O`zbekiston milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti 3-kurs sirtqi ta’lim 2-ot. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) yoʻnalishi talabasi tolipov Abbosning


Xaridorlar xatti – harakatlari tahlili: rentaizlovchilik va axborotlar izlash



Download 39,55 Kb.
bet4/5
Sana30.03.2022
Hajmi39,55 Kb.
#518013
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xufyona Iqtisodiyot

2. Xaridorlar xatti – harakatlari tahlili: rentaizlovchilik va axborotlar izlash. R. Dekon va Dj. Sanstelilar ko‘rsatishicha, taqchil tovar izlayotgan iste’molchilar ularni izlashga vaqt yo‘qotish zaruriyatiga va navbatda turib qolish xarajatlariga duch kelishlari mumkin bo‘lib, bu ularning xaridlardan yutug‘ini kamaytiradi . Mutanosib bozorlar mavjud bo‘lmaganda iiste’molchilar qo‘shimcha xarajatlar qilgan bo‘lardilar (masalan, vaqt yo‘qotishlari yoki pora sarflari). Mutanosib bozorda iste’molchilar ratsionlashtirilgan tovarlar uchun raqobatlashishlarini ko‘rsatgan T. Nguyen va Dj. Xoli tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, bitim xarajatlari (taqchillikni izlash, navbat kutish va pora berish) mutanosib va rasmiy bozorlardagi narxlar o‘rtasidagi tafovutni qoplamaydi , R. Dekona va Dj. Sansteli modelini unga mutanosib bozorni kiritgan holda oson kengaytirish mumkin. S. Devareydjen, K. Djons va M. Romerlar boshqa vaziyatni o‘rganadilar: hukumat maxsus do‘konlar orqali kuponlar yoki ma’lum belgilariga ko‘ra (masalan, ijtimoiy ahvoli yoki bandligiga mos ravishda), ratsionlashtiriladigan tovarlarga bepul kirish imkoniyatini taqdim qiladi. Ular buni “xarajatlardan holi ratsionlashtirish” (costless rationing), deb nomlaydilar. Biroq bunday bepul ta’minotning qo‘llanishi xaridorlar o‘zlarining mutanosib bozorda bepul olingan tovarlarini qayta sotganlaridagi vaziyat imkoniyatlarini istisno etmaydi., ularga ratsionlashtirilgan taqsimotda yuzaga kelgan rentani to‘liq zabt etish imkonini beradi. Bu esa nazorat ostida turgan tovarlarni bunday nazorat mavjud bo‘lmaganiga qaraganda, iste’molchilarga ko‘proq talab qilish, sotuvchilarga esa ko‘proq yetkazib berish imkoniyatini yaratadi. Sababi shundaki, iste’molchilarning daromadlari ko‘p miqdorda tovarlarga talab yaratadigan renta hisobiga oshdi.
D. Bevan, P. Koller va Dj. Ganning Tanzaniya qishloq joylarida ko‘pchilik iste’molchilar faol amal qiladigan mutanosib bozorlarning mavjudligiga qaramasdan, tovarlarni qo‘lga kiritish holatida bo‘lmasliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tayanib, buning sababi axborot olish yuqori xarajatlari bo‘lishi mumkin, degan taxminni bildiradilar. Agar narxli yoki boshqa ma’muriy cheklovlar mutanosib bozor sotuvchilariga qarshi repressiyadan (qamoq va jarimalar) foydalanib, kuch ishlatish yo‘li bilan hal qilinsa, bu sotuvchilar nafaqat o‘z mahsulotini reklama qilishda, balki potensial xaridorlar bilan bitim tuzishga urinishlarda ham riskka duch keladilar.
Mazkur vaziyatlarda sotuvchilar qamoqqa olinish ehtimolini kamaytirishga va tovarlarni mutanosib bozorlarda belgilanganidan sezilarli ravishda past narxlarda taklif qilgan holda o‘z foydasini ko‘paytirishga majbur bo‘ladilar. D. Bevan, P. Koller va Dj. Ganning tadqiqotlari shu tariqa, mutanosib bozorlar tadqiqotining yangi jihatini – ularning “jozibadorligi” ni, potensial xaridorlar tomonidan nolegal sotuvchilarni izlash qiyinchiliklarini tahlil qilishni ochadi. Albatta, mutanosib bozorlarni o‘rganish jiddiy cheklanishlarga ega. Noqonuniy faoliyat to‘g‘risidagi har qanday masala intervyuyer uchun ma’lum risk bilan bog‘liq. Ko‘pgina vaziyatlarda so‘ralayotganlar, masalan, ular mutanosib bozorlarda sotgan yoki sotib olgan tovarlar miqdori, ular olgan yoki to‘lagan pullar summasi, poralar, aniqlangan riskni kamaytirish usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash mumkin bo‘lmasligi uchun qarshilik ko‘rsatadilar. Bundan tashqari, agar respondentlar tadqiqotchiga ishonchli axborotni xabar qilishni xohlasalar, mutanosib bozorlar tabiatining o‘zi uni umumlashtirishni qiyinlashtiradi: sotilgan tovar umumiy miqdorini baholash qiyin, chunki sotuvga juda ko‘plab mayda sotuvchilar jalb qilingan. Bu sabablar tufayli iqtisodiymatematik modellashtirish sabablari norasmiy iqtisodiyot nazariyasida boshqa iqtisodiy-huquqiy nazariyalar, masalan, jinoyatlar va jazolar iqtisodiyot nazariyasi (economics of crime and punishment) yoki mulkchilik huquqi iqtisodiyot nazariyasidagiga (economics of property right) qaraganda, hali kuchsiz rivojlangan. Neoinstitutsional yondoshuvlar norasmiy iqtisodiyotning yangi bir butun paradigmasi shakllanishiga olib kelmadi. Zamonaviy g‘arb adabiyotlarining tahlili ko‘rsatishicha, an’anaviy institutsionalizm ko‘rinishidagi yondoshuvlar ayrim neoinstitutsional g‘oyalar bilan yangilangan bo‘lsada, ustuvor tendensiya bo‘lib qolmoqda. Perulik iqtisodchi Ernando de Sotoning konsepsiyasi “eski” va “yangi” institutsionalizmning bunday sinteziga xarakterli misol bo‘lib, u norasmiy iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi tasavvurlarda tubdan inqilob yasadi.

Download 39,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish