Inson qadri
Insonning o‘zini qadriyat sifatida talqin qilish bilan, uning qadri va shaxsiy
darajadagi qadriyatlar tizimi to‘g‘risidagi masalalar bir-biridan farq qiladi. Bu
borada uch xil yo‘nalishda fikr yuritish mumkin, ya’ni:
- har bir inson, shaxsni-qadriyat sifatida qarash mumkin. Bunday insonning
o‘zi, uning tabiiy-tarixiy jarayondagi mavjudligi, tirik jonzotlar orasida yagona
ijtimoiy vujud ekanligi e’tiborga olinadi. Bu boradagi tahlil aniq insonga
qaratilgan bo‘lib, uni maxsus tadqiqot mavzusining ob’ektiga aylantiradi;
inosnning qadri, ya’ni uni ijtimoiy jarayonlardagi o‘rnini, atrof-muhit va
boshqa kishilar uchun ahamiyatini, jamiyatdagi mavqei va boshqalarni tadsщ qilish
ham mumkin. Bu boradagi tahlil insonning ijtimoiy tarixiy ahamiyatini
o‘rganishga asoslanadi;
shaxsning ma’naviy olami, qiyofasi, qiziqishlari, talab va ehtiyojlari,
faoliyati bilan bog‘liq qadriyatlar tizimini ham tahlil qilish mumikn, bunda asosiy
e’tibor qadriyatlarning shaxsiy (alohida, yakka) darajada namoyon bo‘lish shakllari va
xususiyalariga qaratiladi.
Inson tarixiy taraqqiyot jarayonida turli xislatlar, sifatlar va
xususiyatlarga ega bo‘lgan, ma’naviy-axloqiy jihatlarni qiyofasida aks ettirgan
ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatdagi asosiy qadrli sub’ektdir. SHu bilan birga
u, olamga ijtimoiy munosabatda bo‘lish, odamlar bilan muomala va aloqaga kirishish,
mehnat qilish asosida moddiy va madaniy boyliklarni vujudga keltirish, tafakkuri,
his-tuyg‘ulari, fikrlarini tili vositasida ifodalash kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan
umumijtimoiy vujud hamdir.
Inson jamiyatsiz yashay olmaganidek, jamiyat ham insonsiz mavjud bo‘lmaydi.
Har qanday jamiyat o‘zini tashkil qilib turgan kishilarning faoliyati, o‘zaro
munosabati va umrguzaronligi bilan tirikdir. SHu ma’noda inson - har qanday
jamiyat bor bo‘lishini ta’minlab turadigan asosiy ijtimoiy elementdir. Bunday
ta’minlanib turish insonning individual - shaxsiy ishtiroki orqali, ya’ni biror
guruh , qatlam, sinf, qavm, elat, xalq yoki millat doirasidagi faoliyati, amalga
oshirgan ishlari, yaratgan boyliklari, o‘ziga va o‘zgalarga nisbatan munosabati orqali
namoyon bo‘ladi.
Inson qadri uning ijtimoiy xususiyatlari, jamiyatda amalga oshirgan
faoliyati, boshqalarga va atrof-muhitga munosabati, xatti-harakatining ahamiyati
sifatida kamolotga etganligi, ijtimoiy xususiyatlarni o‘zlashtirib olganligi va
ularni ma’naviy qiyofasida namoyon qila olganligida ham ko‘rinadi.
Odamzotning shaxsga aylanishi, o‘z qadrini va o‘zgalar qadrini anglash jarayoni
uzoq yillar davom etadi. dastlab norasida go‘dak uchun ona ko‘kragi, suti, allasi eng
asosiy qadriyat bo‘lsa, ona qo‘lidan tushgan, ona ko‘kragidan ajralgan bola uchun esa,
46
www.ziyouz.com kutubxonasi
asta-sekin atrof-muhit, o‘zi yashayotgan makon, o‘zga kishilar va o‘zi ham qadriyatga
aylanib boradi. Bu davrda u o‘z shaxsiy ehtiyoji va maqsadlarini o‘ziga xos «qadriyat
ko‘zgusi» orqali ko‘radi, o‘ziga kerakli va zarur narsalarni muhayyo qilishlarini
ko‘proq xohlaydigan, talab qiladigan bo‘lib qoladi. Bolalar hayotining ko‘pgina
tadqiqotchilari kamolotning bu muhim davrida (5-6 yosh) o‘z qadrini oshirish va
shaxsini sevish, ya’ni ularda bolalik egoizmi ko‘proq mavjud bo‘lishini
ta’kidlaydilar.
Albatta inson ilk bolalik davrida qolib ketmaydi, ota-ona, qarindosh-urug‘,
dastlabki o‘qituvchilar uning qadriyatlar mezonini anglashida muhim o‘rin tutadilar,
shu tariqa inson kamolot sari boradi. Bu jarayonda etuk shaxsga aylanish imkoniyati
bo‘lgan odamzot naslining har bir vakili oilaviy, ma’naviy-axloqiy, milliy,
ijtimoiy qadriyatlar ta’sirida tarbiyalanadi, shu bilan birga, uning shaxsiy
jihatlari, qadrlanadigan sifatlari va xususiyatlari kamolotga etib boradi. Bu
jarayonda shaxsning o‘zi ham ijtimoiy qadrli vujud sifatida shakllanib, o‘z qadrini
namoyon qilib boradi.
Insonning butun umri shaxsiy qadriyatlarni takomillashtirish, o‘ z qadrini
kamolga etkazish, o‘zgalar, jamiyat, zamon va undagi sodir bo‘layotgan zgarishlar
qadrini anglashga intilish jarayonidan iboratdir. «Qarilik» iborasini insonga
biologik ma’noda ishlatish mumkin, ammo bu tushunchani inson qadriga va
qadriyatlariga nisbatan ishlatish nojoiz. Zero qarilik qadrsizlanish bo‘lmagani
kabi yoshlik ham beqadrlik, degani emas!
O‘z shaxsi va boshqalar qadrini anglab etish uchun insonning kamoloti davomida
shakllangan ma’naviy qiyofasi va dunyosi ezgulikka xizmat qilishi, yuksak ijtimoiy
sifatlarga ega bo‘lishi, uning o‘zi esa hayotning mohiyati va maqsadini to‘g‘ri
anglaydigan darajada tarbiyalangan bo‘lmog‘i lozim. Ushbu ma’noda, Suqrotning «O‘z-
o‘zingni angla!» - shiori g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi. o‘z qadrini anglashning
ob’ektiv, sub’ektiv, ijtimoiy va shaxsiy tomonlari bir-biri bilan doimiy
aloqadorlikdadir. Ular inson tabiatining turli jihatlaridir. SHaxsning qadri u
yashayotgan zamon, undagi jarayonlar, ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar bilan
dialektik aloqadorlikda namoyon bo‘ladi. muhit va davr talablari shaxs qadrini
shakllantirib, sayqallab boradi, uning o‘zi esa ijtimoiy munosabatlarning sub’ekti
sifatida, o‘z qadrining shaxsiy talablari, ehtiyojlari va maqsadlari bilan naqadar
aloqadorligini chuqurroq anglab olish tomon boradi.
Hozirgi davrda muayyan kishining qadri quyidagilarga namoyon bo‘lishi mumkin:
– tabiatga, tashqi olamda ro‘y berayotgan jarayonlarga nisbatan munosabati,
ushbu jarayonlardagi o‘rni va faoliyati;
turli irq, millat, ijtimoiy qatlamlarga mansub bo‘lgan, rang-barang
maqsadlar va qadriyatlarga intiladigan kishilarga munosabati;
- o‘z-uziga, oila, turmush, jamov va jamiyatdagi o‘rniga nisbatan munosabati;
-mehnat, ishlab chiqarish va iqtisod borasidagi jarayonlarda ishtiroki,
jamiyatdagi moddiy ehtiyojlarni qondirish va moddiy boyliklarni yaratish
jarayoniga qo‘shayotgan hissasi;
siyosiy o‘zgarishlar, jamiyatni demokratiyalashtirishda qatnashishi, bu
jarayonda qanday maqsadlarni ko‘zlayotganligi;
jamiyatda qaror topgan qadriyatlar tizimi tez o‘zgarib ketgan hozirgi
davrda qanday pozitsiyani egallashi, o‘zini qanday tutini, bu jarayonda ishtirok
etishi bilan bog‘liq faoliyati;
hozirgi davrdagi universal texnologiyalar, ishlab chiqarish va boqarish
vositalarining zamonaviy talablariga hozirjavobligi, bu boradagi malakasi,
qobiliyati va ko‘nikmalarini takomillashtirish uchun amalga oshirayotgan xatti-
harakatlar;
47
www.ziyouz.com kutubxonasi
- tabiiy barkamollik, jismonan sog‘lomlik va iqtisodiy ta’minlanganlik
borasidagi talab va ehtiyojlarini ma’naviy-axloqiy kamoloti va amaliy faoliyati
bilan uyg‘unlashtira olishi;
ma’naviy barkamolligi, axloqiy kamoloti va nafosati, bilimi, qobiliyati,
iste’dodi, iqtidori va ulardan qanday maqsadlarda foydalanayotganligi;
– o‘zining shaxsiy. Milliy, diniy, irqiy, sinfiy va boshqa sohalardagi manfaat
va maqsadlarini, talab va ehtiyojlarini, intilish va faoliyatini umuminsoniylik
talablariga moslashtira olganligi;
mahdudlik, manqurtlik, mahalliychilik, millatchilik, xurofot va boshqa
bid’atlarning mohiyatini to‘g‘ri anglab olganligi, ularga nisbatan munosabati va
boshqlar.
YUqoridagi jihatlarni hisobga olgan shaxs qadrini baholash va shu asosda aniq
shaxslarning tiplarini aniqlash imkoniga ega bo‘lish mumikn.
Do'stlaringiz bilan baham: |