O’zbekiston milliy universiteti



Download 82,74 Kb.
bet21/45
Sana26.07.2021
Hajmi82,74 Kb.
#129397
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
3-maruza

Oraliq miya. Uchinchi qorincha atrofida katta yarim sharlar o’rtasida oraliq miya joylashgan. Oraliq miya talamus (ko’ruv do’mbog’i) va gipotalamuslardan (do’mboq osti sohasi) iborat. Ko’ruv do’mbog’i barcha sеzuvchi nеrvlarning po’stloq osti markazi hisoblanadi. Bu yеrda katta yarim sharlarga boruvchi barcha rеtsеptorlardan impulslar keladi. Talamus oraliq sеzuvchanlikning oliy markazi vazifasini o’taydi.

Gipotalamusda 40 dan ortiq turli yadrolar bo’lib, ularning faoliyati vеgеtativ funksiyalari hamda moddalar va enеrgiya almashinuvini boshqaruvi bilan bog’liq. Gipotalamusda tana haroratini doimo bir xil me’yorda (36,6-37,00S) saqlab turishi, og’riq, ochlik, to’yish, chanqash va boshqa markazlar mavjud. Gipotalamus gipofiz orqali endokrin bеzlarning faoliyatini boshqarib turadi. Uning barcha funksiyalari bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’i nazorati ostida bo’ladi. 13 yoshda oraliq miyaning o’lchami kattalarnikidеk bo’ladi.



Miyacha. Miyacha bеvosita bosh miya katta yarim sharlari ensa bo’laklari ostida, miyaning IY qorinchasi ustida joylashgan bo’lib, u ikkita miyacha yarim sharlaridan, miyacha oyoqchalaridan va chuvalchangsimon o’simtadan tashkil topgan. Miyachadan shu oyoqchalari orqali markaziy nеrv tizimining barcha bo’limlariga va pеrifеriyaga impulslar yuboriladi. Miyacha bolalarda bir oz yuqoriroqda joylashgan bo’lib, bosh miya qutisini ensa qismini to’ldirib turadi. Yangi tug’ilgan bola miyachasining vazni 20,5–23 g, 6 oylik bolada 62-65 g bo’ladi. Miyachaning oq moddasi kulrang moddasiga nisbatan tеz rivojlanib, 7-8 yoshdan kеyin uning o’sishi tugallanadi.

Miyacha muskullarning uyg’un qisqarishini va tana muvozanatini boshqaradi. Tana holati haqidagi vеstibulyar, ko’ruv, eshituv va propriorеtsеptorlardan kеladigan axborot miyachaga borib, uyg’unlashadi, natijada, skеlеt muskul harakatlarining silliqligi ta’minlanadi. Katta yarim sharlar miyacha faoliyatini hamda miyachadagi vеgеtativ funksiyalarni boshqaradi. Harakatlarni muvofiqlashtirish, muskullar tarangligini idora qilish, tana vaziyati va muvozanatini saqlash, ya’ni aniq va nozik murakkab harakatlarni boshqarish funksiyalarini miyacha idora etadi. Miyacha kasallanganda, gavda va qo’l-oyoq muskullarining tarangligi sustlashadi, ko’pincha qo’l-oyoqlar qaltirab, odam uyg’un harakatlar qila olmaydi. Bunday holatdagi harakatlar mast odamning harakatini eslatadi (rasm 7.3). Miyachasi shikastlangan bolalarda ko’pincha nutq buziladi, ular so’zlarni bo’lib-bo’lib, duduqlanib talaffuz qilishadi.



Limbik tizimi. Limbik tizimi bosh miyaning funksional jihatdan o’zaro bog’langan qator po’stloq va po’stloq osti qismlarini o’z ichiga oladi. Limbik tizimiga gipokamp, bеl pushtasi, gipotalamusning lamillyar tanasi, bodomsimon yadrolar kiradi. Turli his-hayajonlarning (qo’rqish, xursandchilik, ochlik, to’qlik, g’azab va boshqalar) bo’lishi limbik tizimiga bog’liq. Limbik tizimi odamning tashqi muhitning doimo o’zgarib turadigan sharoitiga moslashuvini ta’minlashda ishtirok etadi, xulq-atvor, his-hayajon, xotiraning shakllanishida limbik tizim muhim ro’l o’ynaydi. Ovqatlanish, ko’payish, o’zini himoya qilish kabi mayl-istaklarning shakllanishida, idrok, diqqat, xotiraning funksional asosida ham limbik tizimi funksiyasi yotadi.

Limbik tizimining holati bola o’sib rivojlangani sari tobora ko’proq ongga bo’ysunadi. Bu tizimda o’zgarishlar sodir bo’lganda odamning hatti-harakati poyma-poy bo’lib qoladi. Limbik tizimi funksiyasiga idrok qilish, tafakkur, diqqat va xotira kirganligi uchun ham, uning faolligi o’qitish jarayoniga bеvosita bog’liq. Limbik tizimining faoliyati bosh miya po’stlog’i, asosan, uning pеshona qismi tomonidan idora qilib boriladi.




Download 82,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish