Xulosa……………………………………………………………………....31;
Adabiyotlar…………………………………………………………………32
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xafsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida «Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo‘l qovushtirib o‘tirish o‘z – o‘zini o‘limga mahkum etish bilan barobardir», deb tа’kidlaydi.Haqiqatan, biz taraqqiy etayapmiz, lekin tabiat inqirozga yuz tutmoqda.Buning sabablari esa nihoyatda ko‘p va xilma - xildir.Eng asosiylari esa tabiiy ekosistemalarning buzilishi, undagi tirik organizmlar sonining kamayib, bа’zilarining esa yo‘qolib borishidir. Biosferada hayot uchun zarur bo‘lgan biogen elementlarni faqatgina tirik organizmlargina (ular populyatsiyalari) aylantira oladi, yoki akademik V.I.Vernadskiy tа’biri bilan aytganda «Hayot - bu tirik organizmlarning ishlab chiqarish usulidir».
Biosferada hayot uchun zarur bo‘lgan biogen elementlarni faqatgina tirik organizmlargina (ular populyatsiyalari) aylantira ola-di,
Biologiyada populyatsiya (lotincha: populus - guruh, uyushma, xalq) - erkin chatisha oladigan (yoki chatishish imkoniyatiga ega boʻlgan), aniq yashash arealini egallagan va maʼlum darajada zamon va makonda bir-biriga oʻzaro taʼsir koʻrsatadigan organizmlar guruhi. Populyatsiyadagi genetik oʻzgarishlar turlarning kelib chiqishi, yangi oʻsimlik navlari, hayvon zotlarini yaratish va boshqa asosini tashkil qiladi. “Populatsiya” terminini daniyalik genetik Wilhelm Johannsen genetik jihatdan bir xil boʻlmagan individlar guruhini sof liniya (genetik jihatdan bir xil boʻlgan guruh)dan farq qilish uchun taklif etgan (1903). Tabiatda populyatsiyaning turli xil tiplari uchraydi: yopiq populyatsiya (faqat bir-biri bilan juftlasha oladigan individlar guruhi); panmiktik populyatsiya (individlar juftlashishi juft tanlamasdan amalga oshadi); mendelcha populyatsiya (bir geografik arealda tarqalgan, koʻpayish va boshqa xususiyatlari bir xil boʻlgan individlar majmui); izogen populyatsiya genetik jihatdan aynan oʻxshash, yaʼni barcha lokuslar (xromosomaning bir gen joylashgan chiziqli uchastkasi) boʻyicha koʻpchilik hollarda gomozigota boʻlgan individlar guruhi; muvozanatlangan populyatsiya - genlar chastotasi (takrorlanishi) mutatsion va seleksion tazyiqlar oʻrtasidagi muvozanatga asoslanib oʻzgarib turadi va tasodifiy juftlashish prinsipiga koʻra juftlashishda hamda lokuslararo erkin rekombinatsiyalanishda genotiplarning amaldagi chastotasi nazariy kutilgan holatga moye keladi. Fanda mavjud boʻlgan ideal populyatsiya tushunchasi tabiatda uchramaydi va u faqat matematik modellarda hisobga olinadi. Masalan, zogʻora baliq yirik koʻllarda 2 ta populyatsiya hosil qiladi, ulardan biri qirgʻoq yaqinida yashab, mayda hayvonlar bilan oziqlanadi va sekin oʻsadi; ikkinchisi suvning chuqur qismida yashab, baliklar bilan oziqlanadi va tez oʻsadi; gʻoʻzaning yovvoyi turlari, shuningdek, ekiladigan navlari populyatsiyasi harorat, yorugʻlik, suv rejimi, oziqlanish va boshqalarga nisbatan turlicha reaksiyalar bilan harakterlanadigan juda koʻp guruxlardan tashkil topgan.
Tabiatda populyatsiyalarning aralashib ketishiga geografik (suv havzasi, togʻ, oʻrmon, choʻl), biologik (jinsiy apparatning tuzilishida kuyikish va uya qurish, oʻsimliklarda gullash muddatida farq boʻlishi), ekologik (yashash muhiti - namlik, tuproq tarkibida farq boʻlishi) alohidalanish toʻsqinlik qiladi. Populyatsiya evolyusiyaning eng kichik va asosiy birligi hisoblanadi. Chunki evolyusion jarayon populyatsiya ichida boshlanadi. Populyatsiya individlari orasida doimo irsiy oʻzgaruvchanlik paydo boʻlib turadi. Jinsiy koʻpayish tufayli bu oʻzgaroʻvchanlik populyatsiya individlari orasida tarqalib, uni geterogen qilib qoʻyadi. Populyatsiyada boradigan yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish tufayli foydali oʻzgarishlarga ega boʻlgan individlar saqlanib qolib, nasl beradi. Bundan keyingi evolyutsion jarayonlarda populyatsiya kenja turni hosil qiladi.
Hayvon va o‘simlik populyatsiyalari bir joyda mavjud bo‘lmaydi ammo ular odatiy kompleks makon landshaftida yuzaga keladi. Ekologiya sohasidagi dastlabki izlanishlar bunday makoniy tarkibiy qismni e`tiborsiz qoldirgan edi. Ammo ularning mulohazalari hozirda ko‘proq nazariy va amaliy ekologiya uchun asosiy mavzu hisoblanib, ushbu bo‘limning bir necha boblarida muhokama qilingan. Izlanishning ushbu samarali sohasi Hanski (tomonidan chuqurroq muhokama etilgan. Tabiiy muhit xilma- xilligining turkumlari istiqomat qiluvchi turlarni turli xil holatda: ba`zilari bo‘sh bo‘lishi mumkin va boshqalari yangi populyatsiyani yaratish uchun bosib oluvchilar tomonidan yo‘qotib yuborilgan yoki allaqachon yo‘qolib bo‘lgan va yoki aslini olganda mustaqil qo‘zg‘atuvchi kuchlar bilan subpopulyatsiyalar tomonidan egallab olinishi mumkin bo‘lgan holatda hisobga olib o‘rganishi lozim. Bu metopopulyatsiya hisoblanib ularning dinamikasini ba‘zi bir uzoq muddatli izlanishlar bilan biriktirgan holda nazariy o‘rganish, Hanski fikriga ko‘ra, ushbu fanni judayam boyitadi va amaliy ekologiya, ayniqsa , muloqot biologiyasi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Toq populyatsiyadan juft populyatsiya va kichik to‘plamlargacha bo‘lgan oraliqda turlar o‘zaro aloqaga kirishishining turli xil yo‘llari bir necha mualliflar tomonidan tadqiq etilgan. Bu o‘z ma`nosida muhim ammo binoga jamiyatlar va ekotizimlardan boshlab g‘isht qo‘yish kabi juda ham murakkab hisoblanadi. Populyatsiyalar faqatgina ularning o‘sishi va ko‘payishi uchun yetarli ma`nbalarga ega bo‘lishsa ham gullab yashnash xususiyatiga egadirlar hamda resurslar uchun kurash ko‘plab jamiyatlarni barpo etish uchun asosiy vosita hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |