O'zbekiston milliy universiteti "makroiqtisodiyot" kafedrasi


O‘zbekiston eksport salohiyati yuksalmoqda



Download 1,11 Mb.
bet2/7
Sana26.02.2022
Hajmi1,11 Mb.
#470307
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GIR kurs ishi

O‘zbekiston eksport salohiyati yuksalmoqda



Mamlakatimizning barcha hududlarida sanoat korxonalarini tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotning barqaror sur’atlar bilan o‘sishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid qabul qilingan farmon va qarorlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini yanada kengaytirishi va ishlab chiqarishni samarali tashkil etishi yo‘lida keng imkoniyatlarni ochib bermoqda. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakatimizning eksport salohiyati izchil yuksalib bormoqda. “Made in Uzbekistan” yorlig‘i tushirilgan mahsulotlar jahon bozorida keng o‘rin egallamoqda. Xususiy tadbirkorlik subyektlarining mahsulotlarini eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash, ularga har tomonlama ko‘mak berish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugun kichik biznes korxonalari oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, kundalik ehtiyoj mollari, qurilish materiallari, kiyim-kechaklar kabi keng turdagi tovarlarni ishlab chiqarmoqda va tashqi bozorlarga eksport qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ularning tovar va xizmatlarini tashqi bozorga chiqarishda yaqindan ko‘maklashmoqda.
Mazkur jamg‘arma joriy yilning birinchi choragi yakuni bo‘yicha 627 tadbirkorlik subyektiga mahsulot va xizmatlarni eksport qilishda tashkiliy, huquqiy va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatdi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida umumiy qiymati 642 million AQSh dollariga teng eksport shartnomalari imzolanib, ular doirasida 280 tadbirkor 270 million dollarlik mahsulotlarini eksport qildi. Jamg‘arma ko‘magida amalga oshirilgan eksport hajmi o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga ko‘paydi.


Joriy yilning birinchi choragida ushbu jamg‘arma tomonidan ellikdan ortiq tadbirkorlik subyektlariga Germaniya, Rossiya va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishda yordam ko‘rsatildi. Bu tadbirlarda 117,8 million dollarlik eksport kelishuvlari imzolandi. Ular doirasida qariyb 6 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. Joriy yilning yanvar oyida Berlinda bo‘lib o‘tgan “Yashil hafta – 2017” xalqaro ko‘rgazmasida jamg‘arma yuzdan ortiq tadbirkorning tijorat takliflari bilan ishtirok etgan holda jami 16,8 million dollarlik eksport shartnomalarini imzolashda ko‘maklashdi. Moskvada fevral oyida o‘tkazilgan “Prodekspo – 2017” oziq-ovqat mahsulotlari xalqaro ko‘rgazmasida 75 million dollarlik eksport shartnomalari imzolandi.
Qozog‘istonning Ostona shahrida 22-23-mart kunlari tashkil etilgan O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan yuzdan ortiq tadbirkor mahsulotlari namoyishi o‘tkazildi. Ko‘rgazma yakuni bo‘yicha Qozog‘iston bozoriga to‘qimachilik, meva-sabzavot, oziq-ovqat, mebel va qurilish materiallarini yetkazib berish bo‘yicha qiymati 24,4 million dollarlik 18 eksport kelishuvi imzolandi.
Germaniyaning Drezden shahrida joriy yilning 6-martida jamg‘armaning Germaniyadagi vakolatxonasi tomonidan Saksoniya iqtisodiyot vazirligi qoshidagi Iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda Tyuringiya va Saksoniya Savdo-sanoat palatalari hamkorligida “O‘zbekistonda biznes yuritish uchun yaratilgan imkoniyatlar” mavzuida seminar tashkil etildi. Unda Germaniyaning O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik o‘rnatish istagida bo‘lgan qirqdan ziyod korxona vakillari ishtirok etdi.
– Germaniyalik ishbilarmonlarning O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatishga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda, – dedi Saksoniyaning iqtisodiyotga ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘i Peter Notnagel. – O‘zbekiston ko‘plab sohalarda, ayniqsa, savdo va iqtisodiyotda ulkan salohiyatga ega mamlakat. Biz savdo, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, texnika va texnologiyalar sohasida uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatishga tayyormiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining eksportoldi moliyalashtirish va ishonchli hamkor topish bo‘yicha xizmatlari bizda katta qiziqish uyg‘otdi. Mazkur jamg‘armaning Germaniyadagi vakolatxonasi bilan Germaniya bozoriga ho‘l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari yetkazish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish istagidamiz.
Bugungi kunda jamg‘arma tomonidan joriy yilning 19-21-aprel kunlari Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladigan “InterFood” xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasida tadbirkorlarimizning ishtirokini ta’minlash ishlari olib borilmoqda.
Mamlakatimizdagi har bir hududning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ta’sischiligida 85 agrofirma tashkil etilgan. O‘tgan davrda mazkur agrofirmalar tomonidan qariyb 130 million dollarlik eksport shartnomalari imzolandi.
O‘zbekistonda eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Jamg‘arma tomonidan 2017-yilda 374 million dollarlik 776 loyihani amalga oshirish maqsadida tadbirkorlarimizga biznes-reja va boshqa hujjatlarni tayyorlash va bankka topshirishda ko‘maklashish rejalashtirilgan. Yanvar-mart oylarida 12 million 642 ming dollarlik va 35 milliard 579 million so‘mlik 63 loyiha moliyalashtirildi.
O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni rivojlantirish maqsadida jamg‘arma tomonidan joriy yil 3-8-mart kunlari “Daejin Chemical” korxonasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifi tashkil qilindi. “Daejin Chemical” va “Navoiy” erkin iqtisodiy zona direksiyasi o‘rtasida mazkur zonada kosmetika vositalari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish hamda bu mahsulotlarni MDH davlatlari bozorlariga eksport qilishni nazarda tutuvchi Anglashuv memorandumi imzolandi.


Birinchi Prezidentimizning 2016-yil 16-martdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan jamg‘arma Rossiya, Koreya Respublikasi, Italiya, Bolgariya, Shveytsariya, Germaniya va Ispaniyada o‘z vakolatxonalarini ochgan. Ularning asosiy vazifasi marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, xaridorlar topish, mahalliy brendlarning ushbu mamlakatlarda reklamasini ta’minlash, ko‘rgazma, yarmarka, tender savdolari va boshqa tadbirlarda tadbirkorlarning ishtirokini tashkillashtirish, O‘zbekistonga xorijiy importyorlarning tashrifini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarning qonunchiligiga muvofiq talab etiladigan sertifikat va litsenziyalarni olishda ko‘maklashishdan iboratdir.
Bir so‘z bilan aytganda, jamg‘arma tadbirkorlarni tashqi bozor xatarlaridan ishonchli himoyalash, mahsulot turlarini tahlil etish, ularning tashqi bozordagi raqobatbardoshlik darajasini aniqlash va oshirish, xorijdan ishonchli hamkorlar topish va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishga kamarbastadir.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy avtomobillar, telekommunikasiya uskunalari, kompyuter texnikasi, keng turdagi maishiy elektronika mahsulotlari, jahonga mashhur matolaru, ulardan tayyorlanayotgan kiyim-kechaklarga dunyo havas qilmoqda.
Mamlakatimizning barcha hududlarida sanoat korxonalarini tashkil etish, xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining mahsulotlarini eksport qilishni qo'llab-quvvatlash, ularga har tomonlama ko'mak berish, mahsulotlarini eksportga yo'naltirish, qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish borasida olib borilayotgan keng ko'lamli ishlar iqtisodiyotning barqaror sur'atlar bilan o'sishiga, mamlakatimizning eksport salohiyati izchil yuksalishiga xizmat qilayotir.
Darhaqiqat, "Made in Uzbekistan" yorlig'i tushirilgan mahsulotlarimiz dunyo bozorlaridan mustahkam joy olmoqda. Korxonalarimiz jahonga qariyb barcha turdagi tovarlarni – oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, qurilish materiallaridan tortib yuqori texnologiyali zamonaviy texnikalargacha taklif etmoqda. Xalqaro andozalar asosida ishlab chiqarilayotgan bu mahsulotlar yuksak sifati bilan xorijlik iste'molchilarga manzur bo'lmoqda.
Ushbu sohadagi ishlarni yanada rivojlantirish, mamlakatimiz korxonalarini eksport faoliyatiga jalb etish, ularning mahsulotlarini tashqi bozorlarga yo'naltirish, milliy mahsulotlar eksporti salohiyatini yuksaltirishda Prezidentimiz tashabbusi bilan O'zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida tashkil etilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining eksportini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2016 yil 16 martdagi "kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari eksportini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sub'ektlari hamda fermer xo'jaliklari salohiyatini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. Unga muvofiq, jamg'arma ustav kapitali 5,3 mlrd so'mdan 10 mlrd so'm va 2 mln dollarga oshirildi. Jamg'armaga xorijiy davlatlarda o'z vakolatxonalarini ochish huquqi berildi. Mazkur tashkilot xizmatlari uchun to'lanadigan komissiya to'lovlari 3 foizdan 1 foizga tushirildi. Bularning barchasi tadbirkorlarga yanada kengroq moliyaviy ko'mak ko'rsatishga xizmat qilmoqda.
Jamg'arma ko'magida mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari chet ellarda o'tkazilayotgan yirik xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarda faol ishtirok etib, o'z mahsulotlari eksportini yo'lga qo'yish, eksport geografiyasini kengaytirish, xaridorlar topish va shartnomalar tuzishga muvaffaq bo'lmoqda. Xususan, joriy yilning yanvar–iyun oylarida 120 tadbirkor Germaniya, Frantsiya, Turkiya, Turkmaniston, Qozog'istonda oziq-ovqat, to'qimachilik, charm-poyabzal, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida o'tkazilgan qator xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarda ishtirok etdi. Tadbirlar doirasida 59,5 million dollarlik eksport shartnomalari imzolandi.
Ayni paytda "O'zbekengilsanoat" aktsiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda joriy yilning 20-23 sentyabr kunlari Moskva shahrida o'tkaziladigan "Tekstillegprom–2016" xalqaro to'qimachilik mahsulotlari yarmarkasida tadbirkorlarimizning ishtirokini tashkillashtirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.
O'zbekiston eksport salohiyatini yanada oshirish maqsadida xorijiy xaridorlar, yirik xalqaro savdo majmualari vakillarining mamlakatimizning barcha hududlariga tashrifi, tadbirkorlarimiz bilan uchrashuvlari o'tkazilmoqda. Joriy yilning fevral oyida Farg'ona viloyatida Latviya, Qozog'iston, Rossiya va boshqa davlatlarning tashkilotlari, yirik savdo majmualari vakillari ishtirokida davra suhbatlari o'tkazildi. Tadbir doirasida tadbirkorlarimiz tomonidan qiymati 150 million dollardan ortiq bo'lgan eksport shartnomalari imzolandi. May oyida Koreya Respublikasining yirik savdo tarmog'i – "Lotte Mart" kompaniyasi vakillari O'zbekistonda bo'lib, mamlakatimizning oziq-ovqat, to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarida muzokaralar o'tkazdi. Janubiy Koreyaga qovun, gilos, anor va boshqa mahsulotlarni eksport qilish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining eksportini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi 12-16 iyul kunlari Toshkent shahrida o'tkazilgan xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida faol ishtirok etdi. Mazkur yarmarkada ushbu tashkilot ko'magida mamlakatimizdagi oltmishdan ziyod korxona meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bo'yicha qiymati qariyb 490 mln AQSh dollari bo'lgan 65 shartnoma imzoladi.
Hozir jamg'arma tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning turlarini tizimli asosda tahlil qilish, ularning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshlik darajasini aniqlash, eksportga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon va mintaqaviy bozorlardagi talab va ehtiyojga mosligini ta'minlashga qaratilgan marketing izlanishlari olib borilmoqda. Eksportchi korxonalarning imkoniyatlarini o'rganish, muammolarini bartaraf etish, ishlab chiqaruvchilarni eksport faoliyatiga keng jalb qilishga bag'ishlangan uchrashuvlar muntazam o'tkazib kelinmoqda.
Jamg'arma tomonidan amalga oshirilayotgan bunday keng ko'lamli ishlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari mahsulotlarini eksport qilishni yanada kengaytirishga, iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishiga xizmat qilaveradi.


2019 yilning o'tgan 5 oyida Samarqand viloyati tadbirkorlari 140,80 million dollarlik mahsulot eksport qilishdi.
Eksport salohiyati tobora ortmoqda Eksport tovarlari o'tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda (2018 yilning 5 oyida 113,95 million dollar) 26,85 million AQSh dollari yoki 23,6 foizga ko'paygan.
Eksport ko'rsatkichlarini hududlar kesimida saralaydigan bo'lsak eng ko'p mahsulot sotganlardan Samarqand, Jomboy, Urgut va Toyloq tumanlari etakchilik qilmoqda.
Viloyatda tayyorlangan meva-sabzavot va sanoat mahsulotlari asosan 13 ta davlatga eksport qilindi. Sotilgan mahsulotni importyor davlatlar kesimida oladigan bo'lsak, Rossiya 15,3 foizni, Turkiya 13,7 foizni, Xitoy 8,7 foizni, Eron 6 foizni, Qozog'iston 5,6 foizni, Ukraina 4,4 foizni, Belarus 4 foizni, Turkmaniston 3,8 foizni, Ozarbayjon 3,4 foizni, Iroq 3 foizni, Tojikiston 2,8 foizni, Afg'oniston 2,5 foizni, Gruziya 2,2 foizni va boshqalar 24,6 foizni tashkil etdi.
- Xo'jaligimiz 2017 yilda tashkil etilgan bo'lsa-da Turkiya, Rossiya, Belarus, Birlashgan Arab Amirliklari kabi o'ndan ortiq davlatlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yganmiz, - deydi Oqdaryo tumanidagi "Pichoqchi dray Fruts" fermer xo'jaligi boshlig'i Tolibxon Abdujalilov. – Ularga asosan yong'oq, quruq mevalar va dukkakli mahsulotlar eksport qilyapmiz. 2018 yilda 1 million 150 ming dollarlik mahsulot sotgan bo'lsak, bu yil natijani 3 million dollarga etkazishni rejalashtiryapmiz. Qolaversa, turkiyalik hamkorlarimizning 2 million dollarlik sarmoyasi yordamida yong'oqchilik klasteri tashkil etyapmiz. Buning uchun tuman hokimligi tomonidan 30 gektar er maydoni ajratilib, ishlar boshlab yuborildi.
Bundan tashqari, viloyatimiz tadbirkorlari quritilgan meva, plastmassa quvurlar, tuxum, bolalar tagliklarini ham eksportini yo'lga qo'yishdi. Buning natijasida eksport geografiyasi Jazoir, Kuvayt, Chernogoriya, Kipr, Slovakiya kabi davlatlarga kengaydi.


Hozirda albatta davlatimiz tomonidan eksportyorlarga bojxona sohasida berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasida investisiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5495-sonli Farmoniga ko'ra meva-sabzavot mahsulotlariga eksport kontraktlarini "O'zagroeksport" AJ tomonidan e'lon qilingan narxlardan past bo'lmagan narxlar bo'yicha tuzish, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport kontraktini tuzmasdan, "O'zagroeksport" AJ rasmiy veb-saytida qayd etilgan narxlardan past bo'lmagan narxlar bo'yicha invoys asosida bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazish tartibi bekor qilindi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 oktyabrdagi PQ-3978 sonli qarori bilan yuridik shaxslar – meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari meva-sabzavot mahsulotlari eksportini dastlabki to'lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijorat xavflaridan sug'urta polisisiz amalga oshirish huquqiga ega ekanligi belgilandi.
Shu bilan birga yuridik shaxslar meva-sabzavot mahsulotlari eksportidan tushumlarni o'z vaqtida ta'minlamagan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda 100 foizlik oldindan to'lov olish talablari ularga qo'llangan holda nohalol meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilar reestriga kiritishi belgilandi.
Qonunchilikda yana bir yangiliklardan biri O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi "tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5582 sonli Farmoniga ko'ra tadbirkorlik sub'ektlarining eksport kontraktlarini davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qo'yish borasidagi talab valyuta nazorati organlari tomonidan tashqi savdo operasiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali tashqi savdo kontraktlari nazorati va monitoringini saqlab qolish sharti bilan bekor qilindi.


Bu kabi imkoniyatlardan tadbirkorlarimiz samarali foydalanishlari kerak. Ularni qo'llab-quvvatlash, eksport tovarlarini tezda bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazib berish esa bojxonachilarning xizmat vazifasidir.
Navoiy viloyati deganda ko'z oldimizga er osti va er usti boyliklari, ulkan iqtisodiy salohiyati bilan mamlakatimizda alohida o'ringa ega bo'lgan hudud gavdalanadi. Shu boisdan bo'lsa kerak Navoiyni O'zbekistonning oltin sandig'i deb ham atashadi. Viloyatda konchilik, metallurgiya, kimyo, energetika, qurilish materiallari sanoati izchil rivojlangan. Bugun viloyatda yirik sanoat korxonalari faoliyat ko'rsatmoqda. Navoiy kon-metallurgiya kombinati, "Navoiyazot", "Qizilqumtsement", "Navoiy issiqlik elektr stantsiyasi" aktsiyadorlik jamiyatlari va "elektr kimyo zavodi" qo'shma korxonasi shular jumlasidandir.
So'nggi yillarda yurtimizda iqtisodiy sohani rivojlantirishga qaratilgan o'zgarishlar Navoiy viloyatida ham jadal sur'atlarda davom ettirilmoqda. Buning natijasida viloyatda nafaqat sanoat yo'nalishida balki iqtisodiyotning muhim o'zagi hisoblangan qishloq xo'jaligi yo'nalishida ham qator yutuqlarga erishildi. Bugun biz navoiylik tadbirkorlar tomonidan eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlari misolida erishilgan natijalarni tahlil qilishga harakat qildik.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, navoiylik tadbirkorlar tomonidan 2019 yil davomida 25,8 mln. AQSh dollaridan ortiq meva-sabzavot mahsulotlari xorijiy davlatlarga yuborilgan bo'lib, eksport hajmi avvalgi yilga nisbatan 3,3 mln. AQSh dollariga yoki 14 foizga oshgan.

Quvonarlisi, meva-sabzavot mahsulotlarining eksport geografiyasi ham sezilarli ravishda oshgan. Chunonchi, 2019 yil davomida jami 28 ta davlatga bunday turdagi mahsulotlar eksport qilingan bo'lib, Suriya, Hindiston, Estoniya, Janubiy Koreya, Armaniston, Frantsiya, Polsha, Litva, Bolgariya, Ummon kabi davlatlar navoiylik tadbirkorlar uchun yangi bozorlar hisoblanadi.
Mazkur davrda meva-sabzavotlar asosan Qirg'iziston, Qozog'iston, Xitoy, Turkiya, Eron, Rossiya kabi davlatlarga yuborilgan.

Albatta, eksport hajmi va geografiyasining oshishida mamlakatimizda eksportyor korxonalar uchun yaratilayotgan qulayliklar va berilayotgan imtiyozlarning ahamiyati katta. Birgina misol, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 avgustdagi 660-son qaroriga asosan tovarlarni eksport qilishda temir yo'l transporti xarajatlarining 50 foizigacha qismini ma'lum shartlar asosida davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplanishi belgilandi.
Bu yo'nalishda bevosita bojxona tizimida ham qator islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 avgustdagi "mahsulotni eksport qilishda tashish xarajatlarini O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobiga kompensasiya qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 363-son qaroriga asosan, bojxona sohasida vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti joriy etildi. Ushbu institutning mazmun-mohiyati shundan iboratki, endilikda qarorda belgilangan talablarga javob beradigan, tashqi iqtisodiy faoliyatning halol ishtirokchilariga nafaqat tovarlar eksportida balki import operasiyalarini amalga oshirish jarayonida ham soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqi taqdim etildi.


Shuningdek, bojxona organlarida xavfni boshqarish tizimi joriy etilishi natijasida tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflanadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartirishga erishildi. Masalan, avvallari boshqarma tasarrufidagi bojxona postlarida 1 ta bojxona yuk deklarasiyasini rasmiylashtirish uchun qariyb 4 soat vaqt sarflangan bo'lsa, 2019 yilda bu ko'rsatkich o'rta hisobda 1 soat 13 daqiqani tashkil etdi. 2020 yilda esa ushbu vaqt sarfini yanada qisqartirish rejalashtirilgan.
Muxtasar qilib aytganda, bugungi kunda eksportyorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilanib, ushbu yo'nalishda bojxona tizimida ham qator islohotlar olib borilmoqda. Bu kabi islohotlar esa hududlarning eksport salohiyatini oshirishda o'zining ijobiy samarasini beradi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida yurtimizning eksport salohiyati yuksalmoqda.
Mamlakatimiz o'ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda mustaqillikka erishdi. Shu yillari aholi ehtiyoji uchun zarur narsalar chetdan keltirilardi.
O'sha paytlarda O'zbekiston barcha tovarlar bilan o'zini o'zi ta'minlaydi, hali hamma narsa mo'l-ko'l bo'ladi, desa birov ishonmasdi. Bugun bu ayni haqiqat. Bozoru supermarketlarda barcha oziq-ovqat mahsulotlari, iste'mol tovarlari muhayyo. Hamma o'ziga ma'qulini tanlab, saralab oladi.
Mamlakatimiz nafaqat o'z ehtiyojini o'zi qondirmoqda, balki "Made in Uzbekistan" yorlig'i tushirilgan mahsulotlarimiz dunyoga yoyilmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida yurtimizning eksport salohiyati yuksalmoqda. O'zbekiston mahsulotlarining jahon bozoridagi o'rni kengayib borayotir. Korxonalarimiz jahon bozoriga qariyb barcha turdagi tovarlarni – oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, qurilish materiallari, zamonaviy texnikalargacha taklif etmoqda. Xalqaro andozalar asosida ishlab chiqarilayotgan bu mahsulotlar yuksak sifati bilan xorijlik iste'molchilarga ham manzur bo'lmoqda.
Bugungi kunda O'zbekiston umumiy qiymati qariyb besh milliard dollarlik oziq-ovqat, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilmoqda. So'nggi uch yilda tashqi bozorga yo'naltirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari hajmi uch barobardan ziyod oshdi. Mamlakatimiz dunyoning 80 davlatiga 180 turdan ortiq sarxil meva-sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlarni eksport qilayotir. O'zbekiston o'rik, olxo'ri, uzum, yong'oq, karam va boshqa ko'plab meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmi bo'yicha dunyodagi o'nta etakchi davlat qatorida turadi.
Yurtimizda engil sanoat mahsulotlarini eksport qilish ko'lami ham yil sayin kengayib bormoqda. "O'zbekengilsanoat" davlat aktsiyadorlik kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, bugun kompaniya tarkibida uch yuzta korxona faoliyat ko'rsatmoqda. Mazkur korxonalar 2013 yilda umumiy qiymati 2 trillion so'mdan ortiq miqdorda sanoat mahsulotlari ishlab chiqardi. Eksport qilingan mahsulotlar qiymati qariyb 830 million dollarni tashkil etdi.
O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan engil sanoat mahsulotlari Evropa, Amerika, Osiyo va Afrika mamlakatlariga etkazib berilayotir.
– Avvallari xorijiy davlatlar paxtamizni sotib olib, uni qayta ishlab, so'ng tayyor mahsulot holida qayta o'zimizga pullar edi, – deydi "Yagona Hamkor Nuri" korxonasi direktori Sanobar Nosirova. – Istiqlol sharofati bilan o'z yurtimizda tayyor mahsulot ishlab chiqarish, uni jahon bozoriga taklif etish va dunyo tadbirkorlari bilan tengma-teng raqobatlashish imkoniga ega bo'ldik. Misol uchun, korxonamiz yuz foiz paxtadan bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqaradi va ularni bir necha mamlakatga eksport qilamiz. Biz, tadbirkorlarning erkin va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi yo'lida barcha zarur sharoit va qulayliklar yaratib berilayotgani uchun Birinchi Prezidentimizdan minnatdormiz.
Har qanday korxonaning raqobatbardoshligi mahsulot sifatiga qarab belgilanadi. Shu bois mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko'rsatilayotgan xizmatlarning sifati, raqobatbardoshligi va eksport salohiyatini oshirishda xalqaro standartlarga muvofiq bo'lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yurtimiz korxonalarida bunday tizimlarni joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish va ularni o'z vaqtida sertifikatlashtirish ishlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 19 iyunda qabul qilingan "Respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq bo'lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori bu borada muhim dasturulamal bo'lib xizmat qilayotir. Sifat boshqaruvi tizimida amalga oshiriladigan yangi bozor mexanizmi sifatli mahsulot tayyorlashni ta'minlaydi va o'zaro shartnomalarning to'liq bajarilishida iste'molchilar ishonchini yanada oshiradi.
Xorijda safarda bo'lgan hamyurtlarimiz turli shaharlarning ko'chalarida O'zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar ham tez-tez ko'zga tashlanishi odamning ko'ngliga faxr va iftixor tuyg'ularini baxsh etishi haqida to'lqinlanib so'zlaydi.
Ha, bugun avtomobilsozlik mamlakatimiz iqtisodiyotining etakchi tarmog'iga, xalqimizning iftixoriga aylandi.
Hozirgi kunda avtomobillarimiz o'ndan ortiq mamlakatga eksport qilinmoqda. Xorijiy davlatlarda O'zbekiston avtomobil sanoatining 250 dan ortiq dileri faoliyat ko'rsatmoqda. Zamonaviy dizayn va yuqori texnik imkoniyatlarga ega o'zbek avtomobillari iste'molchilar ishonchini qozonib, mamlakatimiz iqtisodiyoti salohiyatini butun dunyoga namoyish etmoqda.
O'zbekistondagi makroiqtisodiy barqarorlik, qulay ishbilarmonlik muhiti, bu borada puxta shakllangan mexanizm xorijiy sarmoyadorlarning qiziqishiga sabab bo'lmoqda. Yurtimizda chet ellik investorlar bilan tuzilgan qo'shma korxonalar sonining yil sayin oshib borayotgani buning yaqqol tasdig'idir. Jumladan, "East Butterfly", "Novopharma Plus", "Global Komsco Daewoo", "Uztex-Tashkent", "Adgomіg" kabi qator qo'shma korxonalarda ishlab chiqarilayotgan yuksak sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar dunyoning turli mamlakatlariga eksport qilinmoqda. Davlatimiz rahbarining 2013 yil 8 avgustdagi "kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari eksportini qo'llab-quvvatlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori bu borada muhim dasturulamal bo'lib xizmat qilayotir.
Ushbu sohadagi ishlarni yanada rivojlantirish, mamlakatimiz korxonalarini eksport faoliyatiga jalb etish, ularning mahsulotlarini tashqi bozorlarga yo'naltirish, milliy mahsulotlar eksporti salohiyatini yuksaltirishda O'zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida tashkil etilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining eksportini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizning barcha hududlarida o'z filiallariga ega bo'lgan mazkur jamg'arma tadbirkorlarning xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarda, biznes-forum va kooperasion birjalarda ishtirok etishi, chet ellik hamkorlar topishi va shartnomalar tuzishi, xorijiy davlatlar qonunchiligiga muvofiq lisenziya va sertifikatlar, boshqa ruxsatnomalar olishida huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko'rsatmoqda.
Jamg'arma tomonidan oltmishga yaqin xorijiy tashkilot bilan hamkorlik aloqalari o'rnatilgani kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga o'z mahsulotlarini eksport qilishda muhim ahamiyat kasb etayotir.
Mazkur jamg'arma ko'magida yurtimiz ishlab chiqaruvchilari chet ellarda o'tkazilayotgan yirik xalqaro ko'rgazma-yarmarkalarda ishtirok etib, o'z mahsulotlari eksportini yo'lga qo'yish va jo'g'rofiyasini kengaytirish, xaridorlar topish va shartnomalar tuzishga muvaffaq bo'lmoqda. Xususan, joriy yilning may oyida Xitoyning Shansi provintsiyasi Sian shahrida bo'lib o'tgan xalqaro sanoat yarmarkasida O'zbekistonning bir guruh ishbilarmonlari ham ishtirok etdi. Unda mamlakatimizning mashinasozlik, to'qimachilik va oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari va karton-qog'oz mahsulotlari ishlab chiqarish, mebelsozlik, ko'nchilik, kimyo sanoati, sarmoya va mehmonxona xo'jaligi kabi tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan etmishdan ortiq kompaniya va korxonalar vakillari turli mamlakatlar ishbilarmonlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalar o'rnatish, istiqbolli loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish, o'z mahsulot va xizmatlarini eksport qilish bo'yicha kelishuvlarga erishdi.
– Yaratilayotgan qulay imkoniyatlar tufayli mamlakatimizda o'z mahsulotlarini eksport qilish istagidagi ishbilarmonlar tobora ko'payib bormoqda, – deydi jamg'arma direktori vazifasini bajaruvchi Jahongir Mustafoev. – Joriy yilning birinchi yarmida jamg'arma tomonidan jami qariyb olti yuzta tadbirkorlik sub'ektlariga qurilish, to'qimachilik, kimyo, oziq-ovqat sanoati va qishloq xo'jaligi mahsulotlari, shuningdek, sayyohlik, transport, marketing, konsalting xizmatlarini xorijga eksport qilishda amaliy yordam ko'rsatildi. Natijada umumiy qiymati 472,8 million AQSh dollariga teng tovar va xizmatlar eksport qilishga erishildi. Jamg'armamiz o'z faoliyati davomida o'zaro manfaatli va serqirra xalqaro savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikni izchil rivojlantirish va mustahkamlash, xususiy sektorning tashqi bozordagi faoliyatini kengaytirish, mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada yuksaltirish yo'lida qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirmoqda.
Mamlakatimizda barpo etilgan "Navoiy", "Angren" va "Jizzax" iqtisodiy industrial zonalari bu borada ulkan yutuqlarga erishish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tashkil etish, ular faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoit va keng imkoniyatlar yaratishga katta hissa qo'shayotir.
Yana bir gap. "Moody's" xalqaro reyting agentligi tomonidan shu yilning aprel oyida nashr qilingan hisobotda O'zbekistonda oxirgi 10 yil mobaynida yuqori iqtisodiy o'sish darajasi ta'minlanganligi hamda mamlakatimiz eksporti tarkibining MDHdagi boshqa davlatlarga nisbatan diversifikasiyalanganligi hisobiga iqtisodiy o'sish sur'atlari o'zgaruvchanligining sezilarli darajada past bo'lgani ta'kidlangan.
Bular Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida izchil amalga oshirilgan islohotlar va xalqimiz fidokorona mehnatlari, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik samaralari bo'lib, har birimizga g'urur-iftixor bag'ishlaydi.





  1. Download 1,11 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish