarayonida talaba tomonidan olingan chukur bilimlar ilmiy tadqiqot ishlarida, ta’lim va ishlab chiqarish sohalarida talab qilinishi mumkin. Egallangan bilimlar sifatli qaror qabul qilish uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini qo`llash bog`lik joylarda talab qilinadi.
Tizimli dasturlash predmetini o`rganish ma’ruza, amaliy mashg`ulotlar va mustaqil ishlar shaklida amalga oshiriladi. Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo`llash orqali predmet tarkibini o`rganish uchun kompyuter texnikasidan foydalanish talab etiladi.
Bundan tashqari predmetni o`rganishda ta’limdagi va yangi pedagogik axborot texnologiyalaridagi zamonaviy uslublarni qo`llash katta samara beradi.
Bularga masofaviy o`qitish ta’lim saytlari, o`quv qo`llanmalar, uslubiy qo`llanmalar, elektron darsliklardan foydalanish qiradi.
Ma’ruza va amaliy mashg`ulotlarda mos ravishda ilgor pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
. 2. Oʻquv fanining maqsadi va vazifasi
Fan maqsadi talabalarga dasturlash tillarining formal tavsiflanishi, til grammatikasi, dasturlarni mashinaga bog`liq va bog`liq bo`lmagan optimillashtirishni, translyatorlarni yaratishning nazariy asoslari.
zamonaviy operatsion tizimlari, fayl tizimi, jarayonlarni va operativ xotirani boshqarish, yuklagichlar va tarmoqda ishlash bo`yicha nazariy bilimlar olish, tizimli dasturlash vositalarini yaratish bo`yicha amaliy saboqlarga ega bo`lish va bu bilimlarni tadbiqiy masalalarni yechishda qo`llashdan iborat.
Tizimli dasturiy ta’minotni tashkil qilishning umumiy tamoyillarini, kompilyatorlar asoslarini o`zlashtirish, tizim utilitlarini yaratish va interpretatorni ko`rish, operatsion tizimlar ko`rish tamoyillari, operatsion tizimlar asosiy vazifalari, jarayon va uni boshqarish, uzilishlarni boshqarish, xotirani tashkil qilinishi, virtual xotirani tashkil etish, jarayonlar rejalashtirish tamoyillari, fayl tizimi, assemblerlar, yuklagichlar, kompilyatorlar, makro-aniqlovlar bo`yicha bilimlarni shakllantirish va ularning amal qilish tamoyillarini o`zlashtirish — bu fanning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga quyidagi talablar qo`yiladi. Talaba:

  • tizimli va tatbiqiy dasturiy ta’minoti, hisoblash texnikasi dasturiy ta’minotini zamonaviy xolati va rivojlanish istiqbollari, tabiiy va sun’iy (dasturlash) tillarining farqlanishi, tillar va til grammetikalarining sinflanishi, grammatikasi tushunchalari, mashina buyruqlari va til ko`rsatmalari, interpretatorlar va kompilyatorlar, sintaksis tahlil usullari, operatsion tizimlar toifalari, operatsion tizimlari yadrosi va uning asosiy vazifalari, resurs tushunchasi, fayl tizimi, xotira taqsimoti haqida tasavvurga ega bo`lishi;

  • tillarning formal tavsifini, grammatikami kanonik shakliga keltirishni, sintaksis tahlilni, chiziqli sintaksis tahlil imkoniyatini beruvchi formal grammatikalar sinfini, dasturlash tillari va berilganlarni tasvirlash uchun grammatikani tuzishni, boshlang`ich dastur matnidan ob’ekt kodlarini yaratishni, dasturlarni mashinaga bog`lik va bog`lik bo`lmagan optimillashtirishni, translyatorlarni yaratishning nazariy asoslarini, fayl tizimi va uni tashkil qilish usullarini, resurslar va ularni boshqarishni, protsessorning turli ish rejimlarini tashkil qilish usullarini, uzilishlar tizimini, uzilishlar sinflarini, protsessorning himoyalangan va real ish rejimi, xotirani statik va dinamik taqsimlashni, dastur strukturalarini overleyli tashkil qilish usullarini, virtual xotirani bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • formal grammatika bilan ishlash, sintaksis tahlilning chiziqli algoritmlarini yaratish, dasturlash tillari va tatbiqiy tizimlar kirish tillarining grammatikasini ishlab chiqish va ular uchun kompilyator, interpretatorlarni yaratish, dasturlash tillarini bajarilishi uchun kompilyator yoki interpertatorlarni qo`llashiing o`ziga xosligini baxolash, operatsion tizimlarning sinflanishi va funksional tavsiflari, vazifalari tahlil qila olish, qo`llamish sohalari, apparaturaga va qo`yilgan maqsadga muvofik operatsion tizimni tanlash, ularni o`rnatash va kuzatib borish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak.




Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish