III.Darsga yakun yasash: Takrorlash uchun darslikda berilgan savollar yordamida mavzu matni mustahkamlanadi:
1.Darslikda berilgan yo'lsimon naqshlar qaysi turga tegishli ekanligi aniqlanadi:
1- bitta bezak gulli;
2- bitta bezak gulli, biroq ikki xil rangli;
3- ikki bezak gulli, biroq ikki xil rangdagi.
2.Naqsh asosi va bezak guli qanday ranglarga bo'yalgani ma'qul?
•Ular kontrast ranglarda bo'yalgani ma'qul. Misol uchun, naqsh asosi yashil rangga, bezak guli esa qizil rangga bo'yalgani ma'qul.
3.Kontrast ranglarni juftl-jufti bilan aytib bering.
•qizil - yashil, ko'k - zarg'aldoq, sariq - binafsha.
4. Barg uchun qaysi asos (fon) rangi tanlangani ma'qul?
•Barg uchun fon binafsha yoki ko'k rang tanlangani ma'qul.
Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |