O`zbekiston milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti 3-kurs sirtqi ta’lim 2-ot. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) yoʻnalishi talabasi tolipov Abbosning


MDH mamlakatlarida norasmiy iqtisodiyot



Download 39,55 Kb.
bet3/5
Sana30.03.2022
Hajmi39,55 Kb.
#518013
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xufyona Iqtisodiyot

MDH mamlakatlarida norasmiy iqtisodiyot

Norasmiy iqtisodiyot miqyosi bozor iqtisodiyotiga o‘tishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirayotgan sobiq sotsialistik lager mamlakatlarida ham katta hisoblanadi. Bu yerda shuni aytish lozimki, MDH mamlakatlari, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasi statistika organlari ma’lumotlari Xalqaro tashkilot ma’lumotlaridan farq qilib, ularga nisbatan birmuncha past ko‘rsatkichlarni tashkil etadi. Masalan, MDH statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda norasmiy, ya’ni kuzatilmagan iqtisodiyot YaIMga nisbatan Ozarbayjonda 9,5%ni, shu jumladan, yashirin iqtisodiyot darajasi 2,5%ni, Armanistonda shunga mos ravishda 23,6 va 10,9%ni, Qozog‘istonda 27,3 va 6,0%ni, Qirg‘izistonda 23,2 va 7,4%ni, Rossiyada 14,4 va 4,7%ni tashkil etgan.
Norasmiy iqtisodiyot miqyosini norasmiy ish bilan bandlik va ish haqi ko‘rsatkichlari ham ifodalaydi. Rossiya Federatsiyada milliy statistika organlarining ma’lumotiga ko‘ra norasmiy ish bilan bandlar soni 2011 yildagi 12,9 mln (umumiy ish bilan bandlarga nisbatan 18,2%) kishidan 2016 yilda 15,4 mln kishiga (15,4%) o‘sgan.
O‘zbekistonda norasmiy iqtisodiyot ko‘lami mazkur sektorda ish bilan band aholi soni ifodalaydi. O‘zbekistonda 2019 yilda mehnat resurslari soni 19 007,8 ming kishiga yetdi, bu 2018 yilga nisbatan 100,9 foizni tashkil etadi. Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13 541,1 ming kishini tashkil qildi (o‘tgan yilga nisbatan 102 foiz). 2019 yilda ilk bor rasmiy sektorda band aholi soni 2018 yilga nisbatan 3,7 foizga ko‘payib, 5 712,1 ming kishini tashkil qildi. Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni (mehnat migrantlarini hisobga olmaganda) 5 368,3 ming kishini tashkil etdi. Ish o‘rinlarini legallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida norasmiy vaqtinchalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar 19,6 mingga, ro‘yxatdan o‘tmasdan va tegishli ruxsatnomasiz faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar 42,8 mingga kamaygan.
O‘zbekistonda norasmiy iqtisodiy sektor ko‘lami qishloq xo‘jaligida ancha keng ko‘lamga ega bo‘lib, bu sektorni dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmida dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklar ulushi 2000 yildagi 66,7%dan 2017 yilda 63,6%ga kamaydi, ammo bu ko‘rsatkich 2018yilda o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib, 70%ni tashkil etdi.
O‘zbekistonda mehnat bozorida norasmiylikni aniqlash xususiyatlari. Norasmiy sektor iqtisodiyotning soliq solinmaydigan qismi bo‘lib, hukumat tomonidan nazorat qilinmaydi va shuning uchun mamlakatning yalpi ichki mahsulotini hisoblashda hisobga olinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 dekabrdagi 1011-sonli qarorida139 norasmiy sektorda ishlaydiganlar soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tmagan xodimlar sifatida belgilanadi. Norasmiy sektor turli shakllarga ega bo‘lishi mumkinligi sababli, uni o‘lchash uchun ko‘plab vositalar mavjud. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan o‘tkazilgan hisob-kitoblarga ko‘ra140 , norasmiy sektorda ishlaydiganlar ulushi mamlakatning iqtisodiy faol aholisining taxminan 45 foizini tashkil etadi. Bu holda, norasmiy sektorning ko‘rsatkichisifatida, ish bilan ta’minlangan aholining daromad solig‘i to‘lamagan qismi sifatida, hech qanday yozma shartnomasiz ishlayotganlarning ulushi hisobga olindi.
Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvar holatiga iqtisodiyotda band bo‘lganlar soni 13,5 million kishini tashkil etdi. Shu bilan birga, Soliq qo‘mitasining hisobotlariga ko‘ra, jismoniy shaxslar soliq to‘lovchilarining umumiy soni 2020 yil boshiga kelib 4,9 million kishini tashkil etgan, shu tariqa budjetga o‘rtacha o‘rtacha 16 foiz soliq tushumini ta’minlaydigan shaxsiy daromad solig‘i xodimlarning atigi 36 foizida olinadi. 13,5 million bandlardan chet elda ishlaydigan 2,5 millionga yaqinini hisobdan chiqarib tashlansa, iqtisodiyotda band bo‘lganlarning atigi 55 foizi rasmiy ravishda ishlaydi. Shu bilan birga, shuni ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda norasmiy sektorning taxminiy hajmi har xil tadqiqotlar natijasida turlicha berilgan bo‘lib, ular YaIMning 27-52% ni tashkil etadi. ITIM tomonidan respublikaning mintaqalarida sektorning norasmiy bahosi ham o‘tkazildi.
Shunday qilib, norasmiy sektor darajasi past bo‘lgan hududlar qatoriga Toshkent, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va Navoiy viloyatlari kiradi. Norasmiy sektor darajasi yuqori bo‘lgan hududlar qatoriga Farg‘ona, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlari kiradi. Shu bilan birga, norasmiy yollashning asosiy qismi xususiy kompaniyalar tomonidan amalga oshirilishini ta’kidlash lozim (65%). Bundan tashqari, norasmiy yollash / ishga jalb qilishning uchdan bir qismi o‘zini o‘zi ish bilan band bo‘lganlar (tikuvchilar, duradgorlar, haydovchilar va boshqalar)ga to‘g‘ri keladi. Davlat ulushi mavjud korxonalarning norasmiy ishga yollashdagi ulushi 2% ni tashkil qiladi.

  1. Norasmiylik”ni tahlil qilishga neoinstitutsional yondashuvlar.

Neoinstitutsional nazariya asosiy e’tiborini insonning xo‘jalik faoliyatini belgilovchi va cheklovchi “o‘yin qoidalari” va umuman, iqtisodiy rivojlanish jarayoni o‘rtasidagi aloqadorlikka qaratadi. Tadbirkorlik iqtisodiyot rasmiy sektori unsurlari hisoblanib, bunda “o‘yin qoidalari” o‘rnatilgan va ular bilan himoya qilingan amal qilishiga mos keladi. Va aksincha, tadbirkorlar bu qoidaga rioya qilmaganlarida, ular iqtisodiyot norasmiy” sohasi unsurlari sifatida qaraladi. Boshqacha aytganda, belgilangan mezonlarga amal qilish “qonuniy” iqtisodiyotda ishtirok etishning birinchi darajali mezoni hisoblanadi, ayni vaqtda belgilangan qoidalarga rioya qilmaslik yoki kuzatish norasmiy xufyona iqtisodiyotda qatnashish mezoni bo‘lib xizmat qiladi. E.Fayg tomonidan berilgan ta’rifni keltirish mumkin: «Norasmiy iqtisodiyot xarajatlar (xususiy) qiladigan va mulkchilik munosabatlarini tartibga soladigan qonunlar va ma’muriy qoidalar yozilgan huquqlarni, tijoriy litsenziyalash, mehnat shartnomalari, moliyaviy kreditlash va ijtimoiy sug‘urta munosabatlarini va foydalarni (ijtimoiy) istisno etadigan iqtisodiy faoliyatni o‘z ichiga oladi».
1980-yy.dayoq dalillar to‘plash va empirik kuzatishlardan norasmiy iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassislar umumlashtiruvchi modellar tuzishga o‘tadilar. Iqtisodiy – matematik modellashtirishga e’tibor qarata boshlagan norasmiy iqtisodiy faoliyatga 1988 y. noyabrida bo‘lib o‘tgan “Rivojlanayotgan mamlakatlarda mutanosib bozorlar” xalqaro ilmiy konferensiyasi materiallari yorqin misol bo‘la oladi» 142 . 1. Sotuvchilar xulq-atvorining tahlili: risklar va xarajatlar. Ushbu konferensiyada qator chiqishlar narxlar ustidan davlat nazorati sharoitida norasmiy yo‘llar bilan tovarlar sotish va ularning bozor bitimlariga ta’sirida ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar qiladigan xarajatlar tabiatini tahlil qilishga bag‘ishlandi. Xususan, S. Devareydjen, K. Djons va M. Romerlar noqonuniy bozorlarda o‘z tovarlarini sotish orqali narxli tartibga soladigan va uning nolegal savdolar ko‘lamiga ta’sirini hisobga oladigan sotuvchilarda vujudga keladigan risklarning sabablari muammosiga to‘xtalib o‘tadilar143 . Adabiyotlarda riskning miqdori, ya’ni topilish va jazolanish ehtimoli faqat mutanosib bozorda sotilgan tovarlar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi, degan fikr bildiriladi. S. Devareydjen, K. Djons va M. Romerlar yo (1) taklif qilingan tovar umumiy miqdori narxli nazoratning intensivligi bilan belgilanib, unga bog‘liq ravishda tovarning katta yoki kichik qismi legal bozordan nolegal bozorga o‘tishini; yoki (2) narxlar ustidan nazorat o‘rnatishda butun savdo to‘lig‘icha mutanosib bozorga o‘tishini aniqladilar. Umuman, nolegal va legal sotuvlarni hisobga olib, bozorda tovarlar taklifining muvozanatli hajmi quyidagicha shakllanadi. Dastlab “ishlab chiqaruvchilar cheklangan xarajatlari mutanosib va rasmiy narxlar o‘rtasidagi tafovut bilan taqqoslanmas ekan, o‘zlarining mutanosib bozordagi harakatlari orqali (o‘z tovarini) mutanosib bozorda sotadilar” . Mutanosib bozordagi sotuvlarda ustuvorlik yo‘qolganda, mahsulotning cheklangan xarajatlarini (riskni istisno etadigan) rasmiy narxlar bilan taqqoslab bo‘lmas ekan, ishlab chiqaruvchilar rasmiy bozorda o‘z tovarlarini sotishda davom etadilar. Nolegal bozorda riskning roli to‘g‘risidagi masala kontrabanda iqtisodiy tahlili bilan bog‘liq ravishda birinchi marta adabiyotlarda ko‘tarib chiqildi. M. Pitt 1980-yillarning boshlaridayoq kotrabandachilar tomonidan aralash strategiya – legal va nolegal savdoni qo‘shishni qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqdi . U kontrabandachini ushlab turish riski faqat kontrabanda orqali keltirilgan tovarlarning ko‘payishi tomonigagina emas, balki qonuniy savdo o‘sganda, kamayishi tomoniga ham o‘zgarishi mumkin, deb ko‘rsatdi. Rasmiy yo‘llar bo‘yicha tovarlar bir qismini sotish biznesmenga legal maqomini ta’minlaydi va mutanosib bozorda boshqa qismini sotish to‘g‘risidagi hukumatning gumonini ifodalashi mumkin. S. Devareydjen, K. Djons va M. Romer mutanosib bozorning amal qilishi umumiy modelini qurishi va kontrabandistlarning umumiy “mahsulot chiqarish” riskining oddiy modelida bo‘lishi zarur bo‘lgan miqdordan oshib ketishini ko‘rsatishi uchun riskning mazkur xususiyatidan foydalanadilar.
Qonuniy savdo jarima jazolariga tortilish riskini kamaytirgan va ishlab chiqaruvchiga mahsulotning cheklangan xarajatlarini rasmiy narxlarga teng bo‘ladigan nuqtadan yuqori ko‘tarish imkonini bergan holda tushumlarni ko‘paytiradi.
«Agar sotuvchilarning xarajatlari (shu jumladan, risklar, jarimalar va poralar) davlat tomonidan tartibga solinadigan bozor xarajatlariga nisbatan kam bo‘lsa, - deb ta’kidlaydi K. Djons va M. Romer, - sotilayotgan (tovar) lar umumiy soni oshib borar ekan, ular tovarni fermerlardan yuqori narxlarda sotib olish va uni iste’molchilarga belgilanganidan past narxlarda sotish orqali bozorda belgilangan “soliq” larni qoplashlari mumkin. Sotilganlar (tovar) umumiy soni mutanosib (bozor) yo‘l mavjud bo‘lmaganda, bozor mexanizmi orqali sotilgan miqdordan oshib ketgan (bunda) bo‘lar edi».
Mutanosib bozorlar bo‘yicha konferensiyaning boshqa ishtirokchilari mutanosib bozordagi risklar yoki operatsiyalarning boshqa xarajatlari o‘zaro aloqadorligi hamda ko‘lamdan tejamkorlik muammosiga e’tibor qaratdi. Kontrabanda yoki noqonuniy savdo cheklangan xarajatlari sotuvlar hajmi bilan oshib borayotganligi ko‘rsatildi, ya’ni faoliyat ko‘lamidan salbiy tejamkorlik mavjud, biroq pora berishda yoki nolegal iqtisodiyotda ko‘lamdan tejamkorlik amal qilishi mumkin. Xarajatlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin: sotuvchilar nazoratni qanday amalga oshirishni yaxshi biladilar, mutanosib bozor muassasalari xarajatlarni salbiy tejashga moslashadilar.
J.P. Azam va T. Beslilar o‘z asarlarini nolegal savdodagi ko‘lamdan tejamkorlik samarasi empirik tadqiqotiga bag‘ishlab, ular yashirin bozor modelini Gana iqtisodiyoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha qurdilar. Ganada kakao rasmiy narxi jahon narxlaridan past. Fermerlar o‘z hosilining bir qismini Togo yoki Fil suyagi qirg‘og‘i qo‘shni davlatlaridagi kontrabanda orqali tovar keltirayotgan norasmiy savdogarlarga sotadilar. Transport vositalarini tanlagan va zaruriy porani to‘lagan holda sotuvchilar faqat taqchil iste’mol tovarlarini kontrabanda orqali tashishda foydalaniladigan yuk mashinalaridan kakaoni kontrabanda orqali olib kelish uchun foydalanganlarida pastroq xarajatlar qiladilar.

Download 39,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish