O`zbekiston milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti 3-kurs sirtqi ta’lim 2-ot. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) yoʻnalishi talabasi tolipov Abbosning


Rivojlanayotgan mamlakatlarda «norasmiylik»



Download 39,55 Kb.
bet2/5
Sana30.03.2022
Hajmi39,55 Kb.
#518013
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xufyona Iqtisodiyot

Rivojlanayotgan mamlakatlarda «norasmiylik». Yangi ilmiy yo‘nalishning “otasi” deb ingliz sotsiologi Keyt Xart101 tan olingan. U 1960 yillar oxirida Afrikaning eng qoloq mamlakatlaridan biri Gana poytaxti Akkra shahri xarobalarida olib borgan tadqiqotlar natijasida norasmiy bandlikni mavjudligini kashf etdi. Keyt Xart “uchinchi dunyo” mamlakatlaridagi shaharliklar ko‘pchilik hollarda rasmiy iqtisodiy tizimga hech qanday aloqalari yo‘qdir. Qoloq mamlakatlarning shahar iqtisodiyoti hech qanday rasmiy ro‘yxatdan o‘tmasdan, hukumatning biznesga bo‘lgan soliq bo‘yicha va boshqa talablarini pisand qilmasdan shahar aholisini oddiy, kundalik tovarlar (oziq-ovqat, kiyim-kechak, transport xizmatlari va boshq.) bilan ta’minlaydigan kichik va mayda ustaxonalar, do‘konchalar va boshqa “mikrofirmalar”ning bahaybat to‘dasi sifatida namoyon bo‘ldi.
Norasmiylikni tavsifini shakllantirayotib K.Xart “daromadning rasmiyligi va norasmiyligi o‘rtasidagi farq mehnat haqi uchun ishlash va o‘zini-o‘zi band qilish o‘rtasidagi farqqa asoslanadi” 102 - deb qayd qilgan edi. Uning fikricha, asosiy mezon bo‘lib mehnatni ratsionalizatsiyasi darajasi, uning doimiyligi va muntazamligi, belgilangan mukofotlashning mavjudligi yoki mavjud emasligi xizmat qiladi. Zamonaviy uskunalardan foydalanadigan va professional menejerlar tomonidan boshqariladigan byurokratlashtirilgan korxonalar shahari iqtisodiyotining “zamonaviy sektori”ni tashkil etadi. Shaharliklarning iqtisodiy faoliyatining boshqa turlari avvallari “pastunumdorli shahar sektori”, “qisman band va ishsizlarning rezerv armiyasi”, “shaharning an’anaviy sektori” sifatida tasniflangan va deyarli tadqiqotchilarning e’tiboridan chetda edi. K.Xart tashkillashmagan ishchilarga “oyoq kiyim tozalovchi va gugurt sotuvchi qisman band go‘daklar” sifatida yondashishga qat’iy qarshi edi va ushbu ishchilarni shaharliklar uchun muhim bo‘lgan ko‘pchilik xizmatlarni ko‘rsatishini qayd etgan. U “o‘zini-o‘zi band qilgan” ishchilarni “norasmiy sektor” tushunchasi bilan qo‘shib yubordi.
Norasmiy sektorda “rasmiy - norasmiy” va “qonuniy - noqonuniy”ni qarama-qarshi qo‘yilishiga tayangan holda K.Xart shahar aholisi daromadlarini uch guruhga ajratdi:
a) rasmiy daromadlar – davlat va xususiy sektordagi ish haqi, transfert to‘lovlari (pensiyalar, ishsizlik nafaqalari);
b) qonuniy norasmiy daromadlar – birlamchi (qishloq xo‘jaligi), ikkilamchi (shartnoma asosida yoki mustaqil faoliyat yurituvchi hunarmandlar, etikdo‘zlar, tikuvchilar, pivo ishlab chiqaruvchilar va hokazo) va uchchilamchi (qurilish, transport, yirik va mayda savdo) sektorlarida bandlikdan, xizmatlar ishlab chiqarishdan (musiqachilar, sartaroshlar mehnati; meditsina va marosim xizmatlari) va xususiy transfert to‘lovlaridan (sovg‘alar, zayomlar) olingan daromad;
v) noqonuniy norasmiy daromadlar – xizmatlardan (nolegal sudxo‘rlar, o‘g‘irlik mollarni sotib oluvchilar, narkotik sotuvchilar, fohishalar, dayuslar, kontrabandachilar, reketirlar va boshqalar mehnatidan) va transfertlardan (o‘g‘irlik, kamomad).
Norasmiy iqtisodiyotni o‘rganish muhimligini asoslab turib K.Xart “ishlab chiqarish faoliyatini pisand qilmaydigan, uyushgan mehnat bozoridan tashqarida joylashgan va shahardagi ish kuchini faqatgina yarmini qamrab oluvchi” 105 rasmiy iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalanish yaxshi natija bermasligini ta’kidladi va norasmiy strukturalarni turli tipdagi shahar iqtisodiyotlarini tarixiy va madaniy jihatlarini keng miqyosda solishtirib tahlil etishga da’vat etdi.
K.Xart kashfiyotini birdaniga hamkasblari targ‘ib qila boshlashdi. 1972 yilda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Keniyada bandlik to‘g‘risida jamoa tadqiqotini chop etdi, unda norasmiy iqtisodiy faoliyat konsepsiyasi asosiy ilmiy paradigma106 sifatida talqin qilingan edi. XMT tomonidan Keniya to‘g‘risida tayyorlangan hisobot norasmiy va rasmiy sektorlar o‘rtasidagi farqni quyidagicha tushuntirgan edi: “Norasmiy faoliyat quyidagi xususiyatlar xos:
a) kirish (kirishib ketish) yengilligi (ishlab chiqarishga);
b) shaxsiy resurslarga tayanish;
v) faoliyatga oilaviy egalik qilish;
g) faoliyat miqyosining kichikligi;
d) mehnat intensiv va egiluvchan texnologiyalar;
e) rasmiy maktab tizimidan tashqarida olingan ko‘nikmalar;
j) bozorlarning boshqarilmasligi va raqobatliligi.
Norasmiy sektorning faoliyatiga ko‘pincha hukumat tomonidan e’tibor berilmaydi, kamdan-kam hollarda qo‘llab-quvvatlanadi, tez-tez tartibga solinib turiladi va ayrim hollarda faol bostiriladi.


  1. Download 39,55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish