O`zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti


”Yasama” “Tayyor” “Sayyor” syujetlar



Download 34,37 Kb.
bet15/16
Sana16.01.2022
Hajmi34,37 Kb.
#371253
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
kurs ishi syujet

2.2.”Yasama” “Tayyor” “Sayyor” syujetlar.

Badiiy syujetlar turli yo’llar bilan yaratilishi mumkin. Ilmda, ko’pincha, uning uchtasi haqida gapiriladi:

1. Asarda tasvirlanayotgan voqealar yozuvchi tasavvuri mahsuli bo’ladi. ulardagi voqealarning barchasi badiiy to’qima (fantaziya) yordamida yaratiladi. Uni “yasama” syujet deb atasa bo’ladi. Jumladan, “Sariq devni minib”(X.To’xtaboyev), “Gulliverning sayohatlari”(J.Svift), “Odam amfibiya”(A.Belyayev), “Oydagi birinchi odamlar”(G.Uells)ini isbot misolida ko’rsatish mumkin.

2. Asar syujeti hayotdagi tayyor voqealar asosiga quriladi. “Prototip” shaklidagi hayotiy va tarixiy voqealarning deyarli barchasi asarda aks etgan bo’ladi va ular “tayyor” yoki “hayotiy” syujetlar deb yuritiladi. “Navoiy”(0ybek), “Ulug’bek xazinasi”(O.Yoqubov), “Yulduzli tunlar”(P.Qodirov), “Bolalik”(Oybek), “O’tmishdan ertaklar”(A.Qahhor), “Navro’z”(N.Safarov), “Graf Monte Kristo”(A.Dyuma), “Zaynab va Omon”(h.Olimjon), “Aka-uka Karamazovlar”(F.Dostoyevskiy) kabilar ana shu yo’l bilan yaratilgan asarlardir.

3. Yozuvchilar o’zlarigacha yozma adabiyotda ma’lum bo’lgan syujetlarga asoslanadilar, ularni qayta ishlaydilar, o’z salohiyatlari va mahoratlariga asoslanib, ularni yangicha talqin qiladilar. Bu “sayyor” yoki “o’zlashtirilgan” syujetdir.

Turli xalqlarning eposlarida ota tanimagan o’g’li bilan kurashga tushishi syujetini uchratish mumkin: antik eposda Odissey Telegon bilan, nemislarda Gildebrand Gadubrand bilan, eronlarda Rustam Suhrob bilan, ruslarda Ilya Muromes Sokolnik bilan olishadilar. Undan tashqari, buni Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy tomonidan yaratilgan “Xamsa”chilik an’anasi misolida ham ko’rsa bo’ladi. ularning har biri-mustaqil asar, ulardagi kashf qilingan xarakterlar betakror bo’lishidan qat’i nazar qoliplovchi voqea (syujet)ning asosi yagonadir.

Ha, “Donjuanlar, Faustlar, Majnunlar, Prometeylar, Iskandarlar, Jyulettalar ko’p bo’lgan. Lekin ularni faqat Bayron va Pushkin, hyote va hayne, Navoiy va Nizomiy, Esxil va Shekspir nomlari bilan bog’laymiz. Boshqa mualliflarda bular hayotda yoki tarixda bo’lgan narsa kabi qabul qilinadi. Faqat daholar qo’liga tushgandagina “fakt”(syujet deb tushuning-h.U) muammoga aylanadi. Biz endi buni klassika deb ataymiz”.

Syujetni tashkil etuvchi voqealar bir-biri bilan turli tarzda bog’lanadilar: ba’zilari bir-biri bilan vaqt orqali bog’lansa (A dan so’ng B yuz berdi), ba’zilari bir-biri bilan sabab-oqibat orqali (A sababli B yuz berdi) bog’lanadi. Ba’zi asarlarda bu ikkala holat (A dan so’ng, A sababli B yuz berdi) birlashadi. “Shoh o’ldi, malika ham o’ldi” gapida – birinchi tip – vaqt bilan o’zaro bog’langan syujet-xronikal (yillarga asoslangan) syujet yuzaga kelsa, “Shoh o’ldi, bu qayg’udan malika ham o’ldi” gapida – ikkinchi tip sabab-oqibat bilan bog’langan syujet – konsentrik (bitta umumiy markazga yig’ilmoq) syujet yaratilsa, “Shoh o’ldi, bu o’lim qayg’usiga chiday olmay malika ham o’ldi” gapida – uchinchi tip – ikki xil syujet birlashadi: xronikal – konsentrik syujetni voqea qiladi.

Badiiy asar syujeti bilan kompozitsiya birlashganda, yaxlitlashganda – ularning qudrati beqiyos bo’ladi: hayotiylikni, badiiylikni, ta’sirdorlikni tiriklik nuri bilan ta’minlaydi, jonbaxshiydalik qiladi, o’zligini asar g’oyasiga, xarakterlarga baxshida etadi va ayni chog’da, ularga beminnat xizmatidan o’zi ham go’zallikka o’ranadi, takrori yo’q badiiy vosita ekanligini voqea qiladi.

Xulosa.

Badiiy asardagi syujetlilik yeng muhim masalalardan hisoblanadi. Syujetni qarama-qarshiliklar, xarakterlarning rivojlanishi tarixi, asardagi voqyealar oqimi deb ta'riflashda asosan yirik nasriy va dramatik asarlarga xos xususiyatlar ko‘zda tutilgan. Vaholanki, lirik asarlarda xarakter bo‘lmaydi. Bo‘lganda ham ularning rivojlanishi tarixi ko‘rsatilmaydi, kichik janrlarda voqyealar berilmasligi, ularning oqimi ko‘rsatilmasligi mumkin. Shuning uchun ham syujet faqat asardagi voqealar oqimi, xarakterlarning rivojlanish tarixigina emas, asardagi tuyg‘u va kechinmalar oqimi, ularning rivojlanish mantiqi hamdir.

Asarda har bir personaj o‘z xarakteri va vazifasiga ega bo‘ladi. Ularning barchasi asosiy narsaga, ya'ni voqealar rivojiga birlashtiriladi va shu bilan asar syujetini ochishga xizmat qiladi. Syujet bilan kompozitsiya ajralmasdir. Syujet bo‘shligi kompozitsiyaning bo‘shligini keltirib chiqaradi. Aniq shakllantirilmagan bo‘sh kompozitsiya esa syujetni halok qiladi. Biroq yaxshi ishlangan kompozitsiyaning o‘zi ham muvaffaqiyat keltirmaydi. Kompozitsiyaning qimmati g‘oyaning qimmati bilan belgilanadi. Yaxshi kompozitsiyada ifodalangan g‘oya syujetni ham yaxshilaydi. Demak, syujet asar mazmunini ochish shaklidir.

Syujet kompozitsion tartib orqali yuzaga chiqadi. Kompozitsiya syujetdan kengroqdir. U syujet bilan bog‘liqdir. Asar voqyealarini xronologik tartibda joylashtirmaslik, tugun va yechimini har yerda berish mumkin. Bu ham kompozitsiya bo‘ladi.



Muayyan asar badiiyati haqida so`z ketganda uning syujet-kompozitsion xususiyatlariga, ijodkorning badiiy mahorati haqida so`z borganda uning bu boradagi mahoratiga ayricha e`tibor berilishi bejiz emas. Zero, badiiy asarda hayotni muayyan badiiy shaklga solingan holda aks ettiriladi, unda yangi reallik — badiiy voqelik yaratiladi.

Ma‘lumki, syujet bilan konflikt orasida ikkiyoqlama aloqa kuzatiladi: bir
tomondan, syujet konfliktlarni umumlashtirib namoyon qiladi, ikkinchi tomondan, konflikt syujetni harakatga keltiruvchi asosiy kuch sanaladi. Ko`rinadiki, syujet va konflikt badiiy asarda uyg`unlashadi, biri ikkinchisini taqozo qiladi. Konflikt deganda badiiy asar personajlarining o`zaro kurashlari, qahramonning o`z muhiti bilan ziddiyatlari, shuningdek, uning ruhiyatida kechuvchi qarama-qarshiliklar tushuniladi. Syujetlilik badiiy adabiyotning xos xususiyatlaridan biri bo`lib, barcha turdagi badiiy asarlarda ham syujet mavjuddir.

Badiiy asarda hayotni muayyan badiiy shaklga solingan holda aks ettiriladi, unda yangi reallik — badiiy voqelik yaratiladi. Ya`ni, san`atkor bir butunlikdan ikkinchi bir butunlikni — voqelikning badiiy modelini yaratishi, hayot materialini(dispozitsiya) badiiy asarga(kompozitsiya) aylantirishi
zarur bo`ladi. Shu bois ham dispozitsiyani kompozitsiyaga aylantira olish iqtidori
ijodkor shaxsning tug`ma imkoniyatlari sirasida sanalib, iste`dod kuchi uning qay
darajada ekanligi bilan belgilanadi.


Download 34,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish