OZBEKISTON MEHMONDORCHILIK BIZNESIDA XIZMAT KORSATISH MADANIYATINING ORNI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada turizm sohasidagi xizmat ko'rsatish sifatini o'rganish, uni yaxshilash va bu borada amaliy chora tadbirlar ko'rish haqida.
Kalit so'zlar: xizmat ko'rsatish, sifat, ko'nikma, infrastruktura
Ozbekiston haqli ravishda xorijiy turistlar uchun jozibali mamlakat hisoblanadi. Xitoyni Yevropa mamlakatlari bilan boglovchi Buyuk Ipak yoli otgan shaharlarda orta asrlardan boshlab turli davrlarga taalluqli tort mingdan ziyod arxitektura yodgorliklari mavjud. Ozbekiston koplab xorijlik turistlarni jalb qilish uchun boshqa resurslarga ham ega: chol va qoriqxonalar, tog choqqilari va daryolar, mineral suv buloqlari.
Hozirgi sharoitda respublikamizda oz faoliyatini amalga oshirayotgan servis sohasi mutaxassislari xizmat korsatishning barcha sir- asrorlari togrisida kasbiy bilim, malaka va konikmaga ega bolishlari lozim. Jumladan, restoran mijozlariga xizmat korsatishda, ofitsiant mijozlar bilan muomala qilish malakasiga, etiket bilimiga, taom va ichimliklarni uzatish va yigish konikmalariga ega bolmogi shart. Xizmat korsatish sifati kopchilik holatlarda xizmat korsatish uslublariga bogliq boladi. Xizmat korsatish uslublari korxonalar turlariga tegishli boladi. Masalan, tez xizmat korsatuvchi ommaviy ovqatlanish korxonalarida taomlarni tayyorlash va yetkazib berishning yuqori tezligi zarur boladi. Kechqurungi va tungi mijozlarga xizmat korsatuvchi restoranda esa taomlarni sekinlik bilan tortish, stolni bezash qoidalari( servirovka), etiket qoidalarini inobatga olgan holdagi yuqori sifatli xizmatlarni korsatishni taqozo qiladi.
Shunday qilib xizmat korsatish faoliyati qiyin va kop qirrali jarayon hisoblanadi. Ushbu jarayon korxona xodimlarini va resurslarni yaxshi boshqarish, xizmat korsatish madaniyatiga rioya qilish, korsatilayotgan xizmatlarning istemolchilar talablariga mos kelishi orqali taminlanadi.
Buyuk Ipak yoli bo'yida joylashgan boshqa davlatlar bilan taqqoslanganda, Ozbekistonning alohida jihatlari mavjud:
- o'lkaning boy va qiziqarli tarixi, koplab arxitektura yodgorliklarining mavjudligi;
- mehmondost o'zbek xalqi;
- ajoyib tabiiy imkoniyatlar, tog landshaftlari va sahrolar, boy flora va fauna;
- nisbatan yaxshi yo'llar infrastrukturasi va mamlakat ichidagi transport aloqasi ko'zga tashlanadi.
Faqat Ozbekistonga xos bolgan yutuqli tomonlar quyidagilar:
- Ozbekistonning Yevropa va Osiyo yo'llari chorrahasidagi strategik qulay orni;
- yaxshi xalqaro havo aloqasi va «Ozbekiston havo yollari» MAK xizmat korsatishining nisbatan yuqori darajasi;
- Buxoro, Samarqand, Xivadagi yaxshi saqlangan arxitektura yodgorliklari, bu shaharlarning dunyodagi eng muhim tarixiy-madaniy yodgorliklar royxatiga kiritilishi;
- Buxoro va Samarqandning xorijiy mehmonlarga malumligi;
- Ozbekiston Saudiya Arabistoni, Isroil va Rossiyaning ko'plab fuqarolarining tarixiy vatani hisoblanishi;
- bu yerda buddizm va islomning muhim muqaddas joylari saqlanib qolganligi.
Yuqoridagilarning rivojlanishiga yetarli etibor qilinsa, 0zbekiston turizm sanoatida tez osishga erishishi mumkin.
Hududiy jihatdan turizm resurslari infratuzilmadan iborat bolib, oz ichiga quyidagilarni oladi:
- 0zbekistonda iqtisodiy osish zaxiralarining mavjudligi;
- dam olish, ekskursiya va sayr-tomosha maqsadlarida tabiiy resurslar (daryo, kol, tog gorlari, landshaftlar)dan foydalanish;
- madanli suvlarning yer osti, shifobaxsh manbalaridan (ular 300 dan ortiq bolib, faqat 121 tasi harakatda) foydalanish;
- sayyohlarni oziga jalb qiladigan tarixiy-madaniy markazlarni qayta tiklash. Ularning soni 2600 dan kop bolib, hozirgi kunda turistlarni qabul qilishda foydalaniladigani faqat 150 atrofida, qolganlari foydalanish uchun qo'shimcha mablag'larni talab qiladi;
- butun dunyodan ziyoratchilarni jalb qilish uchun diniy obyektlarni qayta tiklash. Ularning 280 dan ortigi hisobga olingan bolib, hozirgi kunda faqat 30 ga yaqin obyekt foydalaniladi. Qolganlari qayta tiklashga muhtoj;
Turizm bo'yicha iqtisodiy o'sishga erishish maqsadida chet ellik sayyohlar ortasida yuqori talabga ega bo'lgan milliy turistik mahsulotlarning yangi turlarini yaratish, sayyohlarga servis xizmati korsatish madaniyati va sifatini jahon standartlari darajasiga kotarish, qo'shimcha turistik xojaliklarni bunyod qilish va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash zarur. Buning uchun istiqbolda quyidagi eng muhim iqtisodiy vazifalarni hal qilish maqsadga muvofiqdir:
- ichki va xalqaro turizm rivojlanishining hozirgi holatini baholash;
- milliy turizmni rivojlantirishning mavjud moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasi holatini tahlil qilish;
- turistik mahsulotlarga talab va taklifni tartibga solishga yonaltirilgan marketing tadbirlarini ishlab chiqish;
- milliy turizm sohasining mutaxassislarga bolgan ehtiyojini aniqlash hamda mahalliy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
- milliy turizmning mehmonxona, restoran va xizmat korsatuvchi xojaliklar kabi har xil sohalariga yonaltiriladigan investitsiyalar boyicha takliflarni ishlab chiqish;
- ichki va xalqaro turizmni rivojlantirishning miqdoriy va sifat korsatkichlarining iqtisodiy asoslangan prognozlarini ishlab chiqish. Bu strategik vazifalarni ro'yobga chiqarish yangi milliy turistik mahsulotlarni yaratish va Ozbekistonning xalqaro turizm bozoriga integratsiyalashuviga imkon beradi.
Hozirgi paytda Ozbekistonda xorijdan kelayotgan sayyohlar soni yildan yilga ortib bormoqda, bu esa turizmning istiqboli porloq ekanligini tasdiqlaydi. Yurtimizda hozirda turistlar koradigan joylar soni va dunyo miqyosidagi ularga bolgan talab bilan birinchi 10 ta davlat qatoriga kiradi. Respublikadagi 11 ta shahar dunyo miqyosida turistik shaharlar deb etirof etilgan. Bu shaharlarda turizmni rivojlantirish uchun barcha shart sharoitlar yetarli. Masalan, mamlakatimizda jami 7198 ta madaniy meros obyektlari bolib, ulardan 3843 tasi arxeologik, 88 ta muzeylar mavjud bolib, ulardan 32 tasi tarixiy, 16 tasi olkashunoslik, 2 tasi tabiiy ilmiy, 7 tasi adabiyot, 6 tasi adabiy monumental, 14 tasi monumental, 11 tasi uy- muzeylaridir.
Manbalarga murojaat etilsa, butun dunyo olimlari, sayyohlari azaldan bizning yurtimizni organishgan, ornak olishgan va oz xotiralarida yozib qoldirishgan.
Shulardan kelib chiqqan holda, quyidagi takliflarni ishlab chiqdim:
turistik xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularning manfaatlarini himoya qilish. Mehmonxona va restoran boshqaruvchilari turistlarga sifatli xizmat korsatishda malakali xodimlar tanlash naqadar muhim ekanligini yaxshi tushunishlari lozim. Xodimlarning mehmonxona va restoran sohasidagi bilimlarini kuchaytirish turizm infratuzilmasini rivojlantirishda, yangi mehmonxona va restoranlar paydo bolgani sayin juda muhim ahamiyatga ega bolib boraveradi;
xorij tajribasidan kelib chiqgan holda, yangidan - yangi xizmat turlarini kopaytirish, jumladan, mehmondostlik industriyasida faoliyat korsatuvchi korxonalarda xizmat korsatishni animatsiyalash lozim. Bunga turistlar va ekskursantlami "tirilgan" tarixiy personajlar kutib oladigan animatsion shou-muzeylar yoki kechasi mehmonxonada turistlar ishtirokida shoular; animatsion sport oyinlari va musobaqalarini, raqs kechalarini, karnaval, oyin, manaviy qiziqishlar sohasiga kiruvchi mashgulotlarni oz ichiga oladigan animatsion dasturlar kiradi;
a) mehmondostlik indutriyasida faoliyat yurituvchi korxonalar samaradorligini taminlash va faoliyatini rivojlantirish uchun marketing tadqiqotlarini har doim uzluksiz olib borish; bunda ham turistik firma, ham ovqatlanish, dam olish, tunash va boshqa xizmatlarni taklif qiluvchi obyektlar manfaatdor. Kopincha amaliyotda marketing tadqiqotlari muammo keskin yechim topishni talab qilgan vaziyatda tashkil qilinadi. Mana shu yol qoyiladigan xato sohadagi barcha korxonalar
( mehmonxona, restoran va hokazo) ning faoliyat samaradorligiga salbiy tasir korsatadi;
b) sohada faoliyat korsatuvchi xodimlar uchun master klasslar tashkil qilish va bu master klasslarga sohada katta tajribaga ega bolgan shaxslar, psixologlar, madaniyatshunos olimlar jalb etilishi lozim. Bu master klasslarda ishni qanday yuritish, xodimlarni qanday tanlash va ular bilan qanday ishlash kerakligi, ularda xizmat korsatish madaniyatini qanday shakllantirish kerakligi, korxonada mehmondostlik muhitini qanday yaratish lozimligi va shunga oxshash koplab muhim konikmalar shakllantiriladi;
d) chet davlarda har yili bolib otadigan xalqaro turistik yarmarka va korgazmalarda ishtirok etish uchun sohadagi korxonalar ortasida tanlov asosida xodimlarni yuborish. Mehmondostlik sanoati korxonalari faoliyatining xorij tajribasini organish, shubhasiz, mehmonlarga xizmat korsatish sifatini yaxshilashda katta rol oynaydi. Xizmatchilar mehmonlar tomonidan zamonaviy xizmat darajasiga qanday talab qoyilishi haqida tasavvurga ega bolmasa, ulardan mijozlarga yuqori darajada xizmat korsatishlarini talab qilish juda qiyin;
e) turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash holatini chuqur organish va uning natijalari asosida soha boyicha talim yonalishlariga ozgartirishlar kiritish uchun takliflar berish;
f) turistlar uchun qiziqarli kongilochar joylar, mintaqalar va manzillar ochish boyicha assotsiatsiyaga birlashgan korxonalar mutaxassislari bilan birgalikda ish olib borish va shu orqali yangi segmentdagi sayyohlarni qabul qilishga erishish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Ozbekiston Respublikasining Turizm togrisidagi Qonuni. 1999 yil 20- avgust.
O’zbekiston Respublikasining ”Davlat statistikasi to’g’risida”gi Qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida.// Xalq so’zi, 2012 yil 4- yanvar, №2(5422).
Экономика гостиниц и ресторанов: Учебное пособие, О.П.Ефимова, Н.А. Ефимова; Под. Ред. Н.Н. Кабушкина. –М.: Новое знание, 2004. 392 с (Экономическое образование).
Ro`ziyev S.S. Turizm marketingni. – T.: «Avto nashr bosmaxonasi», 2006 –y. monografiya..
Do'stlaringiz bilan baham: |