Populyatsiyaning soni va zichligi
Hamjamoalardagi populyatsiyalar individlarning mo`lligi sonlarda,absolyut va nisbiy zichliklarda ifodalanadi.
Ekologik, asosan ekologo – genetik tadqiqotlar jarayonida populyatsiyada individlar umumiy soni, miqdori (bosh yoki tub soni) qanday degan savol tug‘iladi. Bu savolga mavjud laboratoriya populyatsiyalari uchun javob berish oson. Masalan: bankada yashovchi un mitalari (qo‘ng‘izlari) to‘g‘risida. Tabiiy populyat-siyalar umumiy soni, miqdorini baholash juda ham murakkab, ammo bа`zi hollarda bu mumkin, qaysiki yirik va inson uchun ko‘rinishi sezilarli darajada chegaralangan maydonda to‘plangan organizmlar bo‘lsa. Masalan: Kola yarim orolida yashovchi yovvoyi shimol bug‘ulari qish oxirida, bahorning boshlarida, baland bo‘lma-gan tog‘ tepaliklarida (bu yerda qor qatlami yupqa, lishaynik-lar ochilib qoladi) to‘planadi. Zoologlar samolyot yoki vertolyot-lardan bu to dalarni suratga oladi va surat bo‘yicha sanaydi. Bu usul dast-lab B.Grjimek tomonidan qo‘llanilgan bo‘lib, unga Afrika yovvoyi tabiati tuyoqlilarini «boshma-bosh» sanash imkoniyatini berdi. Bu usul orqali koloniya bo‘lib uya qurib yashovchi qushlar: oq o‘r-daklar, grachlar, g‘ozlar populyatsiyasining individlari umumiy sonini aniqlash mumkin.
Son (miqdor) ko`rsatkich populyatsiyadi individlarning umumiy sonidir.Populyatsiya aniq ifodalangan chegaraga ega bo`lgan xolatda uni ushbu ko`rsatkich bilan baholash biologik axamiyatga ega.Boshqa xolatlarda mo`llikni ifodalashning aniq uslubi populyatsiyaning zichligini aniqlashdir.
Populyatsiyaning zichligi deganda ma`lum maydan birligiga to`g`ri keluvchi individlar soni tushuniladi.Populyatsiyaning miqdori va zichligi bir-biri bilan chambarchas bog`langan,shuning uchun u yoki bu populyatsiya xaqida gap borganda uning soni va zichligi barobar e`tiborga olinadi.Yuqorida qayd etilganidek,absolyut va nisbiy zichliklar ajratilib,absolyut zichlik ma`lum maydon birligiga to`g`ri keluvchi populyatsiyaning miqdori bo`lsa,nisbiy zichligi ma`lum maydon birligidagi individlar sonini bildiradi.Populyatsiyaninig nisbiy zichligi bir populyatsiyani ikkinchi bir populyatsiya bilan taqqoslash,shuningdek takror kuzatishlarda muayyan bir populyatsiyaning vaqt o`tishi bilan ko`payishi yoki kamayishi sodir bo`layotganligini aniqlash imkonini beradi.
Populyatsiya zichligini o`rganishga tadqiqotchilar turlicha yondashadilar.Zoologlar populyatsiyadagi individlar sonini maydon birligida,mikrobiologlar tuproqdagi yoki gumusdagi massa birligida,suvdagi soda xayvonlar va suv o`tlari, shuningdek tuproq mezo-va mikrofaunalar suv va tuproqning xajm birligida xisobga oladilar.
Populyatsiyaning o`lchami. Xar xil turlarning populyatsiyasi bir-biridan o`lchami bilan farq qiladi.Masalan,bir gektar o`rmonda qushlardan o`nlab individlar; sichqonsimon kemiruvchilardan o`nlab va yuzlab; xasharotlar va yomg`ir chuvalchanglaridan millionlab uchratish mumkin.Turlar populyatsiyasi zichligining o`zgarib turish sabablaridan biri individlarning kata-kichikligidir.Individlar qanchalik yirik bo`lsa populyatsiya areallari kata;zichligi esa past bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |