Sxemotexnika faniga kirish



Download 0,78 Mb.
bet1/7
Sana09.12.2022
Hajmi0,78 Mb.
#882687
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 маъруза


Sxemotexnika faniga kirish.


Reja:



  1. Sxemotexnika faniga kirish.

  2. Sxemotexnika fanining tarixi va rivojlanish bosqichlari.

  3. Faning maqsadi va asosiy tushunchalari.


Sxemotexnika - radiotexnika, aloqa, avtomatika, hisoblash texnikasi va boshqalarning elektron qurilmalarini taxlil va sintez qilish muammolarini o’z ichiga olgan ilmiy texnikaviy yo’nalish hisoblanadi. Yuqorida sanab o’tilgan qurilmalarning aniq ishlashini ta’minlash va ularning tarkibiga kiradigan elementlarning parametrlarini hisoblash uchun qo’llanadi. "Sxemotexnika" termini 20-asr 60-yillarida ko’p funksiyali elektron qurilmalarning paydo bo’lishi bilan bog’liq ravishda paydo bo’lgan. "Sxemotexnika"ning nazariy bazasini chiziqli va nochiziqli elektr zanjirlari nazariyasi, elektrodinamika, matematik dasturlash, avtomatlar nazariyasi va boshqalar tashkil qiladi.
Elektr va radioelementlar (rezistorlar, kondensatorlar, diodlar, tranzistorlar va boshqalar) va integral mikrosxemalar elektron qurilmalarning elementlar bazasi sifatida xizmat qiladi. Integral sxema (IS, integral mikrosxema) - juda ixcham (mikrominiatyur) elektron qurilma. Elementlari (diodlar, tranzistorlar, rezistorlar, kondensatorlar va b.) konstruktiv, texnologik va elektr jihatdan o’zaro uzviy bog’langan (birlashtirilgan) va o’ta zich joylashtirilgan bo’ladi. Uzluksiz yoki diskret (uzlukli) elektr va optik signallar tarzidagi axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash uchun mo’ljallanadi. I. s. quyidagi xillarga bo’linadi: elementlarni birlashtirish (integratsiya) usuli bo’yicha - yaxlit (monolit) va gibrid (tarkibiy) (osma diskret elektron asboblarlan foydalanilgan) sxemalar; ishlov beriladigan signallarning xili bo’yicha -raqamli va analog sxemalar; IS dagi elementlar soni N (integratsiya darajasi) bo’yicha - kichik (N< 102)? o’rta (N = 102 — —103), katta {N = W— 104) va juda katta (N> 104) sxemalarga bo’linadi. I. s. elektron hisoblash mash inalari, nazorat-o’lchash apparatlari, aloqa texnikasi va b. sohalarda qo’llaniladi. Bu energiyani ustunlik tomonlari shundaki;

  1. uni hohlagan energiya turiga aylantirish mumkin, yoki hohlagan energiyani elektr energiyasiga aylantirish mumkin,

b) eng sodda va arzon moslamalar yordamida elektr energiyasini juda katta tezlik bilan istalgancha ko`p miqdorda va hohlagancha uzoq masofalarga uzatish mumkin,


s) ekologik jihatdan toza, atrof muhitni ifloslantirmaydi, hidi yo`q, rangi yo`q, o`zidan chiqindi chiqarmaydi.
Elektrotexnika fanini rivojlantirishga rus olimlari va muhandislari katta hissa qo`shdilar. Elektr hodisalarini o`rganish,
1650 yilda birinchi elektr mashinasini yaratilishidan boshlandi.
- 1785 yilda Kulon elektr zaryadlarining o`zaro ta`siri qonunini yaratdi.
Kuchlanishning birinchi elektrokimyoviy manbaasini o`rganish,
1799 yilda A.Vo`lta tomonidan, elektr manbaasini yaratilgan davridan boshlandi.
1802 yili fizik olim professor, V.Petrov elektr yoyini hosil qildi:
1832 yili rus olimi P.Shilling telegrafni yaratdi.
1834 yili E.H. Lens elektromagnit induktsiyasi qoidasiga asos soldi:
1838 yili B.Yakobi birinchi bo`lib doimiy tok elektrodvigatelini yaratdi.
1873 yili rus olimi A.N.Lodigin lampochkani ihtiro qildi:
1876 yili P.N.Yablochkov elektr apparati hisoblangan transformatorni yaratdi.
1877 yili Tomas Edison magnit tasmasiga ovoz yozish mumkinligini isbotladi.


19 asrning ohirlariga kelib - 1891 yili rus injeneri M. O. Dolivo-Dobrovolskiy uch fazali o`zgaruvchan tok hosil qiluvchi tizimni, transformatorni va uch fazali asinxron motorlarni kashf qildi. Hozirgi vaqtda sanoatda, transportda va xalq xo`jaligi tarmoqlarida boshqa energiyalar kabi elektr energiyasidan keng ko`lamda foydalanilmoqda.
Insoniyat bir necha yuz yillar mobaynida har hil hodisalarni o`rgana borib, bizni atrofimizni o`rab turgan bizdan tashqari muhitdan shunday hulosalarni o`zlariga oldilarki, bizni o`rab turgan bu muhitda barcha narsalar ko`rinishi, tuzulishi qanday bo`lishligidan qat’hiy nazar ular eng sodda elementlardan–atomlardan tuzilgandir. Bir necha atomlar esa o`zaro birlashib molekulalarni tashkil qiladi. Bir necha molekulalar birlashib esa o`z navbatida siz va bizga ko`rinib-ko`rinmay turgan qattiq, suyuq va gaz holatidagi jismlarni predmetlarni, tashkil qiladi. Ho`p shunday ekan, bizdan tashqi muhitdagi barcha narsalar hammasi atomlardan, ya`ni proton va neytronlardan, (bitta musbat va bitta manfiy) zarrachalardan iborat ekan. Bir necha protonlar birlashib atomni yadrosini, bir necha neytronlar birlashib esa moddalarni elektronlarini tashkil qiladi. Yadro va elektron bu bir butun atom demakdir.

Hozirgi kundagi ilmiy nazariyaning ko`rsatishlaricha har bir atom ikki qismdan musbat zaryadlangan yadrodan va manfiy zaryadlangan elektrondan iborat. Atom o`zini tarkibida ikki hil zaryadni bir hil miqdorda ushlab turganligi uchun hech qanday elektr hossasiga ega emas. Har hil elementlarning atomlari bir biridan faqat atom og’irligi bilangina farq qilishlari mumkin. Ularning og’irligi, o`zlarining tarkibida saqlab turgan elektronlari va protonlarining miqdoriga bog’liqdir. Masalan; vodorod (H) atomining og’irligi Mendeleev jadvalidagi 1 ga teng deb olingan, chunki uning atomi tarkibiy jihatidan, 1 ta elektron va 1 ta protondan tashkil topgan bo`ladi. Mis atomida esa yadroning atrofida 29 ta elektron aylanib yuradi, oltinni atomi atrofida esa 79 ta manfiy zaryadlangan elektroni bor. Elementlar atomi tarkibidagi elektronlari soni har doim uning D.Mendeleev jadvalidagi o`rniga to`g’ri keladi.



Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish