1.1-rasm. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizim sifatida
Ijtimoiy muhofaza qilish jarayonida tutgan o‘rniga qarab individ (har bir mustaqil tirik organizm)ning ikki xil tabiatligini, bir tomondan, uni himoya ob’yekti, ikkinchi tomondan esa himoya sub’yekti sifatida ko‘ramiz. Agar individ himoyani passiv qabul qiluvchi sifatida ishtirok etsa, unga himoyaning ob’yekti sifatida qaraymiz, agar individ faol ishtirokchisi bo‘lsa, masalan: bozorning salbiy ta’sirlaridan himoyalanish uchun inson tomonidan muayyan harakatlar qilinsa, u to‘laqonli ravishda ijtimoiy himoya sub’yekti hisoblanadi.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi to‘rtta mustaqil turga bo‘linadi (1.2- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |