qadriyat tizimlari bog‘langan ob’ektlarning o‘zini ham real sistema tarzida
tushunish, ularga asoslanadigan qadriyatlar sistemasining murakkab tuzilishini
e’tibordan chetda qoldirmaslik;
qadriyatlar tizimining tarkibiy qismlarini, ya’ni mazkur tizimni tashkil
qiladigan qadriyat shakllarini aniqlash, ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobga olish;
qadriyatlar tizimining real manzarasidagi asosiy bolanishlarni aniqlash,
uni tashkil etadigan tarkibiy qismlar muayyan tizimni tashkil etganlarida sodir
bo‘ladigan aksiologik holatni nazardan qochirmaslik;
qadriyatlar tizimining shakllanishi va amaliyoti jarayonidagi ta’sir va aks
ta’sirlarni, ularning orasidan esa asosiy, ichki va tashqi jarayonlarni hisobga
olish;
muayyan qadriyatlar tizimining barqaror va o‘zgaruvchanlik holatlarini, bu
boradagi inkor va vorislik dialektikasining e’tiborga olish;
ijtimoiy voqelikdagi jarayonlarning qadriyatlar tizimiga ta’siri, aks
etishi va qadriyat tizimlarining zamona realliklariga moslashuvi jarayonini
nazardan qochirmaslik.
Bizningcha, jamiyatning ijtimoiy tuzilishga bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar
tizimining turli holatlarini o‘rganishda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor
berish lozim:
1. Qadriyat tzimlarining biror bir holati, ularning barqarorligi va
o‘zgarishlari, tizimni tashkil etgan qismlarning aksiologik bog‘liqligi va namoyon
bo‘lish xususiyatlarini ilmiy tadiq etish aksiologiyaning bu boradagi masalalarini
tahlilqilish uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ammo tizimning amaliyoti masalasi ham bor. Xo‘sh umumijtimoiy qadriyatlar
tizimi jamiyat rivojining muayyan bosqichi tuzilishining oddiy aksiologik
in’ikosi xolosmi: uning o‘zi jamiyat va uni tashkil etadigan ijtimoiy sub’ektlar
uchun ahamiyat kasbetmaydimi? - degan muammolarga e’tibor berish masalani nazariya
sohasidan amaliyotga ko‘chiradi, ya’ni uning amaliyot, zamona realliklari bilan
bog‘liqligini anglatadi.
Ma’lum bir rivojlanish bosqichiga xos umumijtimoiy qadriyatlar tizimi
o‘sha davr jamiyatidagi barqarorlik va uni tashkil etadigan ijtimoiy sub’ektlar
orasidagi hamjihatlikni ta’minlaydigan, ularni bir-biri bilan bog‘lab turadigan
ma’naviy aksiologik mezon (kretiriy) rolini o‘taydi. YA’ni jamiyatdagi sub’ektlar
ijtimoiy barqarorlikka yo‘l qo‘ymaydigan barqaror munosabatlarni saqlab turishda
biror turkumdagi qadriyatlar mezoni asoslanadilar, uning asosida o‘zaro kelishadilar
va hamjihat faoliyat yuritadilar.
Sub’ektlarning biror birqadriyatlar tizimi mezonga asoslangan ijtimoiy
hamjihatligi jamiyatdagi tub burilishlar davrida nihoyatda zarur. Bu ayniqsa sobiq
ittifoqqa xos qadriyatlar tizimi o‘tmishda qolayotgan, O‘zbekistonda mustaqillikka
asoslangan ijtimoiy tuzum va yangi qadriyatlar tizimi shakllanayotgan hozirgi davr
uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Qadriyatlar tizimi murakkab va serqirra aksiologik hodisadir. Nazariy
jihatdan olganda qadriyatlar tizimi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish shuni
ko‘rsatadiki, tizimning muayyan holatidagi manzarasini tahlil qilishda, asosiy
diqqat-e’tibor uning tarkibiy qismlari aloqasi, o‘zaro munosabatlari,
mutanosibligi yoki nomutanosibligiga qaratilsa, tizimdagi o‘zgarishlarni qarab
chiqish esa zamon bilan bog‘liq jarayonlar, ketma-ketlik va davomiylikka, ya’ni
qadriyatlar tizimining amal qilishidagi jarayonlarga ko‘proq e’tibor berishga to‘g‘ri
keladi.
Qadriyatlar tizimini mavhum tushuncha sifatida qaramaslik, uni hayot
hodisalaridan ajratmaslik lozim. Jamiyatga xos bo‘lgan eng umumiy qadriyatlar
63
www.ziyouz.com kutubxonasi
tizimini konkret holda tahlil qilish unga xos quyidagi bir qancha funksiyalar ham
borligini ko‘rsatadi:
Qadriyatlar sistemasi muayyan aksiologik ahamiyatga ega bo‘ladi, uni anglash
va tasavvur qilishning o‘ziga xos gnoseologik xususiyatlari va bilish jarayoni bilan
bog‘liq jihatlari bor. YA’ni har qanday qadriyatlar tizimi turlicha anglanadi, bilib
olinadi, unga munosabat ham xilma-xil bo‘ladi.
Kishilar biror bir qadriyatlar sistemasiga amal qiladilar, o‘z faoliyatlari
va hayot tarzlarini unga moslashtirishga intiladilar. YA’ni jamiyatdagi qadriyatlar
tizimi kishilarning intilishlari, qiziqishlari va faoliyatlarini belgilaydigan
ma’naviy mezon vazifasini ham bajaradi.
Qadriyatlar tizimining ma’naviy boshqaruvchanlik (regulyatorlik) xususiyati
ham bor, u jamiyatdagi ijtimoiy sub’ektlarning o‘zaro aloqalariga ta’sir ko‘rsatadi,
ular o‘rtasidagi munosabatlardagi mutanosiblik yoki nomutanosiblikni begilaydi.
Muayyan qadriyatlar sistemasini barqaror qilish butun jamiyat yoki undagi
ayrim sub’ektlar uchun maqsadga aylanishi ham mumkin. Bunday holda mazkur
qadriyatlar tizimi ijtimoiy intilish, manfaat va faoliyatlarni bir yo‘nalishga
birlashtiruvchi maqsad yoki ideal tarzida namoyon bo‘ladi.
YUqoridagi fikrlardan ba’zi xulosalarga kelish mumkin:
1. Qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllari xilma-xil va turli-tuman bo‘lgani
bilan, ular o‘rtasida o‘ziga xos bog‘lanishlar va o‘zaro aloqadorlik mavjud. Bu,
ayniqsa, biror ijtimoiy voqelik, uning ko‘rinishi, narsa, voqea, ijtimoiy
sub’ektlar bilan bog‘langan qadriyat shakllarining namoyon bo‘lishida yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Ular orasidagi dialektik bog‘liqlik va o‘zaro aloqadorlik qadriyatlar
tizimi tushunchasida ifodalanadi.
Har qanday tarixiy davr, jamiyatning rivojlanish bosqichi, ijtimoiy
sub’ektlar (shaxs, sinf, millat va hok.) va boshqalar ham o‘ziga xos qadriyatlar
tizimiga ega bo‘ladilar. Muayyan ijtimoiy voqelik yoki uning biror bir namoyon
bo‘lish shaklida muayyan qadriyatlar tizimi mos kelgan singari, o‘zgargan ijtimoiy
voqelik yoki davrga boshqa qadriyatlar tizimining mos kelishi qadriyatlar sohasidagi
asosiy qoidalardan biridir.
Har qanday qoidalar tizimi shakllanish, amal qilish, takomillashuv va
tanazzul davrlarini boshidan kechiradi. Ammo har qanday holatda ham, uni tashkil
etadigan qadriyat shakllari tizimining amaliyotida yoki uning biror-bir konkret holda
namoyon bo‘lishida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Sobiq ittifoq tarqalib ketgandan keyin uning qadriyatlar sistemasi
o‘tmishiga aylanib bormoqda. Mustaqil O‘zbekistonda esa yangi demokratik qadriyatlar
sistemasini vujudga keltirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bunday sharoitda qadriyatlar
tizimining o‘zgarishlarini tahlil qilish muhim vazifa bo‘lib qoladi.
64
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |