O‘zbekiston milliy universiteti Falsafa fakulteti O‘zr fa falsafa va huquq instituti



Download 0,91 Mb.
bet24/36
Sana31.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#263118
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
qadriyatlar falsafasi lotin2

JAMIYAT VA QADRIYATLAR TIZIMI

Jamiyat rivojining muayyan davriga aksiologik nuqtai nazaridan qarash shu


davrning ijtimoiy tuzilishiga biror bir umumiy qadriyatlar tizimi mos kelishini
va u ijtimoiy voqealar bilan bog‘liq tarzda namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi.
Umuminsoniy, milliy, diniy, sinfiy, shaxsiy va boshqa qadriyat shakllari ushbu
tizimda muayyan o‘rinni egallaydilar. Ular orasidagi farq, tafovut va munosabatlar
esa ushbu tizimdagi umumiy o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi davrga kelib olim
va mutahassislar har qanday jamiyat qadriyatlar majmuasining o‘ziga xos, tegishli
tizimini yaratishini alohida ta’kidlamoqdalar18 mazkur ishning dastlabki ikki
bo‘lagida fikrlari qarab chiqilgan ba’zi mutafakkir, olim va tadqiqodchilar ham
qadriyatlarning yagona shakli to‘g‘risida emas, balkiularning bir necha shakllari yoki
umumiy majmuasi to‘g‘risida fikr yuritganlar. Masalan, Forobiy fozil shahar
kishilar va Navoiy komil inson qadriyatlari, A.Avloniy esa yaxshi va yomon xulqlar
tizimini tashkil qiladigan qadriyat shakllarini o‘zaro aloqadorlikda izohlanganlar.
Diniy dunyoqarashlarga xos qadriyatlar tizimida asosiy o‘rinni ilohiy qadriyat
shakllari egallagan bo‘lsa, boshqalarning qarashlarida esa «sivilizatsiyalar
taraqqiti», «industrial jamiyat», «postindustrial jamiyat» bilan bog‘liq qadriyat
tizimlariga ko‘proq e’tibor berilgan.

Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bir rivojlanish bosqichidan boshqasiga


o‘tilganida iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’naviy sohalarda o‘zgarish bo‘lgani
singari, qadriyatlar sohasida ham o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bunda aslo barcha qadriyatlar
yo‘qotib ketmaydi, balki yangi davrning ijtimoiy tizilishiga va zamona
realliklarining talablariga mos keladigan, eskidan farq qiladigan yangi qadriyatlar
tizimi shakllanadi. Bu jarayon bir qadriyatlar tizimidan ikkinchisiga o‘tish davri,
deyiladi. Ana shu ma’noda, jamiyat rivojining muayyan bosqichini iqtisodiy, siyosiy
va boshqa nuqtai nazardan ham o‘rganish mumkin. Bunda biz muqarar ravishda bir
davrning qadriyatlar tizimi boshqasiga xos tizimdan farq ilishning guvohi bo‘lasiz.
Bu esa qadriyatlar tizimining ijtimoiy taraqqiyotiga bog‘liqligi qonunining asosiy
mazmunini ifodalaydi.

Alohida ta’kidlash kerakki, jamiyat rivojining muayyan bosqichti yaxlit


ijtimoiy organizm ekanligi, uning o‘ziga xos tizim va tuzilishga egaligi hozirgi
davrga kelib ko‘pchilik ijtimoiy fan olimlari tomonidan e’tirof qilingan.
Jamiyatning ijtimoiy tizimi va uning tuzilishini tashkil etgan tarkibiy qismlar
orasidagi mutanosiblik hamda uyg‘unlikka asoslangan barqaror holat yoki ular
orasidagi farq, tafovut, nomutanosiblik kuchaygan, turli o‘zgarishlar ro‘y berayotgan
hollar bilan bog‘liq jarayonning aksiologik jihatini tadqiq qilishning ahamiyati
katta. Bunda gap ijtimoiy rivojlanish bosqichining (uning qaysi ta’limotda
qanjday aytilishidan qatiy nazar) ijtimoiy tuzilishiga mos keladigan
umumaksiologik sistema, ya’ni umumiy qadriyatlar tizimi haqida bormoqda. Ushbu
tizim uchun eng asosiy jihatlar - uni tashkil etuvchi aosiy qadriyat shakllari
o‘rtasidagi aloqalar, munosabatlar, muayyan uyg‘unlik va munosiblik, jamiyatning
ijtimoiy tuzilishi, kishilar o‘rtasida shakllangan va barqarorlashgan munosabatlar,
ulardagi o‘zgarishlar jarayoni bilan uzviy bog‘liqligidir. Aynan ana bu bog‘liqlik o‘z
navbatida qadriyatlar tizimining biror holatdagi manzarasi uchun asos bo‘ladi, undagi
munosabatlik, uyg‘unlik yoki o‘zgarishlarni belgilaydi.

Umumaksiologik tizimidagi muayyan qadriyat shakli o‘z navbatida xususiy


qadriyatlar tizimiga ham ega bo‘ladi. ya’ni ijtimoiy rivojlanish bosqichiga xos
umumijtimoiy qadriyatlar sistemasi bo‘lgani singari, shu davr ijtimoiy tuzilishida

18 Jalolov A.M. O‘zbekiston: sustaqillik, ma’naviyat, mafkura. - T.: O‘zbekiston, 1994. 7-bet.

59

www.ziyouz.com kutubxonasi

mavjud bo‘lgan ijtimoiy sub’ektlarga xos qadriyatlar sistemasiga ham mavjud
bo‘ladi. Masalan, jamiyat rivojining hozirgi davrida mavjud bo‘lgan millatlar,
sinflar, partiyalar va boshqalar o‘ziga xos maxsus qadriyatlar tizimiga egadir. Bu
holda umumiy tizimdagi har bir tarkibiy qism o‘z tizimidagi alohida shakl uchun
umumiylik sifatida namoyon bo‘ladi. ana shu umumiy, xususiy va alohida shakllar
orasidagi uyg‘unlik va mutanosiblik umumiy qadriyatlar tizimidagi barqarorlikni
ta’minlaydi. Amma bu barqarorlik yuqorida aytganimiz kabi, ko‘p darajada namoyon
bo‘ladigan umumiy qadriyatlar tizimi, uning tarkibiy qismlari orasidagi aloqalarda
abadiy o‘zgarmas holat emas.

Qadriyatlar tizimi namoyon bo‘lishidagi turli holatlarning tahlilidan voqea


va hodisalarning ketma-ketligi, vaqt va zamon realliklarini hisobga olish, ya’ni
konkret qadriyatlar tizimi-muayyan voqelikning qadri-qimmatini va sub’ekt uchun
ahamiyatini ifodalaydian aksiologik hodisa ekanligini qayd etmoq lozim. Bunday
holatlarning uzluksiz takrorlanishi esa qadriyat tizimlarining ijtimoiy voqelik va
taraqqiyot bilan bog‘liqligini ifodalaydigan quyidagi muhim xulosaga kelishi
imkonini beradi: muayyan ijtimoiy veqelikka muayyan qadriyatlar tizimiga mos
kelganidek, o‘zgargan ijtimoiy voqelikka ham o‘zgargan tizim mos keladi.
Bunday hol
zamondagi davomiylikka nisbatan mos kelmasligi, voqelik yoki qadriyatlar
tizimidagi o‘zgarishlar bir-biridan qisman ilgarilab ketishi yoki orqada qolishi u— m
mumkin, ammo bu yuqoridagi qoidaning butunlay buzulishi, degani emas. Ana shu
yuqoridagi qoidaning butunlay bushilishi, degani emas. Ana shu xulosa qadriyatlar
tizimining ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liqlik qonunining asosiy mazmunini
ifodalaydi.

Bu qonun hozirgi zamondagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq o‘rganish nafaqat


nazariy, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi. mazkur qonunni
amaliyotga tadbiq qilish esa, ayniqsa, hozirgi davrda jahonda MDH mamlakatlari va
O‘zbekistonda ro‘y berayotgan murakkab o‘zgarishlarning qadriyatlar sohasida namoyon
bo‘lishi xususiyatlarini bilib lish, qo‘lga kiritilgan ilmiy dalillarni tajribada
qo‘llash uchun zarur bo‘lib xisoblanadi. SHu bilan birga bunday qarshi respublikamiz
ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlarning qadriyatlar omili va mezoni bilan bog‘liq
jihatlariga amaliy ta’sir ko‘rsatish, bu boradagi vazifalarni aniqlash, zarur chora-
tadbirlarni belgilash imkonini beradi. zero mustaqillik sharoitida
respublikamizda istiqlolga asoslangan yangi qadriyatlar tizimini, shakllantirish,
kishilarda qadrlash to‘g‘risini to‘g‘ri tarbiyalash O‘zbekistondagi islohotlarning
tarkibiy qismiga aylanib bermoqda.

Muayyan voqelik, jamiyat va uning rivojlanish bosqichiga mos keladigan, ob’ekt
va sub’ekt qadri va ahamiyatining in’ikosi bo‘lgan, ob’ektiv ravishda tasavvur
qilinadigan va bilish jarayonida anglab olinadigan turli qadriyat shakllarining
o‘ziga xos bog‘lanishini va dialektik o‘zaro aloqasini ifodalaydigan aksiologik
tizimlar qadriyatlar sistemasi deyiladi.

Qadriyatlar tizimi bilan aloqador bo‘lgan masalalar, maqarrar ravishda,


aksiologiyaning dialektik bilan bog‘liq jihatlarini hisobga olishni tlab qiladi.
Ilmiy adabiyotlarda tabiat dialektikasi masalalari atroflicha ishlangan va
ishlanmoqda. Ammo ijtimoiy hayot dialektikasiga e’tibor nisbatan kamroq,
aksiologik jarayonlar dialektikasi esa o‘z tadqiqodchilariga muhtoj.

Har qanday tizimning vaqt va zamon bilan bog‘liq xususiyatlarini tahlil


qilishda quyidagilarga e’tibor beriladi: muayyan tizim cheksiz tarixiylik jarayonida
aniq bir vaqtda paydo bo‘ladi, biror bir zamonda amal qiladi, o‘ziga xos yashash
davrini boshidan kechiradi. SHu ma’noda har qanday tizimning vujudga kelishi va
muqarrar ravishda o‘z o‘rnini boshqasiga bo‘shatib berishi orasida tarixiy amaliy
qilish davri mavjud. Ma’lum bir formatsiya, sivilizatsiya yoki etnoslar

60

www.ziyouz.com kutubxonasi

taraqqiyotining muayyan davriga xos umumiy qadriyat tizimlari xususida ham ana
shunday mulohaza yuritish mumkin. Ularning har biriga xos tarixiy amal qilish
davrlari bo‘ladi.

Tarixiylik prinsipi qadriyatlar tizimining ijtimoiy rivojlanish bilan


bog‘liqligi masalasiga nisbatan qo‘llanganida quyidagicha xulosa chiqarish imkoni
tug‘iladi: taraqqiyot jarayonida ijtimoiy qadriyat tizimlari shakllanadi,
takomillashadi, inkor qilinadi va boshqasiga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi. Bu jarayonda
inkor va vorislik dialektikasi alohida o‘rin tutadi. SHu ma’noda>™sh - tarixiy,
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’naviy jarayonlarning ketma-ketligi
bulgani singari, qadriyat tizimlarining o‘rni almashinuvi, inkor etilishi va
yangilanishidan iborat aksiologik jarayon hamdir.

Inkor va vorislik dialektikasi faqat bir qadriyatlar tizimi boshqasiga


aylanayotganidagina ro‘y beradi, deyish nojoiz. Bunday hol muayyan qadriyatlar
tizimining amaliyotida ham ko‘zga tashlanadi, unda ham ichki yangilanish jarayoni
miqdoriy va sifatiy o‘zgarishlarning hosilasi sifatida namoyon bo‘ladi. SHu bilan
birga har qanday qadriyatlar tizimining o‘ziga xos evolyusiyasi, rivojlanish jarayoni
ham bor. Bu jarayonning tahlilida vaqt va zamon bilan bog‘liq xususiyatlar asosiy
o‘rinni egallaydi. CHunki bunda mazkur tizimning o‘ziga xos ichki o‘zgarishlar, uni
tashkil etgan tarkibiy qismlarning muayyan vaqt doirasida biror bir barqaror
holatni saqlab qolishi, aslida esa tizimda uzluksiz o‘zgarishlarning bo‘lib turishi
ko‘proq e’tiborga olinadi.

Demak, u yoki bu tizimning amaliyoti nafaqat muayyan davr, balki zamondagi


o‘zgarishlar hamda aloqalar bilan ham uzviy bog‘langan. Bu, ayniqsa, jamiyat
rivojlanishining konkret bosqichi bilan bog‘langan umumiy qadriyatlar tizimining
amaliyotida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar jarayonida tizim bir-biridan
farqlanadigan turli xil sifatiy holatlardan o‘tadi. Ammo bunday holda ham u
o‘zligini, o‘z qiyofasini butunlay yo‘qotib qo‘ymaydi (tizim butunlay yo‘qolishi
mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno), balki unda nimalardir o‘zgaradi, boshqalari
esa, o‘z barqarorligi va doimiyligini saqlab qoladi. shu bilan birga, shakllangan
qadriyat tizimi ana shu qayd qilingan holatlarni, ya’ni doimiy yangilanish, o‘zgarish
bilan birga, muayyan barqarorlikni, ayrim qadriyatlarning doimiy mazmuniga ega
bo‘lishini namoyon qiladi.

Qadriyatlar tizimining tuzilishini tashkil qilgan tarkibiy qismlar


o‘rtasidagi munosabat, aloqa va bog‘lanishlarning nisbatan o‘zgarmasdan turgan nisbiy
tinch holatini o‘rganishning samarasi katta. Bu ayniqsa hozirgi O‘zbekistonning
mustaqilligi sharoitida shakllanayotgan yangi qadriyat tizimlarinig amaliyotini
o‘rganishda g‘oyat muhim kasb etadi. qolaversa, qadriyatlar tizimidagi barqarorlik va
o‘zgarish holatlari mutlaq qarama-qarshilikni anglatmaydi, balki bir-birini talab
qiladi, umumiy jarayonning chambarchas bog‘liq ikki holatini ifodalaydi. Bu ikki
holatni T.Parsonsning «Ijtimoiy tuzilishidagi mutanosiblik»19 va
R.Darendorfning «Konfliktlar sotsiologiyasi»ning asosiy jihatlari20 to‘g‘risidagi
fikrlarga tayangan holada tahlil qilish mumkin. Ular ozirgi davrlardagi jamiyatga
xos ijtimoiy tuzilishning bir-birlaridan farq qiladigan holatlarni
ta’riflaydilar.


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish