Ijtimoiy zaif aholi toifalariga quyidagilar kiradi:
nogironlar, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo’lganlar;
nogiron bolalar;
texnogen va tabiiy ofat, halokatlar oqibatida hamda harbiy va millatlararo
mojarolar natijasida jabrlangan shaxslar;
yolg‘iz keksa fuqarolar, mehnat stajiga ega bo‘lmagan 65 yoshga to‘lgan erkaklar va 60 yoshga to‘lgan ayollar hamda o‘zgalar yordamiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksa fuqarolar;
kam ta’minlangan oilalar va voyaga yetmagan bolalari bor oilalar;
yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘isiz qolgan bolalar;
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar bilan og‘rigan shaxslar;
kam ta’minlangan oilalardagi bolasi ikki yoshga yyetgunga qadar uni parvarishlash bilan band bo‘lgan onalar yoki onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar;
boquvchisini yo‘qotgan oilalar, voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalayotgan bevalar;
“ishsiz” deb rasmiy ravishda qayd etilgan fuqarolar.
Qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan hollarda, quyidagi fuqarolar ijtimoiy zaif aholi qatlamlari toifasiga kiritilishi mumkin:
16 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 18 yoshgacha - umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari;
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, baynalmilal harbiylar, harbiy majburiyatlarni amalga oshirishda halok bo‘lgan harbiylarning oilalari, fashistlar konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan tutqunlari, Leningrad qamalini boshidan kechirgan fuqarolar, Ikkinchi jahon urushi davrida mehnat fronti qatnashchilari;
Chernobil atom elektrostansiyasi halokatini tugatishda ishtirok etganlar hamda yadroviy poligonlar va boshqa yadroviy-radiatsiya ob’yektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar;
pensionerlar;
birinchi marta nikohdan o‘tish davrida oila quruvchilarning yoshi 30 dan oshmagan yosh oilalar;
qamoq jazosini o‘tash joylaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra majburiy davolanish muassasalarida davolangan shaxslar.
Shunday qilib, ijtimoiy himoya qilish ob’yektlari sifatida aniq tashkilot, tizim (ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, mehnat, sport-sog‘lomlashtirish majmualari) doirasidagi turli jamoaviy, kasbiy, hududiy va boshqa ijtimoiy guruhlar yoki o‘zlarining jamiyatdagi o‘rniga muvofiq birlashtiriladigan insonlar guruhi, shuningdek umuman jamiyat va uning har bir a’zosi alohida holda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy himoya sub’yekti davlat, ayrim shaxslar, ijtimoiy himoya choralarini ko‘radigan xususiy tashkilotlar hisoblanadi.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning asosiy funksiyalari
Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning iqtisodiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy- reabilitatsion, siyosiy va demografik funksiyalari mavjud. Endi mazkur funksiyalar bilan batafsil tanishib chiqsak.
Do'stlaringiz bilan baham: |