Axborot xavfsizligi va shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish. Ma'lumot to‘plamlarini Internet tarmog‘ida ochiq taqdim qilish jarayonlarini tartibga soluvchi masalalar ushbu ishda ko‘rib chiqilmagan, ammo shuni ta'kidlash kerakki, ushbu tashabbusda ishtirok etuvchi davlatlar prosedura qoidalarini belgilovchi o‘z qonun hujjatlariga ega. Bu borada O‘zbekistonda esa "Davlat siri to‘g‘risida" 1993 yil 7 maydagi va “Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida” 2019 yil 2 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga amal qilish lozim. Dastavval, ma'lumotlarni ochiq axborot tizimida taqdim etish imkonini berish uchun axborotni baholash kontekstida ma'lumotlarning tayanch klassifikasiyasini aniqlab olish zarur. Ularni quyidagicha klassifikasiyalashimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |