O‘zbekiston milliy universiteti z. Z. Abdushukurova, S. Q. Zakirova, S. Sidiqov, S. Abdullaev O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi



Download 1,27 Mb.
bet16/52
Sana14.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#795279
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52
Bog'liq
Ozbekistontuproq.agr.tavsifi-09.12.16

Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar. Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar asosan Ustyurt platosi, Qizil qum cho‘lining janubi va cho‘l zonasi bilan tutashgan qadimgi tog‘ osti baland tekisliklarida (Farg‘ona vodiysi) keng tarqalgan bo‘lib, bu tuproqlarda asosan shuvoq, keurek, biyurgun, tetir kabi yarim buta o‘simliklar o‘sadi.
Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarning tuzilishida quyidagi genetik qatlamlarni ko‘rish mumkin. Tuproq yuzasi qalinligi 1-3 sm ga teng bo‘lgan och kul rang tusli g‘ovak qatqaloq bilan qoplangan, uning ostida esa och sur tusli qo‘ng‘ir rang, mayda qatlamsimon, uvoqchali strukturaga ega bo‘lgan, sochilib turuvchi, qalinligi 10-12 sm keladigan qatlam bo‘ladi. Bu qatlamning ostida ancha zichlashgan, qizg‘ish-qo‘ng‘ir tusli 15-20 cm qalinlikdagi genetik qatlam yotadi. Nihoyat, 40-50 sm chuqurlikda sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarga xos bo‘lgan qalin gipsli qatlam boshlanib, uning ostida esa tuproq hosil qiluvchi ona jins-berch yotqiziq yoki toshloq yotadi.
Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarda maksimum karbonatlar tuproq yuzasida joylashgan. Uzoq davom etgan biologik yo‘l bilan paydo bo‘lgan bu karbonatlar shu tuproq tipi uchun juda xosdir. Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarning gips qatlami alohida e’tiborni o‘ziga jalb qiladi. Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar sho‘rhoklashgan bo‘lib, u yoki bu chuqurlikda ma’lum miqdorda sulfat va xlorid tuzlarini saqlaydi. Misol uchun, sur tusli qo‘ng‘ir taqirlashgan sho‘rtob tuproqlar hamma vaqt kuchli sho‘rtoblashgan bo‘lib, 15-20 sm chuqurlikdan boshlab o‘zida 0,3-0,7% miqdorida suvda eruvchi xlorid va sulfat tuzlari saqlaydi. Bu tuproqlar ko‘p hollarda og‘ir va o‘rta qumoqli mexanik tarkibga ega bo‘lib, ularda asosan siyrak byurgun o‘sadi. Bularning qatqaloq qatlami o‘zidan namni yomon o‘tkazishi bilan haqiqiy taqir tuproqlaridan juda oz farq qiladi.
Sho‘rtoblashgan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar. Ushbu tuproqlar har xil mexanik tarkibli va sho‘rlangan qatlamining turli chuqurlikda joylashganligi bilan xilma-xil bo‘lishi mumkin. Bu farqni tuproq yuzasidan ham ilg‘ab olsa bo‘ladi. Bu tuproqlarning qatqaloq ostida qatlami yoki uning osti 1-2% suvda eruvchi sulfat va undan ko‘proq xlorid tuzlari bo‘lib, bu tuzlar yog‘in-sochinlardan so‘ng tuproq yuzasiga (atmosferaniig yuqori harorati ta’sirida) dog‘ shaklida ko‘tariladi.
Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarning chirindisi juda oz (0,5-1,0%) va chirindi qatlamining qalinligi juda kichik (15-20sm). Gumusning umumiy miqdori mexanik tarkibi engil va toshloq bo‘lgan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarda gektariga 8-10, og‘ir tuproqlarda esa 15-20 tonnaga etadi. Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarning gumusi azotga boy, fosfor esa bu tuproqlarda nisbatan ko‘pdir. Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlardan asosan, chorvachilikda va ayniqsa, qorako‘lchilikda keng foydalanamiz.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish