O’zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti arxivshunoslik yo’nalishi sirtqi ta’lim


II BOB. KIDARIYLAR VA EFTALLARNING DAVLAT BOSHQARUVI



Download 70,9 Kb.
bet5/7
Sana14.04.2022
Hajmi70,9 Kb.
#549744
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AFRIG\'IYLAR, XIONIYLAR, KIDARIYLAR VA EFTALLAR DAVLATLARIDA DAVLAT - Axmadaliyeva (Akbaraliyeva) Odina

II BOB. KIDARIYLAR VA EFTALLARNING DAVLAT BOSHQARUVI
2.1.. Kidariylarning O'rta Osiyoga kirib kelishi va davlat boshqaruvi
≪Oq xunnlar≫ deb hisoblangan yana bir xalq kidariylar bo'lib, ular Toharistonni egallaganlar, deb yozadi V.A. Shishkin. Ma’lumki, III -V asrlar O’rta Osiyo tarixi yozma manbalarda mavhum yoritilgan davr hisoblanadi. Shuning uchun bu davr voqealari umumiy ko'rinishda va xususan, faqat gipotetik me’yorda tiklanadi. Bugungi kunga qadar, ko'pgina muhim masalalar noaniqligicha qolmoqda va ularning barchasini ham keljakada arxeologik ma’lumotlar asosida yechib bo'lmaydi. Ushbu muammolar qatorida turgan aniqrog'i, kidariylar kimlar, O’rta Osiyo davlatchilik tarixida kidariylarning tutgan o'rni qanday bo'lgan degan masalalarni hal qilish ancha mushkul.
V asrning 20-yillarida Xorazm hamda Amudaryo havzasiga Sharqdan Sirdaryo va Orol bo'ylari orqali yana bir ko'chmanchi chorvador aholi - kidariylar (yuechji yoki toharlarning avlodi) kirib keladi. Toharlar kushonlarning avlodlaridan biri bo'lib, Kidar ismli hukmdor ularga yo'lboshchi edi. Shu boisdan manbalarda ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi.
Akademik K.Shoniyozovning fikriga ko'ra, Xitoy voqeanavislarining axborotlaridan tahmin qilib aytish mumkinki, kidariylarning etnik tarixi kichik yuechjilar bilan bog'liq bo'lishi kerak. Xitoy voqeanavislarining ma’lumotlariga qaraganda mil. avv. II asr O’rtalarida xunnlardan talafot ko'rgan yuechjilarning katta bir qismi dayuechjilar (katta yuechjilar) yashab turgan, Tangritog' tog'larining shimoli-sharqidagi hududlarini tashlab janubga Daxa (Toxariston) yerlariga borib o'rnashadilar.
Ana shu yuechjilardan milodiy II asrda Kushonlar sulolasi vujudga keladi. Yuechjilarning qadimgi joylarida (Tarbag'atay va Sharqiy Turkistonda) qolgan qismi kichik yuechji deb nomlangan.
Kichik yuechjilar, qo‘shni jujanlardan ko‘p iztirob chelckach, 417-418-yillari o'z vatanlarini tashlab, qariyb besh asr oldin ketgan ajdodlari o'rnashgan hududlarga kelib joylashadilar, qarorgohlari Boloqo‘rg‘onida bo'lgan.
Kidariylar davlati hududida turli tilli qabilalar yashagan. Mo‘g‘ul qabilalari ko‘p sonli turkiy qabila va urug'lar ta’sirida turkiylashganlar, ularning tili va urf-odatlarini qabul qilganlar.
418 - 419-yillarda jujanlar bilan O’rta Osiyolik xunnlar va yuechjilar O’rtasida urush qaytadan boshlanadi. Ushbu urush sanasi quyidagicha aniqlangan:
Yueban bilan jang olib borgan Datan 414-yilda taxtga o'tiradi va 415-yilda Xitoyga bosqin uyushtiradi, demak o'sha chog'da u sharqi bilan band bo'lgan. Xitoyga navbatdagi yurish 424-yilda sodir bo'ladi. Demak, Yueban bilan urush mana shu sanalar oralig'ida bo'lgan. Sanani yanada aniq belgilash uchun numizmatik ashyolardan foydalanildi. 417-yilda Kidara nomi bilan tanga zabt etilganiga qaramay, qadimshunos S.K.Kabanov Kidariy podshohligiga 420-yilda asos solingan deb hisoblaydi.
Jujanlar Tarbag'atoyga suqilib kiradilar va bu yerda shunday bir vahimali qirg'in tashkil etadilardiki, Katta yuechjilar podshosi avlodining o'g'li, yuechjilarning katta bir guruhi rahnamosi Tsidolo (Kidolo), jujanlar bilan to'qnashuvdan keyin, Oltoy tog'lari va Sharqiy Turkiston hududidan janubi-g'arbga siljib, 418-yilda Qarshi vohasida Bolo (Naxshab) shahrini ishg'ol qilib, o'z qarorgohiga aylantiradi. Bu yerda u forslar va eftallarga to'qnash keladi.
Yangi hududga kelib ham kichik yuechjilar tinch yashay olmaydilar. Ular bu yerlarda mavjud bo'lgan siyosiy kurashlar girdobiga kirib, eftallar bilan ittifoqda Eron Sosoniylari bilan urushadilar. Shu davrlarda (V asrning 20-yillarida) Kushon davlatining hokimiyati kichik yuechjilar qo'liga o'tgan ham bo'lishi mumkin. Ammo ular uzoq hukmronlik qila olmaganlar.
Sosoniylar zarbasidan qattiq talafot ko'rgandan keyin sarkarda Tsidolo boshliq yuechji harbiy kuchlari va urug'doshlari bilan Toharistondan chiqib Afg'onistonning janubi-sharqiy viloyatlariga borib o'rnashadilar. Bu yerda ular Tsidolo (Kidolo) - hokimiyatini o'rnatib,≪Kidoro kushon Sha≫ (Kidoro kushonlar shohi) degan yozuv bilan tanga (pul) zarb qilganlar.
Bundan maqsad, Tsidolo boshliq bir guruh yuechji kushonliklar Movarounnahrni tashlab ketgan bo'lsalar ham o'zlarini kushon xonadonidan chiqqan - podsho hisoblab, o'zga yerda ham ancha vaqtlargacha kushon podsholigining vorislari deb kelgan bo'lsalar kerak.
424-yildan boshlab Tsidolo Hindistonga yurish qilib uning shimolidagi viloyatlarining talay qismini egallashga muyassar bo'lgan. Ushbu voqealar yoritilgan ≪Shimoliy xonadonlar tarixi≫ Bey Shida ≪Yuechjilarni Tsidolo boshliq botir davlat boshlig'i Hindistonga yurish qilib (uni) beshta davlatini ishg'ol qiladi≫, deb axborot berilgan. Ammo bu kichik davlatlarni tez vaqt ichida hindlar qaytarib oladilar. Lekin Hindistonning shimolidagi ba’zi viloyatlar bir qancha vaqtlargacha kidariylar qo'lida qoladi.
Keltirilgan ushbu ma’lumotlardan ma’lum bo'ladiki, kidariylar Kushon davlatining inqirozga uchrayotgan bir davrda 420-yili hokimiyatni qo'lga olib, to 468-yilgacha Movarounnahr va Toharistonda hukmronlik qilganlar. Keyinchalik ularning hukmronligi kichik yuechjilarning sardori Tsidolo (Kidolo) nomi bilan Kidara (Kidarit) deb atalgan. Kidarani qo'llab-quvvatlagan, sadoqatli qabiladoshlarining bir guruhi shu shaxs (Kidolo) nomi bilan kidariylar deyilgan bo'lishi ham mumkin. Qanday bo'lishidan qat’i nazar kidariylarning kelib chiqishi kichik yuechjilar bilan bevosita bog'liqligi tarixiy haqiqatga yaqindir.
Kidara safdoshlari - kidariylar tarixda etnik nomlari bilan emas, balki o'z rahnamolarining nomi bilan atalib qolmoqdalar.
456-yilda sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchragan kidariylar o‘zlarini qayta o'nglab ololmaydi. Ayni shu vaqtda ular shimoldan O’rta Osiyo tomon siljigan yana bir ko'chmanchi chorvador aholi - eftallar bilan to'qnashadi. 468-yili Eron shohi Pero'z kidariylar poytaxtini egallaydi. Natijada, O’rta Osiyoda hukmronligini barqaror mustahkamlab olishga ulgurmagan kidariylar mamlakatni tark etib, janubga chekinib, Shimoliy Hindistonga bostirib kiradilar va uning besh davlat hududini egallaydilar. Ular Hindistondagi Gupta davlatini o'ziga bo'ysuntirib, u yerda 75 yil hukmronlik qilishadi. Shimoliy Hind yerlarini egallagach, 477-yilda hatto, Ganxara viloyatidan Xitoyga ham o'z elchilarini yuboradi.
Kidariylar davlatida VII asrdan boshlab hukmdorlar Daxe urug'idan, 874-yildan 9O6-yilgacha Yaolyan urug'idan, 9O6-yildan boshlab Elyuy urug'idan bo‘lganlar.



Download 70,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish