O’zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti arxivshunoslik yo’nalishi sirtqi ta’lim


I BOB. AFRIG’IYLAR VA XIONIYLAR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI



Download 70,9 Kb.
bet3/7
Sana14.04.2022
Hajmi70,9 Kb.
#549744
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AFRIG\'IYLAR, XIONIYLAR, KIDARIYLAR VA EFTALLAR DAVLATLARIDA DAVLAT - Axmadaliyeva (Akbaraliyeva) Odina

I BOB. AFRIG’IYLAR VA XIONIYLAR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI
1.1. Afrig'iylar davlatining tashkil topishi va davlat muassasalari tarixi.
Milodiy III asr O’rtalarida Kushon imperiyasidagina emas, balki butun O’rta Sharqda katta siyosiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Kushonlar imperiyasi bilan bir vaqtda Parfiya arshakiylarining hukmronligi yemiriladi. Eronda davlat boshiga sosoniylar sulolasi keladi va u O’rta Osiyoning bir qismini o‘z qo‘l ostiga oladi.
Bu davrda Xitoy imperiyasining ham yemirilishi boshlanadi. III asrda Xorazmda Kushonlar bilan kurashda g'olib chiqqan siyosiy guruh afrig'iylar sulolasiga asos solinadi. Bu yangi sulola Tuproqqal’aga tayangan holda o'z hokimiyatini dastlab vohaning o'ng qirg'og'ida o'rnatadi. Ajoyib tarixiy xazina bo'lgan Xorazmshohlar qarorgohi Tuproqqal’a alohida diqqatga sazovordir, deb qayd etadi elshunos olim Iso Jabborov.
Tuproqqal’a xarobalarini tekshirish uning haqiqatan ham katta davlat tayanchi - shohlar qarorgohi bo'lganligini ko'rasatadi.
Sulton Uvays toglarining janubrog‘ida, qadimiy qal’alar rayonida topilgan bu ajoyib yodgorlik 17,5 gektar maydonni (500x350 m.)ni ishgol etadi. Ko‘rinishda to‘g‘ri burchak shaklidagi Tuproqqal’a shimoldan janubga cho'zilgan bo'lib, atrofi katta xom g‘ishtlardan qurilgan qalin va baland devor bilan o‘ralgan. Devorlar bo'ylab juda ko‘p burjlar qad ko‘tarib turadi.
Qal’aning shimoli g'arbida eni ham, bo‘yi ham 180 m. keladigan ikki qavat qilib solingan hashamatli saroy xarobalari ko‘zga tashlanib turadi. Saroyning uchta burji bolib, bu burjlarning balandligi 25 m.ga yetadi. Bu yodgorlikni tekshirish yuzasidan olib borilgan ishlarga asoslanib Tuproqqal’a milodiy III-IV asrlariga tegishli ekanligi aniqlandi. Lekin, qal’ani o‘rganish ishlariga 1945-1950-yillardagina astoydil kirishildi.
Milodiy III asrlarda Xorazmda mahalliy shohlarning tangalari zarb qilinishida Kushon tangalarining siqib chiqarilishi Xorazmning yana ilgarigiday mustaqillikka erishganligini ko'rsatadi. Afrig‘, Ofrig‘ - milodiy IV asr boshida Xorazmni mahalliy afriglylar sulolasiga mansub Xorazmshohlar vakili idora qila boshlaydi. Abu Rayhon Beruniy Afriglylar sulolasiga mansub Xorazmshohlarning 22 tasining nomini keltirgan.
Milodiy 305-yilda Xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Xorazmning qadimgi Kat shahriga ko‘chiradi. Kat qayta tiklanib, shoh o‘ziga yangi saroy qurdiradi. 305-yildan boshlab, Xorazmning afrig‘iy shohlari kumush tangalar zarb etganlar. Tangalarining oldi tarafiga shoh surati, orqasiga esa suvoriy surati tushirilgan. Kumush tangalarning zarb etilishi mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarini mustahkamlagan. Hukmdorlar “Xorazmshoh’ unvoniga sazovor bo‘lishgan. “Xorazmshohlar” unvonini dastlab “siyovushlar sulolasi” tomonidan qabul qilingan. III asrda Xorazm hududida bir nechta mayda hokimliklar mavjud bo‘lgan. Tuproqqal’adan qo‘lida burgut qo‘ndirilgan tojdor hukmdor yoki Anqaqal’a yaqinidan esa qo‘lida lochin tutgan tojdor kishi tasviri tushirilgan tanganing topilishi, shubhasiz, hukmronlik ramzidan dalolat beradi. Xorazmda sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik, chor- vachilik va savdo-sotiq, ilm-fan, san’at, xususan, haykaltaroshlik yuqori darajada rivoj topgan. Xorazm xioniylar, kidariylar, eftallar hamda Turk xoqonligi davrida ham o‘zining siyosiy mustaqilligini saqlab qoladi. Xorazm Vizantiya va turklar bilan diplomatik aloqalar olib borgan.
Afrig’dan keyingi Xorazmshohlardan 22 tasini nomi ma’lum: Ofring, Bug’ra (Bag’za), Shoxassax, Askajamux, Saxr, Sabriy, Askajavar, Saxxasak, Shovushafar, Turkash ota, Abdulloh, Mansur, Iroq, Muhammad, Ahmad, Abu Abdulloh Muhammad. Beruniyning ta’kidlashicha, xorazmliklar tarix olishda eronliklarga ergashib, Kayxusravning (Xorazm) shohlari deb ataluvchi naslidan bo’lgan bir podshoh davrining boshlanishidan tarix oldilar. Nihoyat, Kayxusrav naslidan Afrig’ podsholigi boshlandi. Xorazmliklar Afrig’ va uning avlodi podshohlaridan tarix oldilar.
Ushbu sulola Xorazmda IV-X asrlarda hukmronlik qilgan. Afriglylar sulolasining so‘nggi vakili Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad bolib, u raqibi Urganch amiri Ma’mun ibn Muhammad tomonidan asir olinib oldirilgan. Xorazm Urganch hokimiyati ostiga birlashgan. Ma’mun ibn Muhammad qadimgi Xorazmshoh unvonini qabul qilgan.
Beruniyning yozishicha, 305-yilda xorazmshoh Afrig‘o‘z qarorgohini Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahriga kochiradi. Kat qayta tiklanib, uning yonida joylashgan Alfir qasri ichida shoh o‘ziga yangi saroy qurdiradi. Alfir Xorazm shahri yaqinida loy va xom glshtdan qurilgan uch devorli qal’a bolib, devorlar balandligi jihatidan birinchisi ikkinchisini bosib ketardi. Alfir o‘n mil naridan va undan ham uzoqdan ko'rinib turardi. S.R Tolstovning ta’kidlashicha, bu qal’a Afrig‘ davriga mansub bolib, Afriglylar poytaxtining yagona obidasi sifatida bugungi kunga qadar qad ko‘tarib turibdi va hozir ham u o‘sha poytaxatning nomida.
Afrig‘ yashagan mahal katta tarixiy o‘zgarishlar davri boldi. Xorazmda butun xo‘jalik ijtimoiy tuzum, turmush va siyosiy hayotning keskin sur’atda o‘zgarib ketishiga olib kelgan jarayonlar IV asrdan jadallasha boshladi. Bu ozgarish aholi yashaydigan joyning tamomila yangi toifasi vujudga kelishida yaqqol namoyon boldi. Beruniy ma’lumotiga kola, bu turar joylarning asosi qo‘rg‘on bolgan. Zodagon qatlamga mansub kishilar qo‘rg‘onlarining vahimador istehkomlari dehqonlarning bu ≪qo‘rg‘onlari≫ni bosib, pastda qoldirib ketgan. Yuztacha mahkam istehkomlangan qo‘rg‘onlar janubdan shimolga qarab oquvchi sertarmoq katta ariqning har ikki tomonida yoyilib yotar edi. Hamma qo‘rg‘onlar qudratli mudofaa inshootlari bilan istehkomlangan. Ular baland paxsa devor bilan o‘rab olinib, baland poydevor ustida o‘rnatilgan edi. Qurilish texnikasi ham O‘zgaradi: xom glsht kamroq ishlatiladi va hajmi kichrayadi (Afriglylar glshtining olchami 35x35x8 sm). Glsht hisobiga paxsa devor ko'payadi.
Kattaqo‘rg‘on yirik Xorazm amaldori vakilining turmushi qanday bolganligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Qo‘rg‘onlarda katta oilalar istiqomat qilgan. ≪Kad≫ deya atalgan bu katta oila patriarxal uy jamoasining boshligl ≪kadxudo≫ deb nomlangan. Narshaxiyning va boshqa mualliflarning asarlarida qayd qilinishicha, bunday jamoaga oila a’zolari bilan oilaga qaram bolgan chala huquqli fuqarolar va qullar ham kirgan.
Feodal munosabatlar hali qaror topmagan bolsa-da, biroq nning kelib qolganligi sezilib turardi; amaldorlarning dahshatli qo‘rg‘onlari yirik kanallarning tarmoqlarini quloq boshidan boglb qo‘yib, dehqonlarning qo‘rg‘onlari ustidan hukmronlik qila boshlaydi. Dehqonlar endi o'z qo‘rg‘onlarini tashqi dushmandan ham xavfliroq bo‘lgan katta qo‘rg‘onlarning egalari amaldorlardan o'z ozodligini muhofaza qilishga majbur bo‘ladilar. Bu davr antik hunarmandchilik markazida qadimiy shaharlar inqirozga uchrab, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot qishloqda, mulkdorlarning qo'rg'oni va qasrlari atrofida jonlangan.
Burgutqal’a vohasida olib borilgan qazishmalar vaqtida sertarmoq sug‘orish kanali va ariqlar, dalalarning rejali joylashuvi aniqlangan. Katta-kichik turar joylar to‘p-to‘p joylashgan. Katta yer egalarining qasrlari kanallar boshida bolib, ular suv taqsimotini nazorat qilib turganlar. Xorazmda bu davr istehkomlari asosan paxsadan to'rtburchak tarzda qurilgan, devori burjlar bilan mustahkamlangan, davra yoki to'rtburchak tarhli (so‘nggi mudofaa minorasi) bo'lgan.
Xorazm tarixini chuqur o’rgangan mashhur rus olimi S.P.Tolstov “Qadimgi Xorazm” kitobida antik Xorazm tarixini to’rt davrga bo’ladi:
1. Uy-joy devorlari bo’lgan shahriston madaniyati (miloddan avvalgi VI-IV asrlar)
2. Qanqa (Qang) madaniyati (miloddan avvalgi IV asr - milodiy I asr)
3. Kushonlar madaniyati (milodiy II – II asrlar)
4. Kushon-Afrig’ o’tish madaniyati (milodiy Sh-V asrlar)
Bu davrlarga oid Amudaryoning o’ng sohilida 250 dan ziyod, so’l sohilida 60 ta qadimiy shahar va qishloqlar o’rni topilgan. Qanqaqal’a, Qo’shqal’a, Tuproqqal’a, Jingilja, Toshxirmon singari qal’a va istehkomlar o’rni bunga misol bo’la oladi.
Xitoyning Tan sulolasi davrida (milodiy VII-X asrlar) Xorazmda asosan turkiy qabilalar yashagan. Tanshu solnomasida shunday deyiladi: “Barcha turk elatlari ichida ho’kiz qo’shilgan arava faqat shu erda (Xorazm) uchraydi. Bu aravalarda savdogarlar turli viloyat va elatlarni aylanib, savdo qilib yuradilar.” Bu o’rinda gap Xorazmning savdo-sotiq bilan kun kechiruvchi o’troq aholisi ustida ketyapti. Shu bilan birga Xorazm vohasiga yaqin cho’l va dashtlarda ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi chorvador turkiy qabilalar yashagan.
Eron Axomaniylari shohi Kayxusrav (Kir, Kurush) (miloddan avvalgi 558-530 y.) Xorazm va unga tutash hududlarni bosib olgan. Xorazm miloddan avvalgi 6-5 asrlarda Axomaniylar davlatining 16-satrapligi (viloyati) tarkibiga kirgan. Lekin ko’chmanchi Sak (Massagetlar) qabilasi ustiga hujum qilganida Kayxusrav malika To’marisdan engilib, halok bo’lgan. Xorazm o’z mustaqilligini tiklagan. Miloddan avvalgi III asrda esa u Qang davlati tarkibida bo’lgan.
Xorazm tarixining to afrig’iylar sulolasi asoschisi Afrig’gacha (305 y.) bo’lgan davri haqida ma’lumotlar kam. Faqat qadimda Kayxusrav (mil.av. 1200-1140 y.), Saksafar (mil.av. 519- 517 y.), Farasman (mil.av. 329-320 y.), Xusrav (mil. av. 320 y.) singari xorazmshohlar bo’lganligi, Farasman miloddan avvalgi 328 yilning bahorida O’rta Osiyoga bostirib kirgan makedoniyali Aleksandr (Iskandar) huzuriga muzokara uchun sovg’a-salomlar bilan kelganligi tarixiy manbalarda yozib qoldirilgan.
Abu Rayhon Beruniy afrig’iylar sulolasiga mansub xorazmshohlardan 22 tasining nomini keltirgan. Xorazm davlatining poytaxti dastlab Tuproqqal’a, 305 yildan keyin esa Kot (Kos) shahri bo’lgan. Miloddan avvalgi 4-3 asrlarda Xorazm iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksalib, yirik sug’orish kanallari, yangi shahar va qal’alar barpo etilgan. Hunarmandchilik, san’at, ichki va tashqi savdo keng rivoj topgan. Milodiy IV-VIII asrlarda Xorazm yangi yuksalishni boshdan kechirdi. Burgutqal’a, Uyqal’a, Qumbosganqal’a kabi inshootlar ana shu davrlarda qurilgan.
Xorazmning Etil (Volga) bo’yidan Markaziy Osiyo orqali Mo’g’uliston va Xitoyga hamda Eronga boriladigan savdo yo’llari chorrahasida joylashganligi uning iqtisodiy va ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etgan.
712 yili Xorazmni arablar bosib olgan. Xalifalikning Xurosondagi noibi Qutayba ibn Muslim xorazmliklarning tarixiy adabiyoti va madaniy merosini saqlab kelgan olimlarni qirg’in qilgan va quvib yuborgan. Shu sababli arablar istilosigacha bo’lgan davrdagi yozma tarixiy manbalar deyarli uchramaydi.
Yirik qal’alar (Yakka porson, Qum qal’a, Uy qal’a, Teshik qal’a) mudofaa istehkomlariga ega bo‘lgan. Eng yirik istehkom - Burgut qal’a (maydoni 6 ga.dan oshiq) atrofida shahar vujudga kela boshlagan. Thrar joylar dahliz, asosiy va yordamchi xo‘jalik xonalaridan iborat bo'lgan. Imoratlarning tarxi, qiyofasi aholining ijtimoiy mavqeiga bog'liq bo‘lganligi aniqlangan.
Bu davrda Xorazmning ichki hayotiga oid ma’lumotlarda ham ayovsiz va qonli fuqarolar urushi sodir bolgani qayd etiladi. Bu urushga faqat arab istilosi xotima berdi. Shaharlarning inqirozga yuz tutishi jarayoni shahar hunarmandchiligining avj olib borayotgan tanazzuli bilan uzviy bogliqdir. Agar IV asrda a’lo sifatli qadimiy kulolchilik an’analari hukmron bolsa, V asrda keramika buyumlarining sifati nihoyatda pasayib ketdi.
VII-VIII asrlarda amaliy san’at barbod bolmaydi, balki u qadimgi Xorazmga xos bolgan o'z ommaviyligini yo'qotadi va oqsuyaklarning tor doirasidagina mansub bolib qoladi. Afriglylar davri oxiriga kelib shaharlarning tanazzulga yuz tutishi oqibatlari arab yozuvchilarining VIII asr boshida Xorazmning istilo qilinishi to'g'risidagi hikoyalarida yaqqol aks etgandir. Taboriyning ma’lumotlariga ko'ra, 712-yili Xorazmda bor yo'g'i uchta shahar bo'lgan. Bular - poytaxt Kat (Fil), Hazorasp va aftidan, Urganch bolsa kerak.
S.P. Tolstovning ta’kidlashicha, Xorazmning bu davrda siyosiy jihatdan bo'linishi to'g'risidagi ma’lumotga ega emasmiz. Xorazm yaxlit bir mulk bolgan va umumiy siyosiy manzarada birmuncha alohida o'rinni ishg'ol qilgan bolsa kerak. Biroq, bu yerda ham ichki siyosiy aloqalar susayib ketganligi sezilib turardi:
Tabariy Xorazmshoh bilan bir qatorda unga bo'ysungan ≪podsholar≫ (arabchasi ≪mulk≫) to'g'risida ham gapiradi.
Ilk arab manbalari bilan ayni davrga mansub bolgan xitoyliklarning Tan sulolasi yilnomasi ≪Tan Shu≫ kitobida imperator Yunvey davrida (650-655) mamlakatda Varuhman hokim bolgan deb yozilgan. Bu mamlakat tarkibiga to'qqizta hokimlik:
Samarqand (Kan, Samokyan), Buxoro (An), Kabudan (Tsao), Shosh (Toshkent), Maymurg' (Mi), Kushoniya (Xo), Vardana (Markvart ≪Modi≫ deb o'qishni taklif qilgan edi), Kesh (She) va Xorazm kirganligi qayd qilinadi. Hokimliklarning hukmdorlari (≪to'qqiz oila≫) bir sulolaga mansub bolib, xitoyliklar bu sulolani Shjaovu deb ataganlar. Bu an’anaviy birlashmada Samarqandning siyosiy jihatidan mavqei ustun bolganligi to'g'risida hech narsa deyilmagan. Aksincha, Tabariy va Ya’qubiylarning yakdillik bilan shohidlik berishlaricha, ittifoqqa o'xshash bir narsani tashkil etgan, xolos. Movarounahrning podsholari favqulodda biron hodisa ro'y berib qolgandagina Xorazm yaqinidagi Kandakin shaharida to'planganlar. Bu o'rinda Xorazm deganda butun bir mamlakatni emas, balki uning poytaxtini (Katni-Firni) tushunish to'g'riroq bolsa kerak; ilk musulmon manbalarida ko'pincha Xorazm so'zi uning poytaxti ma’nosida ham ishlatilgan. Bu hoi Kandakinni Xorazm chegarasida joylashgan bo'lishi kerak, deb taxmin qilish imkonini beradi.
Xitoyliklarning xabarlarida esa Samarqandning Kangyuy ittifoqidagi rasmiy emas, balki amaliy ustunligi nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. Darhaqiqat, Samarqand Movarounnahrning eng yirik iqtisodiy markaziy sifatida bu ittifoqda yetakchi mavqeni egallagan.
Ma’lumki, O’rta Osiyoning IV va VIII asrlar orasidagi, ya’ni Kushon davlatining qulashidan tortib arablar istelosigacha bo'lgan davrdagi tashqi siyosiy tarixi shiddatli voqealar bilan to'lib toshgan.
Xorazm taxminan II va III asrlar chegarasidayoq zaiflashgan lcushonlarning faqat rasmangina saqlanib qolgan gegemonligidan ozod bo'lib, o'z mustaqilligini saqlab qoldigina emas, balki numizmatika ma’lumotlari va Tuproqqal’ani qazish vaqtida to'plangan materiallarni tahlil qilganda, III asrda hatto o'zining siyosiy mavqeini mustahkamlaydi va qadimiy madaniyatini yuksaltirisli yo'lini davom ettiradi. Biroq, Afrig' zamoni bo'lgan IV asr boshida Xorazmda ham inqiroz alomatlari namoyon bo'ladi. Xorazm toifasidagi, biroq har xil tamg'alari bo'lgan turli-tuman mayda mis chaqalar shu davrda paydo bo'lgan. Xuddi shu vaqtlardan boshlab Xorazmning Afrig'iy podshohlari betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etib, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarida mustaqil bo'lib oladilar. Bu chaqalarning paydo bo'lishi mamlakat siyosiy hayotidagi bizga qorong'u bo'lib qolayotgan allaqanday o'zgarishlarga shohidlik qiladi, namoyon bo'la boshlagan siyosiy tanazzul to'g'risida xabar beradi.
Xorazmdagi IV-VIII asrlarga oid Afrig'lar sulolasi nomi bilan bog'liq madaniyat yodgorliklari 1937-1940-yillarda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspedisiyasi tomonidan o'rganilgan. Ushbu madaniyat shakllanishida qo'shni ko'chmanchi qabilalar muhim rol o'ynagan.
Afrig‘iylar madaniyati - Xorazmdagi 4—8-asrlarga oid madaniyat, afrig‘iylar sulolasi nomi bilan bog‘liq. Afrigʻiylar madaniyatiga oid yodgorliklar 1937—40 yillarda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tomonidan o‘rganilgan. Afrigʻiylar madaniyati shakllanishida qo‘shni ko‘chmanchi qabilalar muhim rol o‘ynagan. Bu davrda antik hunarmandchilik markazi — qad. shaharlar inqirozga uchrab, siyosiy, 795iqtisodiy va madaniy hayot qishloqda, mulkdorlarning qo‘rg‘oni va qasrlari atrofida jonlangan. Burgut qal’a vohasida olib borilgan qazishmalar vaqtida sertarmoq sug‘orish kanali va ariqlar, dalalarning rejali joylashuvi aniqlangan. Katta-kichik turar joylar to‘p-to‘p joylashgan, katta yer egalarining qasrlari kanallar boshida bo‘lib, ular suv taqsimotini nazorat qilib turganlar. Xorazmda bu davr istehkomlari asosan paxsadan to‘rtburchak tarxda qurilgan, devori burjlar bilan mustahkamlangan, davra yoki to‘rtburchak tarhli (so‘nggi mudofaa minorasi) bo‘lgan. Yirik qal’alar (Yakka Porson, Qum qalʼa, Uy qalʼa, Teshikqala) mudofaa istehkomlariga ega bo‘lgan. Eng yirik istehkom — Burgut qalʼa (maydoni 6 ga dan oshiq) atrofida shahar vujudga kela boshlagan. Turar joylar daxliz, asosiy va yordamchi xo‘jalik xonalaridan iborat bo‘lgan. Imoratlarning tarhi, qiyofasi aholining ijtimoiy mavqeiga bog‘liq bo‘lganligi aniqlandi.Harobalardan mis tangalar, jez, qo‘lda va charxda yasalgan sopol idishlar (xum, ko‘zacha) siniqlari, bezak buyumlari, temirdan yasalgan dehqonchilik va hunarmandchilik qurollari (ketmon, o‘roq, pichoq va boshqalar), shoyi, ip, jun gazlama parchalari, uch parrakli temir paykonlar, xanjarlar, yorg‘uchoqlar, tegirmon toshlari, yozma yodgorliklar topilgan. Marhumlarni ostodon (sopol tobut)larda ko‘mish rasm bo‘lgan. Tarixiy manbalarda 8-asrga oid Kat, Hazorasp, Urganch sh. eslatib o‘tilgan

Download 70,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish