O`zbekiston Milliy Universiteti Mavzu: O`zbek xalq ertaklari



Download 64 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi64 Kb.
#12301
O`zbekiston Milliy Universiteti

Mavzu: O`zbek xalq ertaklari


Bajardi:_____________

Tekshirdi:_________________

Toshkent ….

O`zbek xalq ertaklari
Inson qadim zamonlardan buyon tabiat kuchlarining mohiyatini anglash, ularni о'ziga bo'ysundirish, dunyoda ro'у berayotgan voqea-hodisalarni tushunish, adolat, baxt-saodatni orzu qilgan. Barcha xalqlarning orzu- niyatlari aslida bir-biriga hamohang bo'lsa-da, ularni har bir xalq о'zicha ifodalagan. Xalqlarning ana shu orzu-niyatlari ifodasi о'laroq xalq og'zaki ijodida ertak janri maydonga kelgan. Xalq ertaklari barcha xalqlar og'zaki ijodiga xos qadimiy janrdir. Har bir xalq ertaklarida mazkur xalqning dunyoqarashi, milliy "Ahmadjon bilan Luqmonjon" ertagiga ishlangan rasm xarakteri, sinfiy munosabatlari, turmushi ma'lum darajada о'z ifodasini topadi. Ertaklar hayot haqiqatini xayoliy vа hayotiy uydirmalar asosida tasvirlaganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea-hodisalarning ajoyib-g'aroyib holatlarda kechishi, qahramonlarining g'ayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. Asrlar osha davr tahririga uchrab, sayqallashib, go'zal shakllari, sodda va teran mazmuni bilan bizgacha yetib kelgan ertaklarning badiiy kuchi — ularning xalq orzu- umidlari va turmush haqiqatlari bilan uyg'unligida, kishilarning ruhiyatini о'zida aks ettirishida, kattalarga ham, kichiklarga ham birday yoqimli, qiziqarli bo'lishidadir.

Ertak” atamasi Mahmud Qoshg`ariyning XI asrda yozilgan “Devonu lug`atit turk” asarida “etuk” shaklida uchraydi va biror voqeani og`zaki tarzda ifodalash ma`nosini bildiradi. Ertak so'zining lug'aviy ma'nosi — aytish, aytmoq, hikoya qilmoq ma'nolarini bildiradi. Ertak Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida «matal», Buxoro viloyatining ba'zi tumanlarida «ushuk», Toshkent shevasida «cho'pchak» atamasi bilan nomlanadi. Bundan tashqari, о'zbeklar orasida ertakning hikoya, afsona, о'tirik, tutal kabi atamalari ham uchraydi. Ertaklar hayvonlar haqidagi ertaklar, bahodirlik ertaklari, sehrli- fantastik ertaklar, sarguzasht ertaklar, tarixiy va ijtimoiy-maishiy ertaklar singari guruhlarga ajratiladi.



O'zbek xalq ertaklari, odatda, saj' (nasrdagi qofiya) usulida yaratiladi vа «Воr ekan- da, уо'q ekan, och ekanda, to'q ekan...» singari an'anaviy kirish bilan boshlanadi hamdа «... murod-maqsadlariga yetibdilar», degan an'anaviy tugallanma (xulosa) bilan yakunlanadi. Ertaklarda xalqning badiiy ijodga, boy taxayyuloti (fantaziyasi)ni ifodalashga intilishi aks etadi. Zero, hayotdagi buyuk kashfiyotlar ham, odatda, to'qimalardan, ijodiy tasavvurdan yaraladi. «Uchar gilam», «Zangori gilam» kabi mashhur xalq ertaklaridagi qahramonlar bundan minglab yillar oldin osmonga ko'tarilish, parvoz qilishni orzu qilib, ko'z ilg'amas masofalarni uchar gilamlarda bosib о'tgan edilar. Masalan, uchar mashina — samolyot ayni ana shu sehrli ertak mahsuli, ertaklardagi uchar gilamning hayotdagi aksidir. Albatta, uchar gilam bilan samolyot о'rtasida yer bilan osmoncha farq bor, lekin bunda insonning ko'kka parvoz qilish haqidagi asriy orzu- lari ro'yobga chiqdi.

Shuningdek, ertaklarimizda baxt-saodatli kunlarga erishish, odil podsho, farovon hayot orzusi nihoyatda keng yoritilgan. «Ur, to'qmoq!» ertagida esa kambag'al, sodda chol erkin, farovon hayotni qidiradi. Chol oyog'i singan laylakni davolagani uchun sehrli buyumlar bilan mukofotlanadi. Bu buyumlar cholga yordam qiladi. «Ochil dasturxon» chol bilan kampirni to'уg'izsа, «Gazla, gazim» ularni kiyintirish, «Ur, to'qmoq!» esa zolim podshoni urib, уо'q qiladi va о'rniga kambag'al chol podsho bo'ladi. Xalq ertaklari о'zining teran mazmuni (syujeti) vа katta-kichikka birday tushunarliligi, orzularining beqiyosligi vа niyatlarining olijanobligi bilan barcha yozuvchilar diqqatini jalb etgan. Fransuz yozuvchisi Perro, nemis ertakchilari aka-uka Grimmlar, daniyalik Andersen, rus shoiri Pushkin, о'zbek shoiri Hamid Olimjon vа boshqa ijodkorlar xalq ertaklari asosida adabiy ertaklarning ajoyib namunalarini yaratganlar. Ertaklar barcha davrlarda ham dolzarbligicha qolaveradi. Barcha xalqlarning o'g'il vа qizlari ertaklarni о'qib, ulardan hayot sabog'ini oladi, adolat vа ezgulik tantanasiga ishonch ruhida tarbiyalanadi. Ertaklar barcha kitobxonlarda fikrning mardonavorligi vа xayolotning shijoatkorligini shakllantiradiki, bu ayniqsa, bugungi misli ko'rilmagan ishlar vа kashfiyotlar davrida g'oyat ahamiyatlidir.

Biz yoshligimizdan ertaklar mamlakatida sayr qilishni orzulaganmiz. Shoir Hamid Olimjon aytganidek:

Bolalik kunlarimda,

Uyqusiz tunlarimda,

Ko`p ertak eshitgandim.

So`ylab berardi buvim.

Esimda o`sha damlar,

O`zi uchar gilamlar,

Toxir-Zuxra Yoriltosh,

Oyni uyaltirgan qosh.

O`t bog`lagan qanotlar,

Beqanot uchgan otlar.

Bahtiyor bilan Oygul,

Qiz bo`lib ochilgan gul,

So`ylaguvchi devorlar,

Bola bo`p qolgan chollar.

Buvimning har qissasi,

Har bir qilgan hissasi,

Fikrimni tortar edi,

Havasim ortar edi.
Haqiqatdan, Tohir-Zuhra, Yoriltosh bizni hamisha o`ziga jalb qilgan, havasimizni o`ziga tortgan. Ota-bobolarimiz ham tuyog`idan gavhar sochgan qiyiqlarni ko`rish umidida bo`lganlar. Oxir pirovardida hayoldan o`tkazilgan mo`jiza voqealarni hayotiylashtirish maqsadida g`olib kelib mif, afsona, rivoyatlar zaminida ertaklar yaratila boshlagan. Ertaklar dunyodagi boshqa xalqlar og`zaki ijodida keng tarqalganidek, o`zbeklarda ham ommaiy janr sifatida turli viloyatlarimizda yashaydigan yurtdoshlarimiz tamonidan sevib aytib kelingan. Bu janr o`zbek folklorining epik turiga mansub. Ularda oddiy maishiy hayotda ro`y bergan ibratli voqea hikoya qilingan. Keyinchalik inson fantaziyasi bu hodisalariga har xil to`qima lahvalar qo`shgan va yangi-yangi ertaklar milliy manaviyat hazinasidan o`rin olgan. Bu orzu-havaslar natijasiz bo`lmaydi, albatta. Masofalarni bir zumda bosib o`tish, dunyoning turli burchaklaridagi voqealardan habardor bo`lish niyatlarni ham bo`lib, bugungi kunda raketa, samalyot, aftomabillarning; televizor, masofadan boshqaruvchi texnikaning; qolaversa, telefon-telegrafning kashf etilishiga olib keldi.

Mahmud Qoshg`ariy “Devonu lug`otit turk” asarida biror maqsadni shohga bildirish, hikoya qilish ma`nosini etuk so`zi anglashini yozadi. Olim bu so`z aslida biror narsani hikoya qilishdan olingani haqida habar qiladi. O`zbeklar qadimgi paytlaridagi voqealarni tafsilotlari bilan aytib berishi “ertak’ deb ataganlar. Atamaning qadimiyligini qozoq, qirg`iz, turkman xalqlarida ham bu so`z aynan shu ma`noda qo`llanishidan bilsa bo`ladi. Ertak yurtimizda shu qadar ko`p va hilma-hil mavzularda tarqalganki, ayrim hududlarda uni o`zlaricha ataganlar. Hususan ayrim joylarda “shuk”, “ushuk”, “matal”, “cho`pchak”, “cho`rchak” deb ham yuritilgan. Bizning ertaklar mavzusiga, til vositalardan foydalanish usuliga, voqealar tizimiga ko`ra shartli ravishda uch yirik turlarga bo`linadi:

1.

Hayvonlar haqidagi ertaklar

2.

Sehrli ertaklar

3.

Maishiy ertaklar

Bulardan tashqari ertaklarning bir hil turlari bor bo`lib, ular asosan hajm, mavzu, maqsad jihatidan bolalar folklariga oid ertaklarni tashkil etadi. Afsona, rivoyatlar matnini ijro etishda alohida tayyorgarlik talab qilinmasligini alohida eytib o`tganmiz. Ertaklarni ijro etishda ham maxsus estidodga ega bo`lish u qadar shart emas, ammo halqimizda ertak aytish an`anasi alohida ertaklarning ijrolari jozibasi qiziqishningni kuchaytirishi bilan ajralib turishhini tasdiqlaydi. Qo`qondan Zavonbibi Sarimsoqova, Toshkentdan Sharif Musayev, Xorazmdan Mahfura Sobirova, Andijondan Murodilla Ziyodov, Namangandan Abdullaxo`ja kabi yuzlab mashhur ertaklarning nomlari ular yashagan xudud atrofida mashhur bo`lgan. Ertakchilar o`z ijrolarini alohida vaziyatlarda amalga oshirganlar. Natijada, ertak aytish an`anasi shakllangan. Ular ertak aytishdan oldin oldilariga tuz, isiriq, taroq, supurgi, suv non kabi narsalarni qo`yib chiqqanlar. Ijro davomida esa ulardan ko`rgazmali ashyo sifatida foydalanganlar va ertak ta`sir kuchini oshirishga urunganlar. Ertaklarning kasb-korlari ham ertak mazmuniga aloqador bo`lgan. Masalan: chevar ertakchi aytgan asarlarda chevar; mulla ertakchilar aytgan namunalarda ilmga aloqador qahramonlar ishtrok etgan. Bu bilan ijrochilar o`z kasblarini ham yo`l-yo`lakay targ`ib qilish maqsadini nazarda tutgan bo`lishlari mumkin.
Hayvonlar haqida ertaklar
Miflar mavzusida totem tushunchasi haqida malumotlar bergan edik. Uzoq qadimgi zamonlarda ajdodlarimoz tuya, ot, ayiq, bo`ri, ilon, qaldirg`och kabi hayvon va qushlarni o`zlariga homiy deb bilgnlar. Bu hayvon va qushlar avval miflarda, keyin afsona, rivoyatlarda qahramon sifatida ishtrok etganlar. Ertaklar yaratila boshlaganda esa mazkur an`ana bu janrga ham meros bo`lib o`tgan. Shuning uchun hayvonlar haqidagi ertaklarni yaratilish davrini ularda obraz sifatida ishtrok etayotgan hayvon va qushlar nomgiga voqealar tavsifiga va harakat doirasiga qarab belgilash mumkin. Masalan: “Quyosh yerning pahlavoni” ertagida ona ayiq Rustamni parvarish qiladi, uning hayotida alohida o`rin egallaydi: Rustam va otasi yamoqchi cholga qo`lidan kelganicha yahshiliklar qilib, dushmandan asraydi. O`zbek xalq ertklari haqida mahsus o`rganish ishlarni olib borgan Mansur Afzalov “Ilon o`ga” ertakini alohida ajratib ko`rsatadi. “Ilon kuyov niqobini olsa, insonga aylanadi. Qiz ilonning niqobini kiydirib yuborsa, u kaptar bo`lib uchib ketadi. Ilon og`aning onasi va holasi yalmog`iz kampir bo`ladi.

Ular ilon og`a bilan qiga ko`p to`sqinlik qiladilar. Lekin ilon og`a va qiz o`z tartiblari orqali yalmog`iz kampirni yengib, murod-maqsadlariga yetadilar”. Bu misollarda ayiq va ilonnig yovoiy hayvon sifatida belgisi emas, balki, totem tushunchasi ta`siridagi insonga homiylik qilish hususiyati yetakchilik qiladi. Ma`lum bo`ladiki, qadim zamonlarda totem hayvon sifatida e`zozlanuvchi jonivorlar ishtrok etgan ertaklar bu janrga mansub qadimiy asarlar sifatida baholanish mumkin ekan. Hayvonlar haqidagi ertaklarning yana bir turini ulardagi belgilarni izohlashga atalgan asarlar tashkil etadi. Bunday ertaklarning yaratilishi go`yo qarg`aning nima uchun qora ekanini bilamiz. Boshqa xalqlar og`zaki ijodida ertaklarida ham turli hayvon va boshqa jonzodlarning tashqi ko`rinishi, ularning hususiyatlari haqida ana shunday ertaklar yaratilgani ma`lum. Jumladan, yokut, tuva, qirg`iz ertaklarida bunday holat alohida ko`zga tashlanadi. Tahmin qilamiz mumkunki, dono xalqimiz bu ertaklarni yoki bolalar tomonidan takror va takror aytiladigan “nima uchun ?” savollariga javob tarzda ermak qilib yaratgan. Hayvonlar haqidagi ertaklarning aksariyati bevosita bolalarining yosh hususiyatlarini hisobga olgan holda vujudga kelgan. Ularda bo`rinig vaxhiyligi, tulkining ayyorligi, otning insonga do`st ekani alohida bo`rtirib ko`rsatadi. Ertaklardagi bunday hususiyat ko`proq marifiy ahamiyatga ega bo`ladi. Biz bilamizki, yosh bolalar yavoiy hayvonlarni faqat rasmlarda, hayvonot bog`larida ko`rganlar. Fikr yuritilayotgan asarlar bu hayvonlar haqida bola tassavurini kengaytiradi, aniqroq ma`lumotga ega bo`lish imkonini beradi. “Ikki boyqush”, “Ilonnig ishi zaxar solmoq” , “Qarg`a bilan ko`zi’ kabi asarlar shular jumlasidandir. Hayvonlar haqidagi ertaklarning ayrimlari majoziy mazmunga egadir. Bunday ertaklarda ishtrok etadigan qahramonlar hayvon, qush bo`lsa ham asar mazmuni bevosita insonlar o`rtasidagi munosabatni izohlashga qaratilgandir. Jumladan, do`stlining inson hayotida ahamiyati, yahshilika hayotda hamisha ham yahshilik qaytmasligi yoki aql-idrok vositasida har qanday mushkul vaziyatning yechimini topish mumkunligini aks ettiradi. “Susambil”, “Tulki bilan bo`ri”, “Hiylagar bedana”, ertaklari shular jumlasidandir. Masalan, birinchi marta tulki go`sht tishlab ketayotgan bo`riga qaradi: “bo`rivoy qayerdan keliyapsan” deganda, bo`ri: “Popdan” deb og`zidagi go`shtni tushurib yubordi. Aynan shu voqea ikkinchi marta takrorlaganda bo`ri: “G`ichduvondan” deb go`shtni og`zida saqlab qoladi. Kulgili vaziyat bilan yo`qrilgan bunday ertaklarning zaminida isonlarning bir-biriga bo`lgan munosabatlari o`z ifodasini topgan.

Shunday qilib, hayvonlar haqidagi ertaklar asosan, xalqimiz tamonidan to`qimalr asosida yaratilgandir. Ertaklardagi hayvonlarning so`zlashuvlari ularni hayotiylashtiradi. Hayvonlar ko`proq ma`rifiy maqsadni naarda tutgan holda ijod qilingan. Ular qadim zamonlarda ham, hozirgi kunda ham yosh bolalarni hayvonlar olami bilan tanishturuvchi ma`rifiy tarbiyaviy asarlardir.
I l o n s h o h

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim zamonda bir chol bo’lgan ekan. Cholning bir-biridan go’zal uch qizi bo’lgan ekan. Chol bir kuni bozorga bormoqchi bo’libdi va qizlariga:

- Qizlarim, men bozorga ketyapman, sizlarga nima lib kelay ? - depti.

Katta qizi:

- Menga chiroyli kavush olib keling, -depti.

O’rtancha qizi:

- Menga chiroyli oyna olib keling,- depti.

Kichik qizi esa :

- Otajon, menga qip-qizil olma olib kelin, - depti.

Chol bozorga borib, o’z ishlarini bitirgach, katta qiziga kavush, o’rtancha qiziga oyna olibdi.

Kenja qiziga esa axtarib-axtarib sirayam olma topa olmapti. Nihoyat olma qidiribcharchagan chol bir yo’lovchidan:

- Birodar, butun bozorni axtarib olma topa olamadim, qayerdan topsam bo’larkin? – depti. Shunda yo’lovchi:

- E otajon, axtarib ovora xam bo’lmang, xamma olmalar ilonshohning qo’lida, -deb javob beribdi. Kenja qizini o’ksitishni istamagan chol tog’lar orasida yashovchi Ilonshoxning oldiga boribdi va :

- E Ilonshoh mening kenja qizim uchun bittagina qizil olma bergin,-depti.

- Mayli, - depti Ilonshoh, - men senga bitta qizil olma beraman, sen esa evaziga kichik qizingni menga xotinlika berasan.

Chol bu shartfa ko’nmabdi va uyiga borib, bo’lgan voqeani qizlariga aytibdi. Olma olib kelmagani uchun kichik qizi hafa bo’lmapti. Oradan bir qancha vaqt o’tib cholning kichik qiziga Ilonshohdan sovchi kelibdi. Lekin chol qizini ilonga berishga unamay, sovchilarga rad javobini beribdi. Sovchilar bir necha marta kelishib, quruq qaytishibdi. Shunda Ilonshoh shaharga keladigon suvni to’sib, xalqni tashnalikda qoldiribdi. Yosh bolalar, keksalar tashnalikdan xalok bo’la boshlabdilar. Bu xolni ko’rgan kenja qiz:

- Otajon, peshonamda ilonga xotin bo’ish yozilgan ekan, mayli, men roziman, meni Ilonshoh huzuriga olib boring, - depti yig’lab.

Chol ham nailoj yig’lay-yig’lay qizini Ilonshoh huzuriga olib boribdi.Ilonshoh ularni hushnud qabul qilibdi va suv boshiga qilingan to’siqni oldirib tashlabdi. Qiz bilan Ilonshohning to’yi juda dabdabali o’tibdi. To’ydan keyin Ilonshoh ko’rkam va pahlavon bir yigitga aylanibdi. Uni Qoratog’da yashovchi bir jodugar qasdan sehrlab ilonga aylantirib qo’ygan, xamdashu cholning kenja qiziga uylansangina sehrdan halos bo’ladi, deb shart qo’ygan ekan. Yigit shohning o’g’li ekan. U kenja qizning opalarini ham o’z mulozimlaridan ikkita yaxshi yigitga uzatibdi va chol bilan birga qizlarni ham saroyga olib kelibdi. Xammalari umrlarining ohirigacha baxtli va farog’atli yashab, murod-maqsadlariga yetibdilar.

Sehri ertaklar
O`zbek xalq ertaklarning salmoqli qismi sehrli ertaklardan iboratdir. Mashhur va taniqli folklorshunos olilarining tagidlashicha, turli xalqlar ijodida uchraydigan ertaklar orasida eng bir-biriga o`xshah mazmunga ega ekanini sehrli ertaklardir. Bunday ertaklarni ko`pincha asar qahramoniga nimanidir yetishmaslig, qahramonning bu narsaga ega bo`lishi, qandaydir ishni taqiqlash, kuchli raqibning mavjudligi, xavfli safarga chiqish kabi lavhalar birlashtirib turadi. Eng muhumi sehri ertaklarida turli mavzular, afsungarliklar, fantastik tasvirlar yetakchilk qiladi. Chunonchi, Hamid Olimjon <> dostoninig boshlanishida aytgan: “O`zi uchar gilamlar”, “O`t bog`lagan qanotlar”, “Beqanot uchgan otlar”, “Qiz bo`lib ochilgan gul”, “Siylaguvchi devorlar”, “bola bo`p qolgan chollar” kabi misralar aynan sehrli ertaklar tarifiga to`g`ri keladi. Sehrli ertaklarda mifoligik dunyo qarash belgilari alohida, aniq seziladi. Chunki uzoq qadim zamonlarda totem hisoblangan ilon, semurg` va fetsh hisoblangan yer, quyosh, suv kabi tushunchalar an`ana bo`lib mazkur ertaklarga o`tgan. Natijada, “Semurg`”, “Devbarcha”, “Yalmog`iz”, “Mehrigiyo”, “Mohistara”, “Ur to`qmoq” kabi namunalar xalq orasida ajdodlarimizning fantastik hayolga berilish masuli safatida shuhrat topdi. Avvalgi mavzularda qayd etilganizmdek, televideniye, telefon, masofa orqali boshqaraladigan qurilmalar, samalyot, aftomabillarning paydo bo`lish ko`p jihatdan sehrrli ertaklardagi orzular natijasi sifatida boshlanishi mumkin. Sehrli ertaklarning mavzulari xilma-xilligo bilan ham e`tiborni o`ziga jalb qiladi. Ularda turli sarguzashtlar, mo`jizaviy hayot tasviri, adolatning g`alaba qilishi, insonning fazilat madhi keng o`rin olgan. Bunday asarlarda ayniqsa, tasvir san`atlaridan, mubolig`adan qayta-qayta foydalanadi. Eng muhumi tinglovchi yoki kitobxon mubolig`alarming birontasiga shubha bilan qaraylanmaydi. Masalan, “Mohistara” ertakida yuguriyotgan kiyik oyog`I ostidan duru gavharlar sochiladi. “Ota vasiyati” ertagida tutatqi tutulgani zahoti kenja o`g`il qarshisida anjomlangan ot paydo bo`ladi. Ammo bunday mo`jizalarning sodir bo`lishi hech kimda shubha uyg`otmidi. Sehrli ertaklarda tilsimli narsa – pridmet haqida ham fikr yuritilgan. Masalan: daryoga aylangan oyna, changalzorga aylangan taroq kabi tasvirlarga keng o`rin beriladi. Hulosa qilib aytish mumkunki, sehrli ertaklar xalqning nisbatan qadimgi ijod mahsulidir. Ularda inson hayoli naqadar cheksiz ekanini namayon bo`ladi. Shuningdek, ajdodlarimiz turmush qiyinchiliklaridan tashvishga tushgan paytlarida bu asarlar ularga umid bag`ishlagan. Ularda kelajakda ishonch ruhini uyg`otgan. Mazkur ertaklarni so`z san`atining mukammal namunalari sifatida baholash uchun ham asos yetarlidir.
Hayotiy-maishiy ertaklar
O`zbek xalq ertaklari qatorida bevosita kundalik hayotida ro`y berayotgan voqealar asos qilib olingan ertaklar ham bor bo`lib, ular maishiy ertaklar atamasi bilan yuritiladi. Bunday ertaklarda amaliy harakatlar insondagi chegaralangan jismoniy kuch, ilm va hunarga bo`lgan munosabat, shaxsning ma`naviy qiyofasi haqida hikoya qilinadi. Ko`pincha ro`y bergan adolatsizning oxir natijada mag`lubiyatga uchrashi, aqil va dono shaxsning bahtga erishuvchi, haqoratlangan qizning yotug` yu bilan hurmatga ega bo`lish kabi voqea-hodisalar maishi ertaklar mazmuni tashkil etadi. Masalan, “Uch og`a ini botirlar” ertagida Kenja botir saroy g`iybati oqibatida nohaq jazolanadi. Ammo uning sabr, sadoqat bilan qilgan harakatlari o`zining ijobiy natijasini beradi. “Ozodachexra” ertagida Ozodchexra ne-ne malomatlarga qolmadi. Unga yovuz kuch ne-ne tuhmat toshlarni otmadi. Ammo uning chidam bilan adolatsizlikka dosh berishi ham yahshilikka olib keldi. Qizig`i shundaki, maishiy ertaklarda tasvirlangan xodisalar har bir inson hayotida ro`y berish mumkunligi bilan e`tiborni o`ziga tortadi. Maishiy ertaklarning muhum jihatidan biri ularda tarbiyaviy yo`nalishning aniq ifodalanishi bilan ham belgilinadi. Masalan: “Uch og`a-ini botirlar” ertagida mo`ysafid ota o`z o`g`illarini baquvat qilib o`stiradi, ertak yoshlarda har qanday viziyatda imkoniyatlarini to`g`ri baholash va bu imkoniyatdan samarali foydalanish tuyg`usini shakllantiradi. Ota o`z farzandlarini safarga otlantirar ekan, yigit kishinig hayotida zarur bo`lgan yana uchta maslahat beradi: “To`g`ri bo`ling, behavotir bo`lasiz. Maqtanchoq bo`lmang, uyatda qolmaysiz.. Agar ota tarbiyasinig va maslahatlarining mohiyatini tahlil qilsak, ularda haqiqiy hayotga tayyor bo`lishi lozim insonning asosiy fazilatlari aks etganiga ishonch hosil qilamiz. Aslini olganda, ertaklarning to`liq matni uning boshlanishida bayon etilgan nasihat va maslahatlar shartiga bag`ishlangan. Uch og`a-ini botirlar mart, jasur yigit bo`lishi bilan birga ziyrak inson ham edilar. Ularning biron hatti-harakatlarida biz kamchilik topa olmaymiz. Ammo shu bilan birga ular biron harakatni asossiz amalga oshirmaydilar ham. Bu ertakda oddiy xalqning tashvishsiz hayot kechirishga bo`lgan munosabati ham o`z ifodasini topgan.
Hajviy ertaklar

O`zbek xalq ertakchiligida hajviy ertaklar alohida o`rin tutadi. Ular xuddi hayotiy-maishiy ertaklardek, ijtimoiy hayotda real asoslar bol`gan hayotiy uydirmalar zaminiga qurilgan bo`lib, o`tkir satira va yumor asosiy xususiyatini belgilaydi.

Yumoristik ertaklarda dangasalik,o`jarlik,yalqovlik kabi axloqsizlik odatlariga kishilardagi boshqa-bir, qarama-qarshi bo`lgan sifatlar ishchanlik, oqillik, vafodorlik, odoblilikni qarshi qo`yish orqali kulgili holat paydo qilinadi.

O`zbek xalq ertaklarining har biri real voqealikka nisbatan o`ziga xos munosabatda bo`lishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham fantastik uydirma

lar tasviri hayotni aks ettirishning ertakka xos poetik yo`li sifatida namoyon bo`lgan.
Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish