Ijtimoiy-madaniy ta'siri. Ochiq ma'lumotlarni taqdim qilish samarasini davlat organlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligi oshishi, ularni nazorati va monitoringi orqali fuqoralik jamiyat rivoji va fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda ko‘rish mumkin. Ochiq ma'lumotlar to‘plamlari asosida fuqarolar hayoti va faoliyatini yaxshilashga va ularga qulayliklarni oshiradigan ijtimoiy ahamiyatga ega qo‘shimcha imkoniyatlar beradigan xizmatlar, ma'lumotlar to‘plamini shakllantirish mumkin. Potensial foydalanuvchilar va ekspertlar, shuningdek statistik ma'lumotlarni qayta ishlash sohasidagi mutaxassislarning so‘rovlari asosida ma'lumotlar to‘plamini shakllantirish mumkin. [24]
Do'stlaringiz bilan baham: |