Ijtimoiy funksiya turli ijtimoiy xavf-xatarlar (kasallik, qarilik, nogironlik, ishsizlik, boquvchining o‘limi, kambag‘allik) yuzaga kelganida munosib turmush darajasini saqlab turish va kambag‘allikning oldini olish maqsadida moddiy ta’minotning turli xillarini taqdim etish, ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish, imtiyozlar berish yo‘li bilan fuqarolarning ijtimoiy maqomini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Ijtimoiy funksiya yordamida ijtimoiy ta’minotning reabilitatsion yo‘nalishi ham amalga oshiriladi, uning maqsadi insonga o‘qish, mehnat qilish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, mustaqil tarzda o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkonini beruvchi uning to‘laqonli hayot faoliyatini (to‘liq yoki qisman) tiklashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |