Oʼzbekiston milliy universiteti tаrix fаkulteti oʼzbekiston tаrixi kаfedrаsi



Download 0,58 Mb.
bet21/70
Sana31.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#242696
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70
Bog'liq
(Qosimov Sardor) Dess


partiyalararo bag‘rikenglik;

  • qadriyatlararo bag‘rikenglik;

  • konfessiyalar (diniy konfessiyalar)aro bag‘rikenglik;

  • hududlararo bag‘rikenglik;

  • urug‘-qabilararo bag‘rikenglik;

  • jamoalararo bag‘rikenglik.

    Yuqoridagilardan xulosa qilar ekanmiz, quyidagilarni ta’kidlashni istardik: bag‘rikenglik bu xilma-xill ijobiy sifatlarning uyg‘unligi ma’nosida jahon madaniyatining, urf-odatlarning, qadriyatlarning xilma-xilligi bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zlikni namoyon qilish shakllari va insoniy fazilatlarning o‘zbek xalqi madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlarida ifodalanishi hamda ular hurmatlash va qabul qilish orqali yangidan-yangi madaniyat tarmoqlarini, urf-odatlarni, qadriyatlarni shakllantirishdir. Aynan ana shu qoidaga asosan bag‘rikenglik milliy ongimizda: a) ma’naviy; b) diniy; v) iqtisodiy; g) siyosiy; d) hududiy; e) xalqlarning ob’ektiv sharoitlarda aralashib yashashi asosida Vatan ravnaqi yo‘lida mehnat qilishi kabi yo‘nalishlarga bo‘linib ketadi.

    Bag‘rikenglik tizimini yanada jiddiylashtiradigan bo‘lsak, u sabr-toqatlilik; o‘z manfaatini xalq, Vatan manfaatlaridan ustun qo‘ymaslik; boshqalar urf-odatlariga toqat qilish, andishalilik; o‘zga millat vakillari bilan tenglik, hamkorlikda yashash; insoflilik, adolatlilik, mehribonlik, matonat, andisha, hurmat, farosat; jamoatchilik fikriga ongli yondashuv; qo‘ni-qo‘shnichilik; qarindosh-urug‘chilik; milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar; o‘zaro bog‘liqlik va kelishuv; davlatlararo, millatlararo, shaharlararo munosabatlar; davlat tomonidan ishlab chiqilgan qonun-qoidalar, qarorlar va ramzlarni hurmat qilish; mehr-oqibatlilik, olijanoblik kabi o‘zbekona hislatlar majmui desak, bu avvalgi bo‘limlarda keltirilgan fikr-mulohazalarimizga asos bo‘ladi.



    O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar, murosaga kirishish bag‘rikenglikka asos bo‘lganligi tasdiqlanadi82. O‘zbekiston Respublikasi 1991 yildan mustaqil davlat, maydoni 448,9 ming kv.km., aholisi 2135,9 ming kishi tarkibiga Qoraqolpog‘iston Respublikasi kiradi. Respublikaning, hozirgi hududida...yilda 70 millat va elat vakillari yashagan bo‘lsa, 1927 yilda ularning soni-90 taga, 1959 yilda-113 taga, 1979 yilda-123 taga etdi. Hozir 136 millat va elat vakillari hamjihatlikda, bir-birlari bilan barcha masalarni hal qilishda murosada, tinch-totuv yashab kelishmoqda. 2005yil 1yanvariga o‘zbekiston aholisining milliy tarkibida o‘zbeklar 20804,0 ming (80%), qoraqalpoqlar 562,8 ming (2,2%), tojiklar 1302,8 ming (5%), ruslar 970,0 ming (3,8%), qozoqlar 939,5 ming (3,6%), tatarlardir 250,6 ming (0,9%), qirg‘izlar 24,5 ming (0,9%), turkmanlar 157,8 ming (0,6%) koreyslar 155,9 ming (0,6%) kishini, boshqa millat vakillari 621,9 ming (2,4%) ming kishini tashkil etadi83. Bag‘rikenglik, murosaga kelish tamoyilining mazmun-mohiyati kengayib, bugungi kunga kelib 136 millatga oid 26 mln.dan ziyod aholi farzandlari 7 tilda ta’limolib boriladigan muassasalarda o‘qimoqdalar. Ular 15 ta milliy markazga birlashib, Respublika baynalmilal madaniyat markazi 2007 yil yanvar oyida o‘zini 16 yillik bayramini o‘tkazgani milliy bag‘rikenglik, bir-birlari bilan murosada yashash negizi yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda Bu esa O‘zbekiston mustaqilligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Milliy munosabatlar negizini: milliy o‘zlikni anglash; milliy madaniyat-millat belgisi ekanligi; milliy o‘zlikni anglash tuzilmasi va qismlarining o‘zaro murosasa munosabatlari, millat milliy o‘zlikni anglash va madaniyat ijodkori ekanligi tushunichasi, milliy mustaqillikka erishishning asosini bilish, o‘zbek yoshlarida milliy o‘zlikni anglash omillarining o‘sish jarayoni qonuniyatlari va shu qonuniyatlarni harakatga keltiruvchi mexanizmlarni (omillarni) bilish tashkil qiladi. Murosaga kelish va munosabat jarayonida o‘zbek xalqining turmush tarzi va madaniyatini hisobga olgan holda, aholi joylashishi, uy-joy qurilishi va jihozlanishi an’analari, milliy libos va bezaklar, pardoz-andozlar, o‘zbek taomlari, pazandachilik va mehmonnavozlik kabi o‘zbeklar moddiy madaniyati xususiyatlari, ularning ijtimoiy va oilaviy-maishiy turmush tarziga xos xalq bayramlari, o‘yin va marosimlari, diniy tasavvurlar, urf-odatlar va irimlar, o‘zbek milliy madaniyati va ma’naviyati, xalq teatri va milliy raqslar, an’anaviy o‘zbek hunarmandchiligi kabilar asosida bozor iqtisodi kabi masalalarga e’tibor qaratilib, o‘zbeklarga xos bo‘lgan murosaga kelish jarayonida insonlar ong tizimidagi xohish istaklar nafaqat nutq, balki ramziy belgilar orqali ham ifodalanishi xalqlar orasidagi murosa nishonalaridir. Masalan, bir-birlari bilan uchrashganda qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib salomlashish, hol-ahvol so‘rashish, farzandlar sog‘lig‘i kabilarni surishtirgach, mudaoga o‘tish yoki biron xatti-harakatlarga nisbatan murosasizlik yoxud milliy munosabatlarning ifodalanishi ham bag‘rikenglikni debochasi hisoblanadi. O‘zbekistonda yashovchi barcha millat xalqlari aynan ana shunday kundagi ehtiyojlar asosida bajariladigan munosabatlar orqali o‘zbekona urf-odatlar, qadriyatlarga e’tibor qilgan holda, davlat tili sifatida o‘zbek tilini mukammal o‘rganmoqdalar. Ya’ni barcha millat vakillari o‘zbek millatiga xos milliy munosabatlar orqali o‘zbek tili va milliy urf-odatlarini o‘zlashtiribgina qolmasdan, balki ularni o‘z hayot tarziga aylantirib, tili va milliy urf-odatlarini rivojlantirish imkoniyatiga egadirlar. Bag‘rikenglikning bunday g‘oyaviy negizlarining shakllanishi va rivojlanishiga O‘zbekistonda barcha imkoniyatlar mavjud. Masalan: umumiy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, oliy o‘quv yurtlarida turli xorijiy tillarni mukammal o‘rganish bilan har bir millat vakili o‘z ona tilini mukammal egallash imkoniyatiga ham egadir. Turli millat va elatlar tilida gazeta va jurnallar chop qilinishi, ularning vakillari bo‘lgan yozuvchi va shoirlar asarlarining o‘zbek tiliga tarjima qilinishi kabilar O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar yaxshilanishiga olib kelishi uchun qilingan sa’y-harakatlar hisoblanadi. Xuddi shunday yo‘nalishlardagi ilg‘or fikrlar milliy bag‘rikenglikning g‘oyaviy negizlaridan hisoblanadi. Bu masalalarning negizi xalqlararo, millatlararo munosabatlardan tashqari, O‘zbekistonning har bir fuqarosining o‘zaro munosabat va murosaga, muloqotga kirishish qobiliyatlari ham yotadi. Bu esa haqiqatga erishish yo‘li sifatida olamdagi narsa va xodisalarning doimo o‘zgarib borishidagi o‘zaro aloqadorlik bo‘lib, uning jamiyatni rivojlanishga olib kelishi munosabat, murosaga kela bilish natijasidir.

    Bag‘rikenglikni har qanday shakllaridagi munosabat tizimlarini ochib berishda bir-biriga bog‘liq quyidagi uch:

    1. Kommunikativ(fikr almashuv, fikrlarni tushunish).

    2. Perseptiv (fikrlarni qabul qilish, idrok qilish).

    3. Interaktiv (tashqi harakatlarni ichki harakatga aylantirish) jihatni nazarda tutish kerak:

    Shu jarayonlar orqali turli shakllardagi bag‘rikenglikda bir-birlariga munosabatda bo‘lgan insonlar bir-birlari bilan axborot almashadilar, o‘z ijtimoiy-ishlab chiqarish faoliyatlarida bir-birlariga ta’sir qiladilar va ularning ziddiyatli yoki kelishuvlik jihatlarini ifodalab, nihoyat, o‘zlariga xos bag‘rikenglik hususiyatlarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

    Shundan kelib chiqib, Forobiyning oldingi boblarda keltirib o‘tilgan, kishi jamoasini guruhlarga ajratish qonuniyatlari, kishilar orasidagi munosabatlarning milliy ong tizimida ifodalanishini har bir davrga mos holda, jamiyat talabiga ko‘ra bugungi davrlarga nisbatan tubandagi ifodalash imkoniga ega bo‘ldik:


    1. Kishilar o‘rtasida bag‘rikenglik, sabr-toqatlik fazilatlari qarindoshlik, hamjihatlik, mustahkam turmush tarzi, faoliyat hamohangligi va yakdilligini yuzaga keltiradi;

    2. Guruh, jamoalar o‘rtasida milliy ongga , millatga xos bo‘lgan fikr-mulohazalar yakdilligi;

    3. Fuqarolar islom an’analariga e’tibor qilgan holda, lafz, ahd, qasam asosidagi o‘zaro ittifoqlik negizida bir-birlari bilan milliy ong orqali bog‘langanliklarida ifadalanuvchi millat hamjihatligi orqali ularda o‘zaro sabr-toqatlilikka xos bo‘lgan bag‘rikenglik fazilatlariga yo‘l ochiladi.

    4. Fuqarolarning o‘zaro bir-birlariga nisbatan yaqin aloqalarda shu aloqalar natijasida milliy ongda paydo bo‘ladigan urf-odatlar, an’analar, fe’l-atvor, saviya-imkoniyatlar tengligi, didlar o‘xshashligi, xarakter yaqinligi hamda tilning umumiyligi ifodalanadi.

    5. Kishilarni o‘zaro bog‘lovchi yana bir vosita milliy ongda shakllangan, tug‘ilib o‘sgan yurti, yashash joylari umumiyligining mazmun-mohiyatini tushunib etish. Bularda milliy ongdagi bir insonning ham yurtlik hodisasiga har diqqat-e’tibori ham o‘z ifodasini topadi. Bularning umumiyligi milliy ong yakdilligini ta’minlashda muhim ijtimoiy omil sifatida yuzaga chiqadi.

    Bu masalalarni o‘rganish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

    • bag‘rikenglik va milliy ongga xos bo‘lgan g‘oyalarning amaliy, falsafiy mohiyatini milliy g‘oya va mafkura nuqtai nazardan anglash.

    • Milliy ongda faollik va bag‘rikenglik an’analariga sodiqlik tuyg‘usini shakllantirish.

    • Ko‘p millatli mamlakatimizda hayotiy zarurat hisoblangan millatlararo, shaxslararo, dinlararo inoqlik, ahillik, birdamlikni ta’minlash.

    • Barkamol avlod shakllanganligini tasdiqlovchi milliy ong tizimida tolerantlik an’analarini fuqarolar faolligi bilan ularning onglarida ijobiy his-tuyg‘ularni uyg‘unlashtirish orqali ma’naviy-milliy rang-baranglikni, dunyoqarash, intilish va taraqqiyotdagi o‘ziga xosliklarni tabiiy xol sifatida qabul qilish, har bir shaxsning yashashi, ijod qilish, o‘ziga manzur fikrlarini himoya qilish huquqini demokratik qadriyatlarga tayangan holda qadrlash hislatlari asosida bag‘rikenglik xususiyatlarini rivojlantirish zarurligi tasdiqlanadi.

    Hozirgi kunda yurtimizda konfessiyalar faoliyatida va yurtimiz siyosiy jarayonlarida muhum bo‘lib dasturi amal bo‘lib xizmat qilayotgan xarakatlar strategiyasi haqda so‘z tyrutmaslikning imkoni yo‘q. Chunki ushbu strategiyaning 5-bosqichi aynan bizning desertatsiyamiz uchun muhum deb o‘ylaymiz.

    V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.



    • O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;

    • axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi o‘z vaqtida va munosib harakatlarni tashkil etish;

    • fuqarolik, millatlar va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;

    • davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;

    • atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga zarar yetkazadigan ekologik muammolarning oldini olish;

    • favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.


    Download 0,58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish