O’zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti arxivshunoslik yo’nalishi sirtqi ta’lim


Eftallarning O'rta Osiyoga kirib kelishi va davlati boshqaruvi



Download 70,9 Kb.
bet6/7
Sana14.04.2022
Hajmi70,9 Kb.
#549744
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AFRIG\'IYLAR, XIONIYLAR, KIDARIYLAR VA EFTALLAR DAVLATLARIDA DAVLAT - Axmadaliyeva (Akbaraliyeva) Odina

2.2.Eftallarning O'rta Osiyoga kirib kelishi va davlati boshqaruvi.
IV asrning oxiri va V asr boshlarida orol bo‘yida istiqomat qiluvchi ko'chmanchi massagetlar o'zlarining Eftalllar davlati nomi bilan tarixga kirgan davlatini tashkil qiladi. Arxeolog olim S.P. Tolstovning ta’kidlashicha, IV asr boshlaridan e’tiboran O’rta Osiyoda Sosoniylar ekspansiyasining tamomila barbod bo'lishiga va umuman Sosoniy davlatining o'ziga tahdid soluvchi voqealar avj olib ketdi, bu o'rinda biz ≪oq xunnlar≫ yoki eftallar degan umumiy nom bilan yuritiluvchi O’rta Osiyo dashtlaridagi varvar qabilalarining keng ko'lamdagi harakatlari boshlanganligini ko'zda tutmoqdamiz. Eftallar birlashmasining dastlabki markazi Xorazmning shimoli-sharqiy chekkasi bo'lgan. Sharqiy Rim tarixchisi Prokopiy Orol dengizining sharqida yashagan hunlar oq yuzli bo'lganligi uchun ≪oq hunlar≫ deb atagan eftallar - oq xunnlarning o'zi dastlab ko'chmanchi bo'lib, keyinchalik shaharlarni bosib olishlari bilan o'troq hayot tarziga o'tganlar. Shu tufayli Vizantiya tarixchilari (Menandr) Eftallarni shahar qabilasi sifatida ta’riflaydi.
V asrning O’rtalariga kelib butun O’rta Osiyoda eftallar hukmronligi o'rnatiladi. Eftallar siyosiy hukmronligi V asr va VI asrning ikkinchi yarmiga qadar mavjud bo'lgan. Eftallar manbalarda ta’kidlanishicha, keyinchalik O’rta Osiyoni, Sharqiy Eron viloyatlarini, Hindistonning shimoliy qismini va Sharqiy Turkistonni birlashtiruvchi yirik davlatni barpo etishga muvaffaq bo'ladilar. Xitoy solnomasidagi Xunn-O’rta Osiyo xunnkidariylarining podshosi Kungadan boshqa odam bo'lmasa kerak. Vizantiya manbalarida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, u 468-yili sosoniylarga qarshi shiddatli urush olib brogan va Eron shohi Pero'z tomonidan tor-mor keltirilgan. Ma’lumki, Eftallar dastlab tarix maydoniga kidariylar va xioniylar nomi ostida chiqqan bo'lsa, kidarit nomi esa Kerderning ismi bilan chambarchas bog'liqdir.
Eftallarning Xurosonga birinchi bor bostirib kirishi 427-yilga to'g'ri keladi. Varaxran V (≪Bahrom Go'r≫, 42O-438) va Ezdegard II (438-457) Eftallarga qarshi qattiq kurash olib bordilar. Varaxran V Marv yaqinida Eftallarni tor-mor keltirdi, ularning podshosini o'ldirdi va uning toji bilan Ozarbayjondagi otashxonani bezatdi.
Arman tarixchisi Vardanetning yozishicha, V asrning 50-yillarida eftallar ittifoqining kuchayib ketishi natijasida ular janubdagi yerlarga qarab siljiy boshlaganlar.
Ezdegard II ham Eftallarning siquvini oldini olishga va Sosoniylarning Sharqiy Xuroson va Toharistondagi mulklarini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi. Biroq u 457-yilda vafot etganidan keyin Eftallar o'zlarining podshosi Vaxshunvar boshchiligi ostida Shag'oniyon, Badaxshon, Balx, Tohariston va Garjistonni bosib oladilar va bu hududlarda o'z hokimiyatlarini o'rnatadilar.
Ezdegard vorisi Pero'z 459- va 479-yillarda Eftallarga qarshi yurish qildi, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Xitoy solnomalarida Eftallarning mulklari Sharqqa qarab ham ancha kengayib ketganligi to'g'risida gapiriladi. Mazkur solnomalarda keltirilgan ma’lumotlarga ko'ra, Kashmir, Qandahor, Vohan, Sug‘d, Buxoro eftallarning mulki bo'lgan. Eftallar Sharqiy Turkistondan juan-juanlarni siqib chiqarib, Xo'tan va boshqa bir qancha shahar-davlatlarni o‘z davlatlariga qo'shib olganlar.
Eftallar davlatining tuzilishi, markaziy va mahalliy davlat organlari, sudi va harbiy qo'shini haqidagi ma’lumotlar bizgacha yetib kelmagan. Manbalardagi ayrim ma’lumotlarga tayangan holda eftallar davlat tuzumi va huquqi haqida umumiy tasavvurga ega bo'lishimiz mumkin.
Milodning VI asrida yashagan Vizantiyalik tarixchi Prokopiyning yozishicha, ≪Eftallarni yagona shoh boshqargan, ular qonuniy davlatga ega bo'lganlar va o'zlari bilan qo'shinlari O’rtasida romeylar (vizantiyaliklar) va forslarda mavjud bo'lgan adolatdan zarracha ham kam bo'lmagan adolatga amal qilganlar ≫. Xitoy manbalariga qayd qilinishicha, Eftallar davlatida taxt otadan bolaga o'tmagan, shu suloladan kim davlat boshlig'i lavozimiga loyiq topilsa, o'sha kishi taxtni egallagan.
Aynan kimning ushbu lavozimga loyiqligini aniqlash vakolatiga maxsus kengash ega bo'lgan. Bu kengash sulolaning mo'tabar namoyondalari hamda saltanat arkonlaridan iborat bo'lgan bo'lsa ham ehtimoldan xoli emas.
Prokopiyning guvohlik berishicha, eftallar davlatni qonunlar asosida boshqarganlar. Ba’zi manbalarda qayd qilinishicha, eftallar davlatida podsho hokimiyati unchalik kuchli bo'lmasdan, mahalliy hokimlarning mavqei yuqori bo'lgan.
Joylarda hokimiyat yirik yer egalari qo'lida bo'lib ular kata mulkka, qal’a va harbiy qo'shinga ega edilar.
Eftallar kuchli harbiy qo'shinga ega bo'lishgan. Qo'shinning asosiy qismini otliq askarlar tashkil qilgan. Ayrim manbalarda yozilishicha, eftallar davlatida jinoyat sodir qilganlik uchun qattiq jazo choralari qo'llanilgan. Masalan, o'g'rilik uchun bo'ynini kesib qatl etish yoki o'g'irlab ketgan mulkni o'n barobar miqdorida undirib berish jazosi qo'llanilgan.
Mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotida shaharlarning o'rni katta bo'lgan. Vizantiya hukmdori Yustin II ning ≪Eftallar shaharda yashaydilarmi yoki qishloqdami?≫ degan savoliga ashinaliylarning elchisi ≪A’lo hazrat, ular shaharlik sulolalardan ≫, degan javobi fikrimiz dalilidir. Eftallar davlatida yirik shaharlar hokimlar tomonidan boshqarilgan. O’rta Osiyodagi eftallar davlati bir qancha yarim mustaqil mulklarning konfederatsiyasidan iborat bo'lgan. Ushbu hokimlar ham o'z harbiy kuchlariga, o'z tangalarini zarb qilish huquqiga ega bo'lganlar.
Ichki savdo munosabatlarida tangalar ayirboshlash vositasi vazifasini bajargan. Bu yerda Hindistondagi kabi tanga pullar markazlashgan tartibda zarb qilinmagan, aksincha deyarli hamma mulk o'zining kumush yoki mis tangasini zarb qilgan.
479-yilgi yurish paytida Eron qo'shini mag'lub bo'ldi. Pero'zning o'zini Eftallar jangda yengib 484-yilda uni qatl qiladilar. Eron hukumati batamom tor-mor bo'lish xavfidan qutulish uchun ≪oq xunnlar≫ga xiroj to'lab turishga majbur bo'ladi.
Faqatgina Pero'zning o'g'illari Kubod (488-531) va Anushervon (531 - 579) hukmronlik qilgan yillarda o'zaro munosabatlar yaxshilangan, hamkorlik yo'lga qo'yilgan.
Milodiy V asr O’rtalarida xioniylar bilan ittifoq tuzgan eftallar Kobul vodiysidagi Kushon podsholariga qarashli mulklarni bo'ysundirib, bir necha marta Hindiston tuprog'iga bostirib kiradilar.
V asr oxirida bo'lsa eftal podsholaridan biri To'ramon (490-515) markaziy Hindistondagi Malava muzofotini, Guptalar davlatining davlatining katta qismini bosib oladi. Shu tariqa Shimoliy Hindiston, Pokiston, janubi-sharqiy Afg'oniston hududida yangi yarim mustaqil eftallar davlati tashkil topgan.
Taxminan 510-yilda taxtga o'tirgan To'ramonning o'g'li Mihirakula Panjobdagi Shakala shahri (hozirgi Sialkot)ni poytaxt qilib oladi.
Mihirakula nomini ba’zi tadqiqotchilar turkiy ≪Mitra (hind xudolaridan biri) quli≫ deb talqin qiladilar. Hindistonda Eftallarning yarim mustaqil davlati oliy eftal hukmdorlariga ma’lum darajada qaram bo'lgan. Markvartning fikricha, oliy fetal hukmdorlarining qarorgohi Buxoro yaqinidagi Poykandda bo'lgan.
Eftallar Kushon imperiyasini qariyb batamom tikladilar, ba’zi joylarda esa o‘z hududlarini imperiya chegarasidan ham tashqariga chiqarib yubordilar. Eftallarning yurishlari, jamoaurug'chilik va harbiy-quldorehilik an’analarini mustahkamladi hamda feodal inqirozi jarayonlarini to‘xtatib qo‘ydi va shu yo‘l bilan O’rta Osiyoning feodallashish jarayonini, shubhasiz, sekinlashtirib qo'ydiki, buni keyingi voqealarda ham ko'rish mumkin.
Eftallar davlati mustahkam emas edi. Bu davlatning yemirilishida ham ichki, ham tashqi kuchlar ishtirok etdi. Ma’lumki, Eftallar hukmronligi ostida bo‘lish Sug'dning zamindor va savdo aristokratiyasi uchun malol kelardi va bu aristokratiya eftal davlatining tashqi dushmanlari bilan maxfiy aloqa qilib turardi. Mihirakula, taxminan, 528-yilda yoq hind knyazlarining birlashib hujum qilishlari natijasida Panjobdan ajraladi va faqat Kashmir ustidangina ma’lum vatqga qadar hukmronligini saqlab qoladi.
VI asrning 60-yillarida yaqindagina juan-juanlarga xiroj to‘lab kelgan urxun turklari juan-juanlar xoqonligini tor-mor keltirib, Markaziy Osiyoda o'zlarining yangi qudratli varvar imperiyasi bilan maydonga chiqqan va Sharqqa tomon chuqur ijtimoiy-siyosiy inqrozni boshidan kechirgan Xitoyga qarshi hamda g'arbga tomon Sharqiy Turkiston va Yettisuvga qarshi keng ko'lamdagi ekspansiyani avj oldirib yuborgan bir vaqtda Eftal imperiyasining so'nggi soatlari yetib keldi. 563- va 567-yillar O’rtasida Kavodshoh vorisi Xisrav Nushiravon va Sug'd aristokratlari bilan ittifoq tuzgan turklarning zarbalari natijasida bu imperiya qulaydi.
Hindiston Eftallarining tangalari Xorazm tangalariga o'xshatib zarb qilingan: qalpoqcha bilan yarim oy tasviri hamda tanganing o'ng tomonidagi tamg'a Xorazm tangalarinikiga juda o'xshash, faqat ancha qo'pol ishlanganligi bilan farq qiladi.
Eftallar VI asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyoning katta qismini birlashtirgan kuchli davlat tuzadi. Qisqa vaqtda bo'lsa-da, o'z davlatining asosiy o'zagini tashkil etgan Tohariston yerlarini Sosoniylar Eroniga qaramlikdan saqlab qola oladi. 563-567-yillarda Turk xoqonligining hujumi tufayli Eftallar mag'lubiyatga uchraydi, ammo eftallar hukmronligi Shag'oniyonga saqlanib qoladi. 571-yil Eftallar davlati hududi Eron va Turk xoqonligi tomonidan bo'lib olinadi. Amudaryo chegara bo'lib qoladi.

Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Zaiflashib borayotgan Qang‘ davlatidan birinchi bo‘lib Xorazm ajralib chiqadi. Uni mahalliy afrig‘iylar sulolasiga mansub xorazmshohlar idora qila boshlaydi. III asr O’rtalarida Xorazm davlatining poytaxti hozirgi Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida joylashgan qadimgi Tuproqqal’a shahar xarobasining o‘rnida bo‘lgan.
Milodiy 305-yilda Xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Xorazmning qadimgi Kat shahriga ko‘chiradi. Kat qayta tiklanib, shoh o‘ziga yangi saroy qurdiradi. 305-yildan boshlab, Xorazmning afrig‘iy shohlari kumush tangalar zarb etganlar. Tangalarining oldi tarafiga shoh surati, orqasiga esa suvoriy surati tushirilgan. Kumush tangalarning zarb etilishi mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarini mustahkamlagan. Hukmdorlar “Xorazmshoh’ unvoniga sazovor bo‘lishgan. “Xorazmshohlar” unvonini dastlab “siyovushlar sulolasi” tomonidan qabul qilingan. III asrda Xorazm hududida bir nechta mayda hokimliklar mavjud bo‘lgan. Tuproqqal’adan qo‘lida burgut qo‘ndirilgan tojdor hukmdor yoki Anqaqal’a yaqinidan esa qo‘lida lochin tutgan tojdor kishi tasviri tushirilgan tanganing topilishi, shubhasiz, hukmronlik ramzidan dalolat beradi. Xorazmda sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik, chor- vachilik va savdo-sotiq, ilm-fan, san’at, xususan, haykaltaroshlik yuqori darajada rivoj topgan
V-VI asrlarda mamlakatimizda yuz yildan ortiq davr davomida eftallar sulolasi hukmronlik qildi. Davlatni boshqarishda o'tmishdagi dongdor sulolalardan qolishmaganlar, aksincha, so'nggi Kushonlar zamonida bosh-boshdoqlik yo'liga kirgan mamlakatni birlashtirib siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlar va tashqi aloqalar taraqqiyotini an’anaviy yuksak darajada tutib turishga bosh-qosh bo'lgan.
So‘nggi yillarda olib borilgan qazishmalar natijasida topilgan juda ko‘plab arxeologik topilmalar Amudaryo O’rta oqimining o‘ng va chap qirg‘og‘i aholisining mil.avv. III-II asrlardagi o‘zaro aloqalaridan darak beribgina qolmay, bu yerlarni Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirganligidan dalolat beradi. E.V.Rtveladzening fikricha, mil.avv. 250-140/130 yillar davomida Yunon-Baqtriya davlati mustaqil davlat sifatida mavjud bo‘lib, bu davrda Diodot, Yevtidem, Yevkratid, Geliokl kabi podsholar hokimiyatni boshqarganlar. Mil.avv. II asrning ikkinchi yarmiga kelib ko‘chmanchilar zarbalari va o‘zaro taxt uchun kurashlar natijasida Yunon-Baqtriya davlati inqirozga uchradi.
Baqtriyaning Ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi haqida yozma va arxeologik ma’lumotlar nisbatan ko‘pchilikni tashkil etadi. Arxeologiya ma’lumotlariga ko‘ra, milloddan avvalgi I ming yillikning O’rtalariga kelib, Amudaryodan kechuv joyida va daryo yoqalab yo‘llar bo‘yida qal’alar (SHo‘rtepa, Talashqon, Termiz, Xirmontepa) bunyod etiladi. Bu holatni olimlar Ahamoniylar ma’muriyatining Baqtiriyadan Sug‘dga o‘tuvchi yo‘llarni qattiq nazoratda tutgan bo‘lishi mumkinligi bilan izohlaydilar. Bu davrga kelib Baqtriya aholisi joylashuvida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Bronza davrida o‘troq dehqonchilik manzilgohlari asosan Baqtriyaning shimoli-g‘arbida markazlashgan bo‘lsa, keyinroq bu ko‘lam kengayib shimoli-sharqiy qismlarni ham qamrab oladi. Tog‘ oldi hududlaridagi vohalarda aholi turmush tarzi yanada qizg‘inlashib borgan bo‘lsa, Surxondaryo, Konfirnihon, Vaxsh, Yavansuv atroflarda yangi vohalar o‘zlashtiriladi.

Download 70,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish