O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
AMALIY PSIXOLOGIYA YO’NALISHI 3-KURS A-PATOK TALABASI
ABDIAZIZOVA FARANGIZNING
PSIXOLOGIK TRENING
DASTURI
TOPSHIRDI: Abdiazizova. F. A
QABUL QILDI: Xasanova. Z
KIRISH
BUGUNGI TRENINGIMIZ O’Z-O’ZINI RIVOJLANTIRUVCHI-KORREKSION TRENING HISOBLANADI.
TRENINDAN KO’ZLANGAN MAQSAD:O’ZIGA ISHONCH HISSINI SHAKLLANTIRISH VA ALBATTA POZITIV KAYFIYAT.
TRENING SHARTLARI:
-YAGONA MIKRAFON;
-SHU YERDA VA HOZIR;
-TELEFONDAN FOYDALANMASLIK;
-ERKIN HOLATDA OTIRISH.
SALOMLASHUV:(5 DAQIQA)
HAMMAGA ASSALOMU ALEKOM,MENING ISMIM ...(QATNASHCHILAR ISMLARI),MEN JUDA BAXTLIMAN,CHUNKI...(SABABI AYTILADI.MASALAN:TALABAMAN KABI)
ASOSIY QISM(30 DAQIQA)
“Tezkor yozuv” trening mashg’uloti.
Mashg’ulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy psixokorreksion faoliyatda hamda individual psixokorreksion faoliyatda qo’llanilishi mumkin bo’lib emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni, qadriyatlar tizimida yuzaga kelgan buzilishlarni, xarakter aktsentuatsiyasini psixokorreksiya qilishda, shuningdek, motivatsion sohani rivojlantirishda va psixologik resurslarni shakllantirishda, shaxslararo (guruhiy, oilaviy, ota-ona va farzand) munosabatlaridagi buzilishlarni korreksiya qilishda.
Bu mashg’ulot ishtirokchilardan mas’uliyat va javobgarlik hissi bilan yondoshuv talab qilganligi uchun, trener bunga o’smirlarni tayyorlashi hamda undan avval emotsiyalarni qo’zg’atuvchi, kulguli mashqlar o’tkazmagani 209
ma’qul. Ishtirokchilarga quyidagi savollar beriladi va ularning har biriga 30 sekund davomida javob berish so’raladi.
1. Hayotda erishmoqchi bo’lgan 3 ta eng asosiy maqsadingizni yozing? (30 sekund vaqt beriladi yozishga)
2. Agar umringiz tugashiga 6 oy qolganligini bilsangiz nimalarni amalga oshirgan bo’lar edingiz? (30 sekund vaqt beriladi yozishga)
3. Hayotda sizni qiynaydigan 3 ta muammoni yozing? (30 sekund vaqt beriladi yozishga)
Trener: Hozir siz bilan birga “Tezkor yozuv” texnikasidan foydalandik. Uning o’ziga xosligi shundaki, inson shoshilganida ong faoliyati jadallashadi hamda eng kerakli ma’lumotlarni tabiiy tarzda yuzaga chiqaradi. Bunda insonning haqiqiy qadrli va muhim hayotiy maqsad hamda qadriyatlari oydinlashadi.
Diqqat: Bunda har bir savolning javobini trener o’smir bilan muhokama qilishi hamda kerakli joyda muntazam unga konstruktiv (bunyodkorona) yo’nalish berishi kerak.
1-savolning javobida keltirilgan maqsadlar insonning asl maqsadlaridir. Inson o’sha maqsadlarga ko’ra boshqa maqsadlarini qo’yishi maqul. Sababi bular insonning chin dildan istagan maqsadlaridir. Asl maqsadlar sari intilgan odam charchamaydi, kichik yutuqlar ham unga zavq bag’shlaydi…mamnun va baxtli qiladi. Muhimi o’zini o’zi aldashiga yo’l qo’ymaydi. Gohida inson asl maqsad va qadriyatlar tizimiga kirmaydigan muammolarni ko’p o’ylab, tashvishlanib yuradi. Shunday paytda inson muhim bo’lmagan narsalar bilan fikrini chalgitayotganini shu 30 soniyada yozgan maqsadlariga qiyosan anglab yetishi ham mumkin.
2-savolning javobida insonning asl qadriyatlari namoyon bo’ladi. Inson har qanday holatda ham ushbu qadriyatlarini yodda tutishi kerak. Sababi asl qadriyatlar insonning to’laqonli hayotini ta’minlaydi, hissiy jihatdan barqaror qiladi, quvvat manbai bo’ladi… Muhimi o’zini o’zi aldashiga yo’l qo’ymaydi.
3-Inson muammosiz yashamaydi, doim va hammada muammo bo’lgan…insonning ishonchi, intilishlari, iroda kuchi bilan muammolarni bartaraf qiladi…bundanda avval inson shuni bilib olishi kerakki “muammo aslida muammo emas, muammoga bo’lgan munosabatning o’zi muammodir”. Har qanday amalga oshirmoqchi bo’lgan tadbiringizda eng muhim omil bu-pozitsiya yoki munosabatdir. Munosabatning noto’griligidan noto’g’ri xulosalar va inson istamagan natijalar yuzaga keladi. Munosabat misli fonar(chiroq) u 210
qizil bo’lsa u qaratilgan narsa ham qizil bo’lib ko’rinadi… shunday ekan inson o’z munosabati bilan butun dunyoni zulmatga yoki nurga to’ldirishi mumkin.
ENERJAYZER:
“
Do'stlaringiz bilan baham: |