Populyatsiya individlar soni va zichligi
Populyatsiyalarni o’rganishda asosan ikki guruh miqdoriy ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bularning birinchisi statik ko’rsatkichlar bo’lib, populyatsiyaning ma’lum vaqtdagi holatini ifodalaydi. Ikkinchisi- dinamik ko’rsatkichlar- ma’lum vaqt oralig’ida populyatsiyada o’tadigan jarayonlarni tavsiflaydi. Statik ko’rsatkichlarga populyatsiya soni, zichligi va populyatsiya tuzilmasi kiradi. Albatta, statik ko’rsatkichlar doimiy bo’lmasdan vaqt davomida o’zgarib turishi mumkin. Lekin bu o’zgarishlar jadalligi dinamik ko’rsatkichlar bilan baxolanadi. Populyatsiya soni deganda mazkur populyatsiyadagi individlarning umumiy soni tushuniladi. Tabiatdagi populyatsiyalarda individlar sonini aniqlash juda qiyin. Lekin, bu ko’rsatkichni aniqlash, ayniqsa, “Qizil kitob”ga kiritilgan turlar uchun juda muhim. Ko’pchilik xollarda populyatsiya soni oddiy sanash yo’li bilan aniqlanadi. Ba’zan populyatsiya sonini aniqlashda individlarga belgi ko’yish usulidan ham foydalaniladi. Aksariat xollarda populyatsiyadagi individlarning umumiy sonini aniqlashning imkoni bo’lmaydi. Bunda populyatsiya soni zichlikni aniqlash orqali topiladi. Populyatsiya zichligi - maydon birligidagi individlar sonidir. Turli organizmlarda zichlikning o’ziga xos ifodalash usullari mavjud. Quruqlik va bentos o’simlik va hayvonlarining zichligi maydon birligidagi individlar soni orqali ifodalanadi. Plangton organizmlarda esa zichlik xajm yoki yuza birligidagi organizmlar sonida ifodalanadi. Tuproqdagi organizmlar zichligini massa yoki xajm birligida ifodalash mumkin. Populyatsiya - nafaqat makonda, balki zamonda ham mavjud, bir butunlikka ega bo’lgan individlar yigindisidir. Populyatsiyada hamma vaqt avlodlar almashinishi sodir bo’lib turadi. Binobarin, populyatsiyaning yashash davri hamma vaqt alohida individ hayotiga nisbatan ancha uzoq bo’ladi. Populyatsiyada sodir bo’ladigan jarayonlarning jadalligini baxolaydigan ko’rsatkichlar populyatsiyaning dinamik ko’rsatkichlari deyiladi. Dinamik ko’rsatkichlarga tug’ilish va o’lim kiradi. Shu ko’rsatkichlar populyatsiya soni o’zgarishini belgilaydi. Ma’lum vaqt oraligida populyatsiyadagi individlar tomonidan yaratilgan yangi individlar soni tug’ilishni ifodalaydi. Populyatsiyadagi tug’ilish ko’plab omillarga, masalan, ko’payishga qobiliyatli individlar soniga, avlodlar takrorlanish tezligiga va h.o. larga bog’liq. O’lim tug’ilishga qarama-qarshi jarayon bo’lib, vaqt birligi ichida ulgan individlar sonini ifodalaydi. Tug’ilish va o’lim o’rtasidagi farq populyatsiya soni o’zgarish tezligini tavsiflaydi. Agar tug’ilish o’limga teng bo’lsa, populyatsiya sonini doimiy saqlaydi. Agar tug’ilish o’limdan katta bo’lsa, populyatsiya soni o’sadi va, aksincha, o’lim tug’iliщdan katta bo’lsa, populyatsiya soni kamayadi. Populyatsiyadagi o’lim individlarning genetik va fiziologik sifatliligiga, tashqi muhit omillarining ta’siriga va h.o. larga bog’liq bo’ladi. Hayotning turli davrlarida individlarning nobud bo’lishi turlicha xajmda bo’ladi. Agar individlar yashab qolishining yoshga bog’liqliligini grafik asosida tasvirlasak “yashab qolish egri chizig’i hosil bo’ladi. Hozirgi vaqtda ko’pchiliq organizmlar uchun yashab qolish egri chizigi aniqlangan. Yashab qolish egri chizigining 3 ta asosiy tipi mavjud. Birinchi tip yashab qolish egri chizigi shunday paytda hosil bo’ladiki, bunda hayotning katta qismida o’lim juda kam bo’lib, keyin qisqa vaqt ichida individlar yoppasiga uladi. Bunday yashovchanlik egri chizigi ko’pchiliq xasharotlarga, yirik sut emizuvchilarga va odamlarga xos. Ikkinchi tip egri chizik barcha yoshlarda o’lim bir xil bo’lganda hosil bo’ladi. Bunday yashovchanlik qushlar, baliklar, sudralib yuruvchilar, ko’p yillik utchil o’simliklar uchun xosdir. Uchinchi tip egri chizik shu paytda hosil bo’ladiki, bunda hayotning dastlabki davrida individlar yoppasiga uladi, lekin hayotning keyingi davrlarida o’lim past darajada bo’ladi. Ko’pchiliq plangton organizmlar, serpusht va nasl xaqida qayg’urmaydigan organizmlar shunday yashovchanlik egri chizigiga ega.
Populyatsiya individlar soning o’zgarishi. Populyatsiya soni o’zgarishining 3 ta tipini ajratib ko’rsatish mumkin.
1. Barqaror tip. Bunday tip populyatsiya sonining kichik tebranish darajasi bilan ajralib turadi. Populyatsiya turg’unligini saqlash mexanizmlari yaxshi ifodalangan, yashovchanligi yuqori, yosh tuzilmasi murakkab, nasl xaqida qayg’uradigan turlar uchun shu tip xos. Samarali ishlaydigan boshqaruvchi mexanizmlar sistemasi bu populyatsiyalar zichligini aniq chegaralarda ushlab turadi. Yirik sut emizuvchilar va qushlar, ba’zi umurtqasizlar populyatsiyalari dinamikasi shunday tipga kiradi.
2. Titrovchi tip. Populyatsiya sonining tebranishi zichlikning bir necha marta o’zgarish darajasida bo’ladi. Populyatsiyaning bunday o’zgarishda tebranish siklining 3 ta fazasi farq qilinadi: o’sish, maksimum, kamayish. Barqaror holatga o’tish tez sodir bo’ladi. Boshqaruvchi mexanizmlar populyatsiya sonini nazorat qilib turadi va zichlik oshishi bilan o’z samarasini oshirib boradi. Bunday tipda turlararo va tur ichidagi sust inersiyalangan munosabatlar ustun bo’ladi. Populyatsiya sonining bunday o’zgarishi turli hayvonlarga xos.
3. Portlovchi tip- populyatsiya sonining yoppasiga ko’payib ketishi bilan tavsiflanadi. Modifikasiyalovchi omil ta’sirining yuqolishi ham populyatsiyani barqaror holatga tez kaytishini ta’minlay olmaydi. Populyatsiya dinamikasi 5 ta doimiy bosqichli sikllardan iborat: sonining o’sishi, maksimum, pasayish, dipressiya, tiklanish. Sikl bosqichlarida ko’payish ko’rsatkichlari, yosh va jins tuzilmasi, fiziologik holat, xulq atvor kuchli o’zgarib turadi. Populyatsiya sonining bunday yo’nalishi ko’pincha hayoti qisqa bo’lgan, serpushtligi yuqori, avlodlar takrorlanishi tez bo’lgan turlarga xos. Masalan, ba’zi xasharotlar (chigirtkalar, o’rmon zararkunandalari- mo’ylovdorlar, po’stloqxo’rlar, ba’zi kapalaklar, arrakashlar va boshqalar), sut emizuvchilardan sichqonsimon kemiruvchilar shular jumlasidandir. Populyatsiya dinamikasining tiplari- turning emas balki populyatsiyaning harakterli belgisidir. Bir turga mansub populyatsiyalar turli xil sharoitlarda dinamikasining turlicha bo’lishi bilan tavsiflanadi. Bu holat boshqaruvchi mexanizmlar orasida turlararo munosabatlar muhim rol o’ynashini ko’rsatadi, chunki turli sharoitlarda va arealning turli qismlarida turlar o’rtasidagi aloqalar darajasi turlicha bo’ladi. Tabiiy sharoitda dushmanlari tomonidan boshqarilib turadigan turlar bog’larda, qishloq xo’jalik maydonlarida yoppasiga ko’payish xususiyatiga ega bo’ladi, chunki bunday joylarda biologik nazorat zaiflashgan bo’ladi. Populyatsiyalar dinamikasining mexanizm va tiplari xasharotlarda, ayniqsa o’rmon xasharotlarida yaxshi o’rgatilgan. Jumladan, G.A. Viktorovning xasharotlar populyatsiyasida boshqaruvchi mexanizmlar sxemasini ko’rsatish mumkin. Bu sxema bo’yicha, agar populyatsiya o’sishi uncha yuqori bo’lmasa, uning o’sishini cheklab turish uchun ham yirtqichlar faoliyati yetarli. Bu tur hammaxur yirtqichlar ratsionining bir qismidir. Populyatsiya tezrok o’sganda bunday yirtqichlar populyatsiya o’sishini ushlab turolmaydi va boshqaruvchilik rolini yo’qotadi. Lekin, populyatsiya zichligini yuqori bo’lishi ixtisoslashgan yirtqichlar va parazitlar uchun qulay bo’ladi. Populyatsiya soni yanada tez o’sganda parazitlar ham boshqaruvchiliq rolini yo’qotadi, lekin bunda kasallik kuzgatuvchi mikroorganizmlarning ko’payishi kuzatiladi va kasalliklar tez tarqaladi. Shu bilan birga populyatsiyaning ichki boshqaruvchi mexanizmlari ham faoliyat ko’rsatadi. Populyatsiyaning eng katta o’sishi muhitdagi Oziq resurslarining to’liq tugashigacha borishi mumkin. Lekin tabiiy populyatsiyalarda bunday inqiroziy holat kuzatilmaydi, chunki turlararo va turichi Harakteriga esa turli tuman boshqaruvchi mexanizmlar mavjud va ular zichlikning turli darajalarida faoliyat ko’rsatib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |